Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasini tashxislash – u tomonidan o‘quv fanlarini o‘zlashtirish asosida uning fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onaga egaligini, holatini tahlil qilish hamda baholash.
Har qanday tashxislashda bo‘lgani kabi o‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini tashxislash aniq maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini tashxislash maqsadi – uning o‘quv fani (fanlari)ni samarali o‘zlashtirishda erishayotgan yutuqlari darajasini baholash hamda omillarini aniqlash yoki o‘quv materialini o‘zlashtirishda u duch kelayotgan qiyinchiliklarni, ularning sabablarini tahlil qilish orqali fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan darajasini belgilashdan iborat. Bu jarayonda quyidagi vazifalar hal qilinadi: maqsaddan kelib chiqqan holda tashxislashning samarali bo‘lishini ta’minlovchi metod, vosita hamda texnologiyalarni tanlash; ular asosida tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallarni tayyorlash; tayyorlangan tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallarni o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhiga taqdim etish; o‘quvchi yoki o‘quvchilarning tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallar bo‘yicha javoblar natijalarini umumlashtirish; umumlashtirilgan javoblar natijalarini tahlil qilish va baholash; baholash natijalari e’lon qilish; yakuniy natijalarga tayangan holda ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash yoki ta’lim sifatini yaxshilashga doir dasturni ishlab chiqish. Zamonaviy sharoitda shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi uning aqliy salohiyatga egaligini ifodalaydi. Shu sababli mavzuni o‘rganishda shaxsning kreativ qobiliyatining rivojlanganlik darajasini tashxislovchi metod va metodikalar xususida so‘z yuritiladi. Kreativ tafakkurning darajasi fikriy tezlik, vaziyatni har tomonlama tahlil qilish, yechim sifatida ko‘plab g‘oyalarni ilgari surish, ularni sintezlash, eng maqbul variantni yechim sifatida tanlash, yechimni bayon qilish, yechim asosida amaliy qiymatga ega mahsulotni yaratishga qaratilgan fikriy + kinestetik (bevosita bajarilagan) harakatning samaradorligi bilan aniqlanadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling