Разработка урока по окружающему нас миру в 1классах с узбекским языком обучения Просмотр содержимого документа «"Уй хайвонлари" мавзусидаги дарс ишланма»
Download 50 Kb.
|
Уй хайвонлари -WPS Office
"Уй хайвонлари" мавзусидаги дарс ишланма Нажмите, чтобы узнать подробности Разработка урока по окружающему нас миру в 1классах с узбекским языком обучения Просмотр содержимого документа «"Уй хайвонлари" мавзусидаги дарс ишланма» Tasdiqlayman: Sharipova M.Sh Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 35-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Aydarova Umida Baxtiyarovnaning 1-”D” sinfida atrofimizdagi olam fanidan “ Uy hayvonlari” mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi Tasdiqlayman: Sharipova M.Sh Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 35-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Aydarova Umida Baxtiyarovnaning 1-”D” sinfida atrofimizdagi olam fanidan “ Uy hayvonlari” mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi Sana: 16.12.2017 Darsning mavzusi: Uy hayvonlari Darsning maqsadi: Ta’limiy:Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk haqida ma’lumot berish. Ularning insonlar uchun ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy: Uy hayvonlarida g’amxo’rlik hissini tarbiyalash. Uy hayvonlarini parvarish qilishning oddiy qoidalariga va xavfsizlikka rioya qilish . Rivojlantiruvchi:O‟quvchilarning havyonat olami haqidagi bilimlarni , mustaqij ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish,uy hayvonlarning inson hayotidagi o’rni haqidagi qarashlarini shakllantirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:hayvonot olami, uy hayvonlari va parrandalarning fasllarga moslashishini, yashashini kuzatadi va ayta oladi; O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya:mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish. Dars turi: yangi mavzu bayoni Dars jihozi:Uy hayvonlarning rasmlari va tarqatmalar,videorolik,slayd. Sana: 16.12.2017 Darsning mavzusi: Uy hayvonlari Darsning maqsadi: Ta’limiy:Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk haqida ma’lumot berish. Ularning insonlar uchun ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy: Uy hayvonlarida g’amxo’rlik hissini tarbiyalash. Uy hayvonlarini parvarish qilishning oddiy qoidalariga va xavfsizlikka rioya qilish . Rivojlantiruvchi:O‟quvchilarning havyonat olami haqidagi bilimlarni , mustaqij ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish,uy hayvonlarning inson hayotidagi o’rni haqidagi qarashlarini shakllantirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:hayvonot olami, uy hayvonlari va parrandalarning fasllarga moslashishini, yashashini kuzatadi va ayta oladi; O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya:mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish. Dars turi: yangi mavzu bayoni Dars jihozi:Uy hayvonlarning rasmlari va tarqatmalar,videorolik,slayd. Darsning borishi I Tashkiliy qism -Sa lom aziz bolalar, Zehnlilar, zukkolar. Barchangiz sog‘-omonmisiz? Darsimizga tayyormisiz? Bolalar: -Barchamiz sog‘- omonmiz. Darsga doim tayyormiz. -Biz maktabga nima uchun kelamiz? Bolalar: -Xatosiz o’qish uchun Chiroyli yozish uchun To‘g‘ri, tez sanash uchun “ 5” baho olish uchun. -Har narsadan xabarchi, Sinfda kim navbatchi? O'quvchi: -Sinfda men navbatchi, Tayyor barcha o'quvchi! Navbatchi o‘quvchi sana, hafta kuni, yil fasli hamda o‘quvchilarning davomati bilan tanishtiradi. Oltin qoidalarimizni eslab olaylik. -Eng avvalo intizom, Darsda faol qatnashish. Berilgan vazifani, O`z vaqtida bajarish. Topqir va zukko bo`lib, Barchani hurmat qilish. O`ng qo`l qoidasiga, Doim rioya qilish. Darsning borishi I Tashkiliy qism -Sa lom aziz bolalar, Zehnlilar, zukkolar. Barchangiz sog‘-omonmisiz? Darsimizga tayyormisiz? Bolalar:
-Barchamiz sog‘- omonmiz. Darsga doim tayyormiz. -Biz maktabga nima uchun kelamiz? Bolalar:
-Xatosiz o’qish uchun Chiroyli yozish uchun To‘g‘ri, tez sanash uchun “ 5” baho olish uchun. -Har narsadan xabarchi, Sinfda kim navbatchi? O'quvchi: -Sinfda men navbatchi, Tayyor barcha o'quvchi! Navbatchi o‘quvchi sana, hafta kuni, yil fasli hamda o‘quvchilarning davomati bilan tanishtiradi. Oltin qoidalarimizni eslab olaylik. -Eng avvalo intizom, Darsda faol qatnashish. Berilgan vazifani, O`z vaqtida bajarish. Topqir va zukko bo`lib, Barchani hurmat qilish. O`ng qo`l qoidasiga, Doim rioya qilish. Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi? Fikrlar tinglanadi. Bolalar qarang, daraxtimizning jahli chiqib turibdi. Keling, har bir to’g’ri javobimiz bilan unga qor parchalarini yopishtirib uni uyquga ketkazamiz II O’tilgan mavzuni takrorlash. Bolajonlar biz o’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? -Biz o’tgan darsda xona gullari mavzusi bilan tanishdik. Xona gullari haqida nimalarni bilib oldingiz? Xona gullarini qanday parvarish qilish kerak? -Xona gullari tuvaklarga ekiladi. Ular ko’p yillik o’simlik. Xona gullari uyimizda, maktabda, ishxonada va boshqa joylarda o’stiriladi. Ularga suv quyiladi, tagi yumshatiladi,o’g’it solinadi, barglari changdan tozalanadi… O’quvchilarning fikrlari tinglanib, xulosa qilinadi. Har bitta javob bilan qor parcha osiladi daraxt uyquga ketadi Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi? Fikrlar tinglanadi. Bolalar qarang, daraxtimizning jahli chiqib turibdi. Keling, har bir to’g’ri javobimiz bilan unga qor parchalarini yopishtirib uni uyquga ketkazamiz II O’tilgan mavzuni takrorlash. Bolajonlar biz o’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? -Biz o’tgan darsda xona gullari mavzusi bilan tanishdik. Xona gullari haqida nimalarni bilib oldingiz? Xona gullarini qanday parvarish qilish kerak? -Xona gullari tuvaklarga ekiladi. Ular ko’p yillik o’simlik. Xona gullari uyimizda, maktabda, ishxonada va boshqa joylarda o’stiriladi. Ularga suv quyiladi, tagi yumshatiladi,o’g’it solinadi, barglari changdan tozalanadi… O’quvchilarning fikrlari tinglanib, xulosa qilinadi. Har bitta javob bilan qor parcha osiladi daraxt uyquga ketadi III Yangi mavzu bayoni: -Yangi mavzuga kirish uchun she’r aytiladi va slayd orqali uning mazmuni ko’rsatib beriladi. Qayerdan shovqin turdi ? Itlar vovullab ketdi. Birdan shovqin avj olib, Otlar gijinglab ketdi. Sigir chiqdi “ Mo’-mo’ “lab “Be-Be-e” lab chiqdi qo’ylar. Unga echki qo’shilib, “Me-e” lab qo’ydi bir sakrab. Hech ham tushunib bo’lmaydi, Har xil ovoz har joydan. Bu qanday hovli ekan? Keling, ko’raylik do’stlar. Mana qarang, molxona, Pichanxona narida Orqasida it uchun, Qurilgan kichik uya. III Yangi mavzu bayoni: -Yangi mavzuga kirish uchun she’r aytiladi va slayd orqali uning mazmuni ko’rsatib beriladi. Qayerdan shovqin turdi ? Itlar vovullab ketdi. Birdan shovqin avj olib, Otlar gijinglab ketdi. Sigir chiqdi “ Mo’-mo’ “lab “Be-Be-e” lab chiqdi qo’ylar. Unga echki qo’shilib, “Me-e” lab qo’ydi bir sakrab. Hech ham tushunib bo’lmaydi, Har xil ovoz har joydan. Bu qanday hovli ekan? Keling, ko’raylik do’stlar. Mana qarang, molxona, Pichanxona narida Orqasida it uchun, Qurilgan kichik uya. Mana sigir onasi, Buzoq esa bolasi. Otning yonida toychoq, Qo’y oldida qo’zichoq. Tuya ham bo’talogin, Erkalab turar doim. Echki uloqchasiga, Mehrin beradi borin . Uyni qo’riqlab turar, It bilan kuchukchasi. Hangrab turadi eshak, Ko’rib xo’tikchasini. Birdan sichqonni ko’rib, Mushuk yugurib ketdi. Hovli ajoyib ekan, O’rgangim kelib ketdi. -Bolajonlar she’rimiz sizga yoqdimi? -She’r nimalar haqida ekan? -She’rda qaysi uy hayvonlarining nomlari tilga olingan? -Sizning uyingizda ham uy hayvonlari bormi? -Ularga qanday g’amxo’rlik qilasiz? O’quvchilarning fikrlari umumlashtirilib, to’ldiriladi. Mana sigir onasi, Buzoq esa bolasi. Otning yonida toychoq, Qo’y oldida qo’zichoq. Tuya ham bo’talogin, Erkalab turar doim. Echki uloqchasiga, Mehrin beradi borin . Uyni qo’riqlab turar, It bilan kuchukchasi. Hangrab turadi eshak, Ko’rib xo’tikchasini. Birdan sichqonni ko’rib, Mushuk yugurib ketdi. Hovli ajoyib ekan, O’rgangim kelib ketdi. -Bolajonlar she’rimiz sizga yoqdimi? -She’r nimalar haqida ekan? -She’rda qaysi uy hayvonlarining nomlari tilga olingan? -Sizning uyingizda ham uy hayvonlari bormi? -Ularga qanday g’amxo’rlik qilasiz? O’quvchilarning fikrlari umumlashtirilib, to’ldiriladi. O’quvchilarga har bir uy hayvonining nomi (o’zbek, rus va ingliz tilida) aytiladi. Uy hayvoni chiqaradigan tovushi slayd orqali eshittiriladi. Har bir uy hayvon ko’rsatilganda uning nomi xattaxtaga o’quvchilar tomonidan yoziladi. Yoniga ikkinchi ustunga uning bolasining nomi yoziladi. Ot toychoq Sigir buzoq Qo’y qo’zichoq Tuya bo’taloq Echki uloqcha It kuchukcha Eshak xo’tik Mushuk Uy hayvon nomlari daftarga yoziladi( birinchi ustunga onasi, ikkinchi ustunga bolasi yoziladi). Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan matn bilan ishlanadi.Matn bir nechta o’quvchiga o’qitiladi. O’quvchilarga har bir uy hayvonining nomi (o’zbek, rus va ingliz tilida) aytiladi. Uy hayvoni chiqaradigan tovushi slayd orqali eshittiriladi. Har bir uy hayvon ko’rsatilganda uning nomi xattaxtaga o’quvchilar tomonidan yoziladi. Yoniga ikkinchi ustunga uning bolasining nomi yoziladi. Ot toychoq Sigir buzoq Qo’y qo’zichoq Tuya bo’taloq Echki uloqcha It kuchukcha Eshak xo’tik Mushuk Uy hayvon nomlari daftarga yoziladi( birinchi ustunga onasi, ikkinchi ustunga bolasi yoziladi). Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan matn bilan ishlanadi.Matn bir nechta o’quvchiga o’qitiladi. IV Mustahkamlash. O’quvchilarga videorolik ko’rsatish. O’quvchilar bilan har bir uy hayvonining odamga tegadigan foydasi haqida suhbatlashish. -Bolalar qarang, bizning darsimizga poyezdda uy hayvonlari kelibdi. Keling, ularning odamga keltiradigan foydasini aytib, fermaga joylashtiramiz. ( Bolalar ketma-ket chiqib uy hayvonlarining foydasini aytib, ularni fermaga joylashtiradilar. Oxirida har bir hayvon inson uchun foyda keltirishi xulosa qilinadi. IV Mustahkamlash. O’quvchilarga videorolik ko’rsatish. O’quvchilar bilan har bir uy hayvonining odamga tegadigan foydasi haqida suhbatlashish. -Bolalar qarang, bizning darsimizga poyezdda uy hayvonlari kelibdi. Keling, ularning odamga keltiradigan foydasini aytib, fermaga joylashtiramiz. ( Bolalar ketma-ket chiqib uy hayvonlarining foydasini aytib, ularni fermaga joylashtiradilar. Oxirida har bir hayvon inson uchun foyda keltirishi xulosa qilinadi. “ So’zni top” o’yinini o’tkazish. O’quvchilar yashiringan uy hayvonlari nomini topishadi. (uloq, qo’zi ,echki, tuya) “ Ortiqchasini to” o‘yinini o’tkazish. Bolalar ortiqchasini topib, nima uchun ortiqchaligini aytadilar. “ So’zni top” o’yinini o’tkazish. O’quvchilar yashiringan uy hayvonlari nomini topishadi. (uloq, qo’zi ,echki, tuya) “ Ortiqchasini to” o‘yinini o’tkazish. Bolalar ortiqchasini topib, nima uchun ortiqchaligini aytadilar. -Bolajonlar biz sizlar bilan yaqinda qaysi bayramni nishonlaymiz? -Yangi yil bayramini nishonlaymiz. Keling, siz bilan archani bayramga tayyorlab yasataylik. Uning uchun topishmoqlarning javobini to’g’ri topish va archa o’yinchoqlarini archaga osish kerak. Uzoqni yaqin qilib, Men shamoldek yelaman. Sutim-qimiz, go’shtim-qazi, Foydaligim bilaman. Meni qancha urishsa ham, Sira xafa bo’lmayman. Eng og’ir ishlarni men, Bajarib o’rganganman. Sutimdan zo’r sut topilmas Juda foyda go’daklarga To’qing paypoq,jemper, nimcha, Junim issiq bari senga. -Bolajonlar biz sizlar bilan yaqinda qaysi bayramni nishonlaymiz? -Yangi yil bayramini nishonlaymiz. Keling, siz bilan archani bayramga tayyorlab yasataylik. Uning uchun topishmoqlarning javobini to’g’ri topish va archa o’yinchoqlarini archaga osish kerak. Uzoqni yaqin qilib, Men shamoldek yelaman. Sutim-qimiz, go’shtim-qazi, Foydaligim bilaman. Meni qancha urishsa ham, Sira xafa bo’lmayman. Eng og’ir ishlarni men, Bajarib o’rganganman. Sutimdan zo’r sut topilmas Juda foyda go’daklarga To’qing paypoq,jemper, nimcha, Junim issiq bari senga. Ming bir dardga davodir Qimron sutim ichsangiz Sahrolarda kezaman, Chidamliman bilsangiz. Mendan yaxshi qo’riqchi Topilmaydi olamda. Sadoqatli eng yaqin, Do’st bo’laman odamga. Sut,qatiq, tvorog, qaymoq, Suzma,brinza, va pishloq. Go’shtimdan shirin taom, Terim charm bo’lar hamon. Meni ko’rib, momiq deysiz. Go’shtimni yeb, maza deysiz. Terimdan tiksalar kiyim, “ Voy-vo” juda issiq deysiz. O’quvchilardan yana o’zi bilgan topishmoqlar so’raladi. Har bitta to’g’ri javob archa o’yinchog’I bilan taqdirlanadi. Ming bir dardga davodir Qimron sutim ichsangiz Sahrolarda kezaman, Chidamliman bilsangiz. Mendan yaxshi qo’riqchi Topilmaydi olamda. Sadoqatli eng yaqin, Do’st bo’laman odamga. Sut,qatiq, tvorog, qaymoq, Suzma,brinza, va pishloq. Go’shtimdan shirin taom, Terim charm bo’lar hamon. Meni ko’rib, momiq deysiz. Go’shtimni yeb, maza deysiz. Terimdan tiksalar kiyim, “ Voy-vo” juda issiq deysiz. O’quvchilardan yana o’zi bilgan topishmoqlar so’raladi. Har bitta to’g’ri javob archa o’yinchog’I bilan taqdirlanadi. “ Rost va yolg’on o’yinini o’tkazish. O’quvchilar fikrning rost yoki yolg’on ekanligini topishadi va archani bezatishni davom ettirishadi. Uy hayvonlari o’rmonda yashaydi. Uy hayvonlari fermada yashaydi. Darsni yakunlash. Barakalla!!! Vazifalarning barchasini bajardingiz. Archani ham bezatib oldik. Bugungi darsimiz sizga yoqdimi? “ Rost va yolg’on o’yinini o’tkazish. O’quvchilar fikrning rost yoki yolg’on ekanligini topishadi va archani bezatishni davom ettirishadi. Uy hayvonlari o’rmonda yashaydi. Uy hayvonlari fermada yashaydi. Darsni yakunlash. Barakalla!!! Vazifalarning barchasini bajardingiz. Archani ham bezatib oldik. Bugungi darsimiz sizga yoqdimi? Bugun darsda biz nimalarni o’rganganimizni eslab olaylik. ( O’quvchilarga “Men o’rgandim…” va “Biz bajardik…” ni davom ettirib bugungi darsda nimani o’rganganini hamd nimalar bajarganini aytishadi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Tarqatmalar berilib uyda bo’yab kelish vazifasi beriladi. Bugun darsda biz nimalarni o’rganganimizni eslab olaylik. ( O’quvchilarga “Men o’rgandim…” va “Biz bajardik…” ni davom ettirib bugungi darsda nimani o’rganganini hamd nimalar bajarganini aytishadi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Tarqatmalar berilib uyda bo’yab kelish vazifasi beriladi. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling