Real Education ona tili


Download 34.19 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi34.19 Kb.
#1006601
  1   2   3
Bog'liq
MAJBURIY 06.06.2021


Real_Education

ONA TILI

1. Hikmatillo bu xazilkash yigitchaning puchiq bo`lsa ham, alla qanday yoqimtoy chexrasiga qarab turibdi (O.Yoqubov) Ushbu gapda nechta so`z imlo jihatdan xato yozilgan?


A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
2. Ahmadali eshikdan tomdan tarasha tushganday kirib keldi. Berilgan gapda ibora qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan? A) kesim B) ega C) aniqlovchi D) hol
3. Men kirib suhbatlaringizga xalal berdim, shekilli? Quyidagi gapda qaysi so`z turkumlari ishtirok etgan?
A) olmosh, fe`l, ot, fe`l, kirish so`z
B) olmosh, fe`l, ot, ot, fe`l, modal
C) olmosh, fe`l, ot, fe`l, modal
D) ot, fe`l, ot, fe`l, modal

4. Qaysi javobda “esi chiqib ketmoq” iborasining ma`nosi to`g`ri izohlangan?


A) aqlidan ayrilmoq B) shoshilib qolmoq
C) nihoyatda qattiq qo`rqmoq D) unutib qo`ymoq

5. Sizdan talab shuki, vaqtni qadriga yetishingiz, uni behuda o`tkazmasligingiz lozim. Ushbu gapda qaysi kelishik qo`shimchasi uslubiy jihatdan xato qo`llangan?


A) jo`nalish kelishigi B) tushum kelishigi
C) qaratqich kelishigi D) chiqish kelishigi

6. Boʻgʻiz undoshi xato qoʻllangan soʻz qaysi javobda uchraydi?


A) Qizlaringizni jerkiysiz, soʻkasiz, goyi mahallar urasiz ham.
B) Xoʻsh, nima uchun Toʻlani yumshoq paxtaga oʻrab, poʻpalaysiz? (M. Ismoiliy)
C) Tirikchiligimiz avval qanday boʻlsa, hozir xam shunday. (Obek)
D) Urganch shahriga ilgari faqat tuya karvonlari bilan borilar edi. (“Toshkent oqshomi”)

7. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping.


A) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi.
(M. Ismoiliy)
B) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad.
C) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol)
D) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor)

8. Qaysi gap tarkibidagi lavozim bildiruvchi so`z bugungi tilizda ham qo`llaniladi?


A) Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko`zdan kechirdi.
B) Qo`rboshi darbozaning o`ng tarafiga qarab yurdi.
C) Toshkent hokimi bo`lgan Azizbek Qo`qonga qarshi bosh ko`targan.
D) O`tabboy qushbegi hozirgina ichkari o`rdadan qaytib chiqqan edi.

9. Bog`langan qo`shma gap berilgan javobni toping?


A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.
B) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi.
C) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
D) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammo xiyonatni kechirib bo`lmaydi.

10. Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq, g‘a-g‘a, g‘iyq. Ushbu soʻzlarning soʻz turkumini toping.


A) modal C) sifat C) taqlid D) undov

11. Qator undosh qaysi gapda mavjud emas?


A) Okopda yashirinib yotgan bir fashist avtomatdan oʻq yogʻdirib, Haydarni yarador qildi. (Sh. Rashidov)
B) Unga shunday “musulmonobod” kunlarni va᾽da qilgan Xolxoʻja qoʻrboshi togʻ orasiga pisib, qafasga tushgan boʻridek boʻlib qoldi.
C) Qadr bilmas qarindoshdan, qadring bilgan yot yaxshi. (Maqol)
D) Traktor qalbining har bir «gup-gupi», Tomir urishidir yetti yillikning. (J. Jabborov)

12. Qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z mavjud emas?


A) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi.
B) Qizning atlas ko`ylagi o`ziga juda yarashgan edi.
C) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko`z oldimda charx urayotir…
D) Bu ishni ko`ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak.

13. Qaysi javobda berilgan so`zlar ot so`z turkumiga mansub?


A) musicha, ko`ylak, bola, shoir
B) tog`a, hamma, Shirin, tepa
C) barcha, katta, olim, ko`p
D) bobo, qarmoq, nima, kun

14. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi?


A) ot B) sifat C) ravish D) fe`l

15. Oz gapirmoq hikmatga sabab // oz yemoq – sog'liqqa sabab.


// belgisi oʻrniga qanday tinish belgisi qoʻyiladi?
A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul



Download 34.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling