Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet20/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Maqsadning aniqligi. Tashxislash jarayonida maqsadning aniqligi o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni aniqlash, muayyan sifatlarga egalik darajasini belgilash hamda kutilgan natijalarni bashoratlash imkoniyatini ta’minlaydi.

  • Tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi. Ob’ekt yoki sub’ektni tashxislashga qaratilgan jarayonning yaxlit tashkil etilishi o‘qituvchi ega bo‘lgan ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, tashxis va baholashda barcha omillar, tarkibiy qismlarni,

    ularning o‘zaro aloqadorligini inobatga olinishini ta’minlaydi.



    24 Инназаров М.А. Малака ошириш тизимида педагог кадрлар касбий компетентлигини ташхислаш ва баҳолаш технологиялари: пед.фанл.бўйича PhD ...дис. – Т.: 2020. – 50-52-б.



    1. rasm. Pedagogik diagnostikaning ustuvor tamoyillari


    1. Tashxis muddatining aniq belgilanishi. Pedagogik jarayonda tashxis muddatlarini to‘g‘ri, oqilona belgilash va ularning aniqligiga erishish olingan natijalarning ishonchli, haqqoniy bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan yoki erishmaganligini aniq belgilanishini ta’minlaydi. Tashxis muddatining aniqligi natijalarni haqqoniy va ishonch bo‘lishiga yordam beradi.

    2. Tashxis jarayonining izchilligi va davomiyligi. Pedagogik jarayonining izchil, davomiy bo‘lishi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilar duch kelayotgan to‘siq va muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etib borish imkonini beradi.

    3. Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish va ko‘p omillik. Pedagogik tashxislashda o‘rganilayotgan sub’ekt (o‘quvchi, o‘quvchilar sinfi) yoki ob’ektga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rish, ularni sinchiklab, puxta o‘rganish, tahlil qilish zarurligini anglatadi. Ko‘p omillik esa tashxislanayotgan o‘quvchini shaxs sifatida rivojlantirish yoki jarayon (ta’lim, tarbiya jarayoni)ning sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, tizimlashtirish, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning asosli, to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi.


    4. Download 1.23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling