Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Asosiy sohalar
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani muayyan funksiyalarni bajaradi. “Funksiya” (lot. “functio” – ijro etish, bajarish) tushunchasi nazariy jihatdan “ish-harakat yoki faoliyat doirasi”21 mazmunini anglatadi. O‘quv fani quyidagi sohalarda diagnostika va korreksiyalash ishlari22ning amalga oshirilishini ta’minlaydi (2-rasm): Shaxsning hayotiy maqsadlarini aniqlash va o‘lchash; u tomonidan insoniyatning madaniy bilim va tajribasining samarali o‘zlashtirilishi uchun zarur choralarni belgilash Shaxsning har tomonlama rivojlanishi hamda u tomonidan borliq, kishilik faoliyatiga oid tizimlashgan bilimlarning o‘zlashtirilishi uchun zarur choralarni belgilash Muayyan ta’lim muassasasida ma’lum bilim, ko‘nikma, malaka, tajriba va o’quv- bilish kompetensiyalarini samarali, puxta o‘zlashtirish darajasini aniqlash rasm. Pedagogik diagnostika olib boriladigan sohalarManbalarda “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy funksiyalari quyidagilar ekanini ko‘rsatilgan (3-rasm): rasm. Pedagogik diagnostikaning asosiy funksiyalariTezkari (qaytar) aloqa yoki axborot bilan ta’minlanganlik funksiyasi. Ushbu funksiya o‘qituvchiga o‘quv jarayonini, o‘quvchilarning harakatlarini boshqarish, turli murakkab, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri pedagogik yechimni topishga yordam beradi. Tezkari (qaytar) aloqa yoki axborot bilan ta’minlanganlik funksiyasi pedagogik diagnostikaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, u orqali o‘quvchilarning hayotiy maqsadlari, qiziqishlar, borliqqa bo‘lgan hamda turli ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari, ruhiy holatlari, ichki 20 Выготский Л.С. Диагностика развития и педологическая клиника трудного детства // Собрание сочинений: в 6 т. Т. 5. - М.: Наука, 1983. – С. 257-321. 21 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тартибот – Шукр / 5 жилдли. Тўртинчи жилд. А.Мадвалиев таҳрири остида. Таҳрир ҳайъати: Э.Бегматов ва бошқ. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2008. – 367-б. 22 Аванесов В.С. Определение, предмет и основные функции педагогической диагностики // http://www.ucheba.com/ur_rus/k_metodkopilka/avanesov.htm. kechinmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘linadi. O‘quvchilarning turli vaziyatlar (tengdoshlari bilan o‘ynash, sayr, ta’lim jarayoni hamda bo‘sh vaqtlar)da o‘zlarini namoyon qilishlari pedagog tomonidan o‘rganilib, sodir bo‘lgan holatlarga nisbatan munosabat bildiriladi. Mazkur funksiya o‘qituvchiga har bir o‘quvchi va o‘quvchilar guruhining o‘ziga xos xususiyatlarini, qiziqishlari, mayllari, muammolari, hayotiy intilishlari, maqsadlari va tajribalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. O‘quvchilarning muammo va yutuqlari haqidagi aniq ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida, individual pedagogik yondashuvni belgilash, o‘quv materiallarini taqdim etish imkoniyatini ta’minlaydi. Shu bilan birga o‘qitish jarayonini o‘ta murakkablashtirib borilishining oldini oladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling