Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblab chiqish bo‘yicha hisob-kitoblar metodikasi
-§. Reaktiv quvvatning iqtisodiy va texnikaviy qiymatlarini hisoblab chiqish
Download 98,97 Kb.
|
Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni hisoblab chiqi
3-§. Reaktiv quvvatning iqtisodiy va texnikaviy qiymatlarini hisoblab chiqish
11. Elektr tarmoqlarining katta yuklamali soatlarida maksimal elektr energiyasi uchun haq to‘laydigan I tarif guruhidagi iste’molchilar uchun reaktiv quvvat Qei va energiyaning WQe iqtisodiy va texnikaviy qiymatlari hamda II, III va IV-tarif guruhlaridagi iste’molchilar uchun WQe qiymatlari i-chorakning oylari uchun quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi: Pi va PIV — iste’molchining i va IV-choraklarda energiya tizimini maksimum yuklamali soatlaridagi aktiv yuklamalari; WPi — i-chorakda aktiv energiya iste’moli; tgφEi — i-chorak uchun reaktiv quvvatning iqtisodiy koeffitsiyenti; kli — kompensatsiyalovchi qurilma o‘rnatilganida reaktiv quvvat grafigi maksimal yuklama soatlari sonining o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent; tgφnat — tabiiy reaktiv yuklamaga to‘g‘ri keluvchi reaktiv quvvat koeffitsiyenti IV chorakda. Barcha formulalarda dastlabki parametrlar sifatida ma’lumotlar hamma choraklar uchun ma’lum bo‘lgan yaqin yildagi yuklamalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari qabul qilinadi. Iste’molchining minimal va maksimal sutkalik yuklamalarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda WiQe ning qiymati yanada aniqroq hisoblanishi mumkin (hisoblash misollari quyida keltirilgan). 12. tgφEi ni qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: tgφEi — IV chorakdagi iqtisodiy koeffitsiyentning qiymati; Ki — iste’molchining i va IV-choraklarda energiya tizimini maksimum yuklamali soatlaridagi aktiv yuklamalarini nisbati (ma’lumotlar bo‘lmaganida quyidagi formula bo‘yicha aniqlashga yo‘l qo‘yiladi Ki=Wpi / Wp IV); tgφnat — reaktiv quvvatning natural koeffitsiyenti, tgφnat qiymati qishki nazorat o‘lchovlarining ma’lumotlari bo‘yicha quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Qf IV — energiya tizim iste’molchisining maksimum yuklamali soatlarida amaldagi maksimal reaktiv yuklamasi; Qk — o‘lchovlar vaqtida tarmoqqa ulangan kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati, shu jumladan 6 — 10 kV sinxron yuritgichlar tomonidan generatsiya qilinadigan reaktiv quvvat. O‘lchov ma’lumotlari bo‘lmaganda tgφnat = 0,8 ga teng yoki energiya tizimi bilan iste’molchi o‘rtasida kelishilgan qiymat qabul qilinadi. Agar (3) formula bo‘yicha olingan tgφei qiymati noldan kichkina bo‘lsa, u nolga teng deb qabul qilinadi. 13. kl koeffitsiyenti quyidagi ma’lumotlarga muvofiq qabul qilinadi:
Agar tgφei ning qiymati yuqorida keltirilgan qiymatlarga to‘g‘ri kelmasa, kl ning qiymatini o‘rtacha qiymat olish asosida aniqlanadi. 14. Agar energiya tizimining maksimum yuklamali soatlari iste’molchining maksimum yuklamali soatlariga to‘g‘ri kelmasa, u holda (1) va (2) formulalarda tgφei o‘rniga iste’molchining maksimum yuklamali soatlariga to‘g‘ri keladigan va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan qiymatlaridan foydalaniladi: KRi — iste’molchining uch oylik maksimal aktiv yuklamasini i-chorakda energiya tizimining maksimum yuklamali soatlaridagi yuklamasiga nisbati qiymatlarining ichidan eng kichigi (maksimum yuklama koeffitsiyenti). (1) formulada PIV va Ri ning qiymatlari o‘rniga iste’molchining maksimal yuklamasidan foydalaniladi: Kri ning qiymatlari yuklamlarni maxsus o‘lchovlarining natijalari bo‘yicha yoki o‘tgan yilning nazorat kunlarida o‘tkazilgan o‘lchovlarning natijalari bo‘yicha belgilanadi va elektr ta’minoti shartnomasida qayd etiladi. 15. Mavsumiy iste’molchilar uchun (oktyabrdan martgacha bo‘lgan davrda ishlamaydigan) WQej ning oylar bo‘yicha qiymatlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi: WPj — ko‘rib chiqilayotgan oy uchun aktiv energiyaning iste’moli; tgφe.n. — normativ qiymat. 16. Elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvat va energiyani iste’molining hamda uni tizimning kam yuklamali soatlarida energiya tizimining tarmoqlariga generatsiya qilinishini texnikaviy chegaralarining qiymatlari quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi: WP IV — IV-chorakda iste’mol qilingan elektr energiyasi. 17. Iste’molchining minimal va maksimal sutkalik yuklamalarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda WQe ning iqtisodiy qiymatlarini hisoblab chiqish uslubiyoti. Hisob-kitoblar uchun dastlabki ma’lumotlar qilib quyidagilarning choraklik qiymatlari olinadi: sutkalik minimal reaktiv yuklamaning koeffitsiyentlari maksimal reaktiv yuklamadan foydalanish soatlarining soni QiP min i QiP max — elektr tarmoqlarining minimum va maksimum yuklamali soatlarida iste’molchining o‘rtacha yuklamalari. QiP min va QiP max qiymatlarini sutkalik nazorat o‘lchovining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlashga yo‘l qo‘yiladi. Agar kiminQ va TQi qiymatlari bo‘lmasa, ular aktiv yuklamalarning kiminP va T Pi qiymatlarining o‘xshash ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi: Ti chorakdagi soatlarning kalendar soni. kiminQ va TQi ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda ketma-ket quyidagilar aniqlanadi: reaktiv yuklamaning to‘ldirish koeffitsiyenti reaktiv yuklama grafigining shaklini tavsiflovchi parametr i-chorakda maksimal reaktiv yuklamadan foydalanish soatlarining soni, quyidagi formulalardan biri bo‘yicha iqtisodiy kompensatsiya qiymatiga muvofiq bo‘ladi: i-chorakning j-oyida reaktiv energiya iste’molining iqtisodiy qiymati QEi — (1) ifoda bo‘yicha aniqlanadigan qiymat. 1 va 2-jadvallarda uzatilayotgan aktiv va to‘liq quvvatning o‘zgarmas kattalikda reaktiv va to‘liq hamda reaktiv va aktiv toklarning cos ts ga qarab nisbatlari bo‘yicha aktiv energiyani iste’mol qilishdagi qayta hisob-kitoblarda foydalaniladigan ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, energiya ta’minoti tashkiloti yoki “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat tekshiruvini o‘tkazishda cosφ 1dan 0.8 gacha kamayganligi aniqlangan bo‘lsa, yo‘qotishlar 1/(0.8)2 = 1.56 barobar oshadi, va aksincha — ular 0.8 dan 1 gacha ko‘tarilgan bo‘lsa, tarmoqdagi quvvatning yo‘qotishlari 50 foizdan ko‘proq kamayadi. 1-jadval
Download 98,97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling