Разноцветные боковые штрихи


Download 0.69 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1385036
Bog'liq
6-informatika-10-dars

MS WORD matn protsessorida rasmiy hujjatlarni yaratish

Bugun darsda:


4
Ro‘yxat nima?
1
2
3
5
Ro‘yxat turlari.
Rasmiy hujjatlar
Ariza
Avtobiografiya
Rezyume
6

Ro‘yxat nima?

Ro'yxat - bu bitta raqamlash yoki belgilash bilan bog'langan bir nechta matn abzatslari.

Marker nima?

Marker - ro'yxatni formatlash uchun ishlatiladigan belgi.

Ro‘yxat turlari


Belgilangan (markerlangan) ro'yxat - ketma-ketligi muhim bo'lmagan elementlarning tartibsiz ro'yxatlari
Markerlangan
Raqamlangan ro'yxatlar tartib raqamlari ko'rsatilgan elementlar to'plamidir
Raqamlangan
Ko'p darajali ro'yxat - elementi ro'yxatning o’zida aks ettirilgan ro'yxat.
Ko‘p darajali

Rasmiy hujjatlar


Ariza
Buyruq
Bildirgi
Vasiyatnoma
Ishonchnoma
Ma’lumotnoma
Xarakteristika
Tavsiyanoma
Axborot (Raport)
Avtobiografiya
Tushuntirish xati
Hisobot

Ariza strukturasi


Ariza - bu aniq bir muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga so‘rov, taklif, shikoyat va hokazolar tarzida yoziladigan rasmiy hujjat.

Avtobiografiya

Insonning o'z hayotidagi voqealarni ketma-ket tavsiflashi- avtobiografiya.


1) hujjatning nomi (avtobiografiya).
2) mazmuni (matn):
- muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi (kun, oy, yil) va joyi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi), ma'lumoti (qayerda, qachon va qaysi o‘quv yurtini tamomlaganligi, mutaxassisligi), ish faoliyati turi, oxirgi ish joyi va egallab turgan lavozimi, mukofotlari va sertifikatlari, ijtimoiy faoliyatdagi ishtiroki, oilaviy ahvoli va oila tarkibi, pasport ma’lumotlari, yashash manzili, telefon raqami.
3) sana
4) imzo

Rezyume

Rezyume - bu ishga joylashish uchun talab qilinadigan (shaxs haqidagi ma'lumotnoma) ko'nikmalar, ish tajribasi, ma'lumot va boshqa tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjat.

Sarlavha: avtobiografiya, ism va familiya ... .

Maqsad: doimiy ish, bandlik, karyera, lavozim... .

Shaxsiy ma'lumotlar: telefon raqami, elektron pochta manzili, shaxsiy blog, ijtimoiy tarmoq profili, uy manzili, oilaviy sharoit... .

Rasm: odatda 3,5×4,5 o‘lchamdagi oddiy fon bilan.

Asosiy ma'lumotlar: qayerda va qachon o'qigansiz, ish tajribasi haqida ma'lumot... .

Yutuqlari: diplomlar, sertifikatlar ... .

Qo'shimcha ma'lumotlar: shaxsiy fazilatlar, sevimli mashg'ulotlar.

Rezyume tayyorlash uchun shablonlar

1. https://www.canva.com/ru_ru/sozdat/rezyume/

Sayt turli xil rang palitralari va har xil turdagi shriftlardagi tayyor rezyume shablonlarini taqdim etadi, bu esa qiziqarli rezyumelarni yaratish imkonini beradi.

2. https://rezume.me/

Ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydigan va onlayn rezyumelarni tayyorlash va yuklab olish imkonini beruvchi bepul veb-sayt.

3.https://zety.com/resume-templates#1

Ish beruvchilar tajribasi va xodimlarni boshqarish amaliyotiga asoslangan shablonlarga ega ingliz tilidagi sayt.

Muhokama qilamiz?

1. Quyidagi hujjatlarni qayerlarda qo‘llash mumkin: Ariza, tarjimaiy hol, xabarnoma?

2. Ariza yozish tartibini tushuntiring.

3. Avtobiografiyani tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?

4. Tayyor rezyume shablonlarini yuklab olish uchun foydalaniladigan veb-saytlarga misollar keltiring.

5. Hujjatlarda ro'yxatlardan foydalanish?

6. Belgilangan va raqamlangan ro‘yxatlarning farqi?

7. Hujjatlarda ro‘yxatlar tuzish qoidalari haqida nimalarni bilasiz?


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling