Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


-rasm. Muvaffaqiyatli vaziyatning rivojlanish bosqichlari


Download 1.23 Mb.
bet93/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

19-rasm. Muvaffaqiyatli vaziyatning rivojlanish bosqichlari





  1. Motivatsiya (faoliyatga o‘zini tayyorlash) bosqichi. O‘qituvchi o‘quvchilarda berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan intilish, o‘zini mazkur vaziyatning hokimi deb his qilish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish istaklarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bir so‘z bilan aytganda muvaffaqiyatga erishish sabablarini shakllantiradi.

Muvaffaqiyatga erishish sababi (motivi)ni shakllantirib, o‘qituvchi ularning turli variantlarini taklif etishga haqlidir: barcha ish va masalalarni mustaqil bajarishga intilish, tengdoshlari oldida uz maqomini ko‘tarish, birinchi bo‘lish, o‘z faoliyatini boshqalarga foydali jihatlari nuqtai nazaridan ko‘ra bilish, boshqalar bilan faol muloqotga kirishish va h.k.
Oqibatda, motivatsion bosqichda o‘qituvchi talabalardagi hissiyotlarni uyg‘otish va faollashtirish uchun ma’lum bir vaziyatlarni tashkil kiladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, motivatsion soha bilan bog‘liq muvaffaqiyatli vaziyat mazkur bosqichda psixologik jihatlar bilan aniqlanadi. Keyingi bosqichlarda yuzaga keluvchi vaziyatlardan ham asosiy farqi ana shunda.

  1. Tashkillashtirish (yoki faoliyatni ta’minlash) bosqichi. O‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, bajarilayotgan ish ularga quvonch va rohat olib kelishi holatlarini inobatga olgan holda topshiriqlar berishdir. Bosqichda ba’zi o‘quvchialarda shunday davr boshlanadiki, unda faoliyatga nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi, ularni bajarishga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi. O‘quvchilarda ishni bajarish majburiyati susayadi, qolaversa, ijtimoiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli sharoit bo‘lmaydi.

Psixologiya va pedagogikada muvaffaqiyatsiz vaziyatni shakllantiruvchi shart-sharoitlar sifatida quyidagi to‘rt jihat e’tirof etiladi: qobiliyatning yetishmovchiligi; masalaning murakkabligi; muvafaqqiyatning yo‘qligi; irodaning sustligi.
O‘qituvchi o‘quvchining qobiliyatlariga mos ravishda vazifalarni tanlay olishi muhim.
Omad tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, qobiliyat, omad va vazifaning murakkabligidan farqli iroda nazorat qilish faktori sifatida xizmat qiladi. Shu bois, iroda va chidam yoki o‘z-o‘zini tashkil etish faoliyat
natijasini yaxshilashda yagona urinish omillaridir.
Muvafaqqiyatli vaziyatni yuzaga keltirish metodlari quyidagilardir:

  1. Tashkiliy nazorat (ishning boshlanishi, tanaffuslar, ishning yakunlanishi);

  2. Tarkibiy nazorat (ishning mohiyati bo‘yicha maslahat tashkil etish).

  3. Natija (samara)li bosqich yoki taxmin qilingan baholarni real baholar bilan taqqoslash.

O‘qituvchi o‘z oldiga oldingi faoliyat natijasini emosional stimulga,
ya’ni, keyingi tarbiyaviy vazifani bajarish uchun motivga aylantirish vazifasi yotadi. Buning uchun o‘qituvchi faoliyatning oldingi bosqichlarida qo‘lga kiritilgan natijalarni idrok etishi va tahlil qilishi lozim.
O‘quvchiga beriladigan individual topshiriqlar tizimini ularning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish lozim. Hayotiy tajriba, ijtimoiy malakalarga ega bo‘lib borgani sayin o‘quvchining zimmasiga bir qadar murakkab, mas’uliyatli ijtimoiy vazifalar yuklatilishi zarur. Ularni bajarish chog‘ida o‘quvchi ma’lum qiyinchiliklarni yengishni o‘rganadi.
Muvaffaqiyatni ta’minlovchi tarbiyalovchi vaziyatlar o‘quvchida ijtimoiy faoliyatga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarbiyalash bilan birga, unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi. Bu esa global axborotlashuv, shaxslararo munosabatlar jarayoniing murakkablashuvi sharoitida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni kirishimli bo‘lishga, atrofdagilar bilan hech bir qiyinchiliksiz,
psixologik to‘siqlarsiz muloqot qilishga o‘rgatadi.


  1. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling