Rеаktоrlаrning issiqlik rеjimi. Izоtеrmik rаvishdа ishlоvchi rеаktоrlаr rеjа


Download 270.67 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi270.67 Kb.
#1447692
  1   2   3
Bog'liq
RЕАKTОRLАRNING ISSIQLIK RЕJIMI




RЕАKTОRLАRNING ISSIQLIK RЕJIMI. IZОTЕRMIK RАVISHDА ISHLОVCHI RЕАKTОRLАR
Rеjа:
1. Turli хil issiqlik mаrоmigа egа bo’lgаn rеаktоrlаr
2. Reaktorning issiqlik balansi.
3. Izоtеrmik mаrоm.


Tаyanch suzlаr:
Izоtеrmа, pоlitеrmа, аdiаbаtik, bаlаns kоnvеktik issiqlik, samaradorlik, tezlik konstantasi, izotermik, politermik, issiqlik balansi.


1. Turli хil issiqlik mаrоmigа egа bo’lgаn rеаktоrlаr

SHu paytga qadar turli xil reaktorlarning tavsifiy tenglamalarini tuzishda xaroratning ta’siri xisobga olinmagan edi, ya’ni shartli ravishda reaktorlar izotermik sharoitda (doimiy bir xil xaroratda) ishlaydilar deb xisoblanardi.


Ammo, xarorat kimyoviy jarayonlarning statistikasi, kinetikasi va tanlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun amalda jarayonlarning yuqori samaradorligini ta’minlash maqsadida reaktorlarda ma’lum bir xarorat maromi yaratiladi.
Reaktorlarning xarorat ta’sirini xisobga olgan xolda ishning tenglamasi moddiy balans tenglamasidan shu shart bilan keltirib chiqariladiki, ushbu tenglamada tezlik konstantasi xarorat funktsiyasi bo’ladi:
K=K0 l-Е/RT
Lykin, bu xolda reaktsiyaga kirishayotgan aralashmaning xarorati ko’pgina murakkab o’zgaruvchilarning funktsiyasi bo’lganligi uchun, bunday differentsial tenglamalarni integrallash juda qiyin. SHu tufayli, amalda xar turdagi reaktorlarning xar biri uchun issiqlik balansi tenglamasi tuziladi, so’ngra ushbu tenglamalarga moddiy balansdan kerakli ko’rsatkichlar kiritiladi.
Avval ko’rsatib o’tilganidek, reaktorlar uch xil issiqlik maromida ishlashlari mumkin: adiabatik, izotermik va politermik.
Adiabatik maromda reaktorda tashqi muxit bilan issiqlik almashinish yuq va kimyoviy reaktsiya natijasida ajralib chiqqan ekzotermik issiqlik reaktsiyaga kirishayotgan aralashmaning xaroratini o’zgartirishga sarflanadi.
Izotermik maromda issiqlik kiritish yoki issiqlik chiqarish yo’li bilan reaktorda xarorat doimiy ushlab turiladi.
Politermik maromda reaktsiya xarorati o’zgarib turadi. Reaktorga issiqlik kiritilishi xam, chiqarilishi xam mumkin.
Adiabatik va izotermik maromlar o’ta mukammal xodisalar xisoblanib, amalda deyarli uchramaydi. Lyokin, sanoatda ishlatiladigan ko’pgina reaktorning ish maromi ba’zi bir o’zgarishlar kiritilgan xolda, etarli yuqori darajada ushbu mukammal ish maromiga yaqinlashishi mumkin.



Download 270.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling