Reja: O’qituvchining individual qobiliyatlari haqida. Individ va Individuallik


Download 70.39 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi70.39 Kb.
#1166465
Bog'liq
10 mavzu Meyoriy xuj


10-Maruza: Boshlang’ich ta’lim me’yoriy hujjatlarini yurutish bo’yicha individual tajribani shakillantirish.
REJA:
1.O’qituvchining individual qobiliyatlari haqida. Individ va Individuallik.
2. O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari.
3. Didaktik o’yinlar ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
Kalit so’zlar: Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonidagi tashqi, ichki xususiyatlarga ega ekanligi, ya’ni individ, shaxs, individuallik tushunchalarida namoyon bo’luvchi ma’lum bir obrazning shakllanishidir va didaktik o’yinlarning .
. Tirik mavjudotlar orasida inson eng murakkabidir. Odamzod tug’ilganidan so’ng, tashqi olam bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan uni tushinishga, o’rganishga harakat qila boshlaydi. Bunda turli xil davrlarni bosib o’tadi. Asta-sekinlik bilan o’zini ham anglay boshlaydi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki-yashirin xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular birlashgan holda individ, shaxs, individuallik tushunchalarida aks etuvchi muayyan obrazni shakllantiradi. Individ - lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir.
Ya’ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog’lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat’iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o’sib-ulg’aygani sari u o’zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, ibtidoiy davrga xos bo’lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o’taydi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili.
Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat – bu uning individualligidir.
Individuallik – muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan.
Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladigan o’ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya’ni bir odamga xos bo’lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir. Shunday ekan, hayotimizda bo’ladigan har bir hodisa, uchraydigan har bir odam biz uchun tajriba bo’lib, individdan individuallikkacha o’zgartirib, yuksaltiradi.
O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:

1. O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o’kituvchi eng avvalambor o’quvchilarda taqdim qilinayotgan o’quv materialiga qizxiqtirish uyg’otish zarur. Buning uchun u:
Asosiy mavzuni bayon etishda o’quvchilarni qanday yo’l bilan qiziqtirishi mumkin?
 

 Oddiy bo’lmagan ma’lumotlarni so’zlab berish;
 Barcha o’quvchilarga to’g’ridan-to’g’ri taaluqli bo’lganlarni gapirib berish;
 So’zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
 Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish

 

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida
o’qituvchi:
1. O’quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;
2. Aniq muammoni burro ifodalashi;
3. Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etishi;
4. Xushmuomalali va ziyrak bo’lishi;
5. Qo’yidagi so’z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.
6. Ko’rish kontakti (bog’lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
7. Har bir javob va taklifni doimo rag’batlanirishi maqsadga muvofiq.
Boshlang’ich ta’limda mehnat darslari ham o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o’lchashlar, qog’oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang’ich ta’limda o’quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko’rinishini yasash», «Harakatli o’yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang’ich ta’lim DTS va o’quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o’qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Jumladan, «Urug’lardan mozaika tuzish», «Rangli qog’ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.
Muammoli ta’lim orqali o`quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish
O’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O’quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo’lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o’quvchilarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
1.  U o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o’rgatadi.
2.  U o’quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga ko’maklashadi.
3.  U odatda, ancha ta’sirchan bo’lib, chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan ko’tarinki ruh, hissini o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg’usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o’quvchilarni qiziqtiradi, o’quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.
4.  Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.
Muammoli ta’limning asosiy maqsadi- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirish natijasida bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishini kuchaytirishdan iborat.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi muammoli ta’lim deyiladi
 Muammoli ta’lim quyidagilarda ko’rinadi:1. Muammo2. Muammoli savol
3. Muammoli vazifa 4. Muammoli topshiriq 5. Muammoli vaziyat.
Muammoning o’zi yunoncha “problem” so’zidan olingan bo’lib, vazifa, topshiriq degan ma’nolarni anglatadi.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ta’limning bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-qiziqarli tomonlariga ham ko’proq e’tibor berilishi lozim. O’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning xarakterli xususiyati ular psixikasining zaif tomonlariga sustlik bilan moslashish emas, balki o’quvchilar maksimal darajada faollashishi uchun ularni aqliy rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatish tamoyili bo’lmog’i kerak. Tarbiyachi va o’qituvchilar ayrim bolalar qobiliyati o’rtacha ekanligi yoki qobiliyatsizligi va hatto mukammal emasligi haqida paydo bo’lgan tasavvurni sezdirmasliklari lozim. Bunday o’quvchilar o’zlari tobora tezlashib va murakkablashib borayotgan ta’lim jarayoniga asta-sekinlik bilan moslashib boradilar.
Ta’limda darsni to’g’ri va samarali tashkil etilishi albatta, o’quvchilar bilim olishiga ta’sir etadi. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda muhim masalalardan yana biri o’qituvchining darsning texnologik jihatdan to’g’ri loyihalashga borib taqaladi. Interfaol metodlarni qaysi bosqichda qanday qo’llash darsni loyihalash vaqtidan boshlanadi. Loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshadi. 
I – diqqatni jamlash bosqichi
II- tinglash bosqichi
III- fikrlash bosqichi
Bu bosqichlar interfaol metodlarni to’g’ri, o’z o’rnida qo’llash hamda dars camaradorligini oshirishga yordam beradi.
Diqqatni jamlash bosqichi: bunda o’qituvchi bolalarning yangi mavzuga oid dastlabki tushunchalarni aniqlaydi.
Maqsadi:
- dastlabki tushunchalar aniq, erkin namoyon qilish;
- o’z fikrini ifodalay olish;
- darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish kabilardan iborat;
Anglash bosqichi: bunda o’qituvchi o’quvchilardan olgan dastlabki tushunchalariga qo’shimcha ta’limotlarni jamlab yangi bilim bilan boyitadi. ya’ni o’quvchining bilgan va bilmagan ma’lumoti to’ldiriladi.
Aniqlash bosqichining maqsadi:
-dastlabki tushunchalardan kelib chiqib, o’quvchi anglash yangi bilimlar bilan to’ldirish:
- o’quvchilar qiziqishini orttirish;
- tahlil qilishga- taqqoslashga o’rgatish;
-yangi darsni bayon etish.
Fikrlash bosqichi: bu bosqich darsni mustahkamlash qismiga to’g’ri keladi. Unda o’quvchilar dastlabki tushuncha va ma’lumotlarni tahlil qilib fikrladilar, bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quvchilar o’tilgan dars, mavzu haqida munosabatlarini bildiradilar.
To’g’ri tashkil etilgan dars o’z samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qo’llaniladigan metodlarni chuqurroq o’rganmay turib, dars samaradorligini oshirib bo’lmaydi.
Ta’lim standartlari va me’yorlari va an’anaviy ravishda ta’lim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. O’quvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bo’lsa, uning o’quv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. O’quvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi to’la darajada nazorat qilinmaydi, chunki o’quvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari an’anaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.
Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki ko’pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda o’quvchilar ta’limiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki o’quvchining shaxsan ta’limiy o’sish darajasidir.
An’anaviy ta’limda o’quvchi ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda o’quvchi ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda o’quvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo’ladi.
O’quvchilarga beriladigan ta’lim standarti ko’pincha o’quvchi shaxsiga, uning haqiqiy ta’limiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ta’lim mahsulining bunday turini ta’limning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qo’ymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmog’iga joylashtirilgan materiallarning muttasil ko’payib borayotgan to’plamlari o’quvchilarga tayyorgarlik ko’rmay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda.
Ta’lim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning o’rganish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq o’quvchidan yangi mazmunni, ya’ni uning shaxsan ta’limiy o’sishini talab qiladi.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar xalq og’zaki ijodining kichik va qadimiy janrining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish 
 
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang’ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli o’yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
 Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo’llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o’z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo’yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o’yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo’ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o’yin usullari sifatida o’qitishning ma’lum bir paytida o’tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ishbop o’yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo’ljallangan ishbop o’yinlar takrorlash, mustahkamlash, o’tilganlarning qay darajada o’rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o’yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o’tkaziladi.


Boshlang`ich sinf darslarida FSMU texnologiyasidan foydalanish ham o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishni ko`zda tutadi.
 
FSMU texnologiyasi
 
 
Masalan, “O`qish” darsidagi “YAXSHILIK — INSON ZIYNATI” mavzusida Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” degan hikoyatini o`rganish ko`zda tutilgan, bunda “Qanday odamlar yaxshi nom qoldiradi?” savolini FSMU texnologiyasi asosida tahlil etish mumkin.
 

Savol

 

(F) Fikringizni bayon eting

 

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

 

(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

 

(U) Fikringizni umumlashtiring

 

 
3- sinfda Odobnoma fanidan “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al- Buxoriy” mavzusini o’tish “Ikki qismlik kundalik” usulidan foydalanish mumkin.
(“Ikki qismlik kundalik” usulining mohiyati va qo’llanilishi. Bu   interfaol usuldan turli matnlar bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag’i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi:
 

PARChA

ShARH

 

 

 
Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta`sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. (Bizning mavzumizda o’quvchilar parcha sifatida biror hadisni tanlaydilar). Ehtimol, bu ularga shaxsiy tajribalaridan nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.
Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga chap tomondagi tanlangan parcha (hadis) ga sharh yoziladi. Bunda nima uchun ushbu parchani tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug’ilganligi haqida sharh beriladi.)
Masalan, “Odobnoma”darsligida berilgan hadislardan quyidagini tanlab sharhlashlari mumkin:

PARChA
 

ShARH

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir

Biz bilamizki toshga o’yilgan naqsh hech qanday holda ham yo’qolib ketmaydi. Uni yomg’ir yoki do’llar, quyosh yoki qorlar yo’qota olmaydi. Demak biz yoshligimizdan yaxshi o’qisak, kerakli bilimlarni egallasak, u hech qachon yo’qolib ketmas ekan, u bizga bir umr hamroh bo’lib yo’limizni yoritib turadi. 

 
“Abu Iso at-Termiziy” mavzusini ham matn ustida ishlash usullaridan hisoblangan “Insert usuli” yoki “B-B-B jadvali” usullarida o’rganib chiqish mumkin. 
“Venn diagrammasi” usulidan foydalangan holda o’quvchilar 3 sinf «Odobnoma» darsida IX bo’limni o’tib bo’lishgach Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarni taqqoslashlari mumkin.
 “Venn diagrammasi” usulida Al-Buxoriy va at-Termiziy faoliyatlari tahlil etiladi.
(Venn diagrammasi usuli mohiyati: Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko’p doiralarda ko’riladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Al-Buxoriy faoliyatini At-Termiziy faoliyati bilan taqkoslaydilar. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu ekspediciyalar o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi.
O’qituvchi o’quvchilar juftligidan (sinfni ikki guruhga bo’lgan holda) Venn diagrammasti tuzib, unda tegishlicha fahat al-Buxoriy va faqat at-Termiziyga taaluqli bo’lgan doiralarning ikki qisminigina to’ldirishni so’raydi. So’ngra juft boshka juftga ho’shiladi va to’rt kishi o’z diagrammalarini taqqoslashlari so’ngra o’rtasida ular ko’rganidek, ikala alloma uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ro’yxatini tuzishlari mumkin.
 

 
 
 
Ibn Sinoning hikmatlaridan foydalangan holda quyidagi darsni 3-sinf o`qish darsida o’tish mumkin.
Innovatsion usullardan biri bu B-B-B (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) jadvali bilan ishlashdir. «B- B-B- (bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) usuli mashg`ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchi hisoblanadi».
B-B-B chizmasi
 

Bilamiz?

Bilishni
xohlaymiz?

Bildim

 
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.
 
XULOSA
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o’quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o’rgatib borish zarur.
Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshmayotganligi sababli o’quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.
SHunday qilib, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Individuallik tushunchasiga ta’rif bering!

  2. Shaxsning eng muhim jihat – bu nima deyiladi?

  3. O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlashda eng muhum omillar nimalar?

  4. O`quvchilar qanday guruhlarga bo`linishadi?

  5. Muammoli ta’lim deganda nimani tushunasiz?

  6. Pedagogik qobiliyat nima ?

 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, .- 38 b.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. -T.: 2020 .

  3. Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti.

  4. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, Boshlang’ich ta’lim, // Ta’lim taraqqiyoti. – T .: SHaraflik. 1999. 1- maxsus son.

  5. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. -T.: O’zbekiston, 1997.-328 b.

  6.  Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan kolsin.-T.: SHarq.- 234 b.

  7.  Adizov B.R.Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.- Toshkent: Fan, 1997.-182-b.

  8.  Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo.-T. Fan va axborot texnologiyalari, 2006. -167 b.

  9.  Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o’quvchisining psixologiyasi. T., O’zbekiston 30 bet.



Axborot manbaalari

http://www.tdpu.uz/


http://www.pedagog.uz/
http://www.ziyonet.uz/
http://www.lex.uz/
http://www.blim.uz/
https://ru.gov.uz/
Download 70.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling