O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari. Psixologiya va pedagogika yo‘nalishlarida shaxs, xususan, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tashxislashda samarali bo‘lgan usullarni aniqlashga e’tibor qaratilgan. Natija bir qator samarali usullar ishlab chiqilgan. Ayni o‘rinda ularning ayrimlari bilan tanishib chiqildi.
Ko‘rsatma: o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qiladi: “Men sizga 10 ta holatni o‘qib beraman. Diqqat bilan tinglang va ularni tasdiqlash- tasdiqlamasligingizni bildiring. Nima uchun ma’lum holatni yoqlayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring! Chunki javobingiz Siz haqingizda ko‘p ma’lumotlarni beradi.
Javoblaringiz quyidagicha baholanadi:
Tasdiqlayman – 4 ball. Tasdiqlamayman – 3 ball. Qisman tasdiqlayman – 2 ball. Mutlaqo tasdiqlamayman – 1 ball.
94 Анкета № 12 диагностика нравственной воспитанности (5-8 классы) // https://gigabaza.ru/doc/ 68320.html.
Javoblarni tegishlilik asosida quyidagi jadvalda ifodalang:
Tasdiqlayman
|
Tasdiqlamayman
|
|
| Holatlar:
Men doimo tengdoshlarim va kattalarga mehribonman.
Sinfdoshim muammoga duch kelsa, unga yordam berish men uchun muhim.
Ba’zan kattalarga nisbatan toqat qilmaslik mumkin, deb o‘ylayman.
Meni yoqtirmaydigan kishiga qo‘pol munosabatda bo‘lishimning yomon jihati yo‘q.
Xushmuomala bo‘lishim atrofdagilar orasida o‘zimni yaxshi his qilishimga yordam beradi.
Menga qilingan noo‘rin e’tiroz uchun o‘sha kishini koyishga haqliman.
Agar kimdir sinfda achchig‘imni chiqarsa, men ham unga javob qilaman.
Atrofdagilarga quvonch ulashish men uchun yoqimli.
Menimcha, salbiy xatti-harakatlari uchun ham atrofdagilarni kechira olish lozim.
Menimcha, hatto nohaq bo‘lsalar ham, boshqalarni tushunishga harakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |