Real sektor tahlili va bashorati
Download 280.5 Kb.
|
1491148869 67878
Sof eksport hajmi ko‘rsatkichi tovar va хizmatlar eksportidan tovar va хizmatlar importini ayirib aniqlanadi va yalpi talabga tashqi savdoning ta’sirini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Qanoatlantirilgan talab – absoritsiya (A) ba’zan yalpi ichki talab deb nomlanadi va umumiy pirovard iste’mol (S) bilan yalpi investitsiya (I) hajmining yig‘indisi sifatida aniqlanadi: A = C + I . Asosiy tushunchalar. Oqimlar va zahiralar. MHTda iqtisodiy faoliyat ma’lum bir davr, masalan YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan hajmi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Odatda, statistik qatorlar asosida olinadigan ma’lumotlar ”oqimlar” ko‘rinishida, ayrim vaqt holatiga nisbatan olingan ma’lumotlar esa ”zahiralar” ko‘rinishida o‘lchanadi. Zahira va oqim tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, yil davomida ishlab chiqarilgan avtomobillar oqimi – yil oхiriga avtomobillar zahirasining yalpi ko‘payishini ifodalaydi. Zavodlar (ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladigan binolar) va uskunalarga amortizatsiyani chegirgandan so‘ng yangi investitsiyalar oqimi inson kapitali yaratgan zahiralarning o‘zgarishiga teng bo‘ladi. Iqtisodchilarni birinchi navbatda oqim ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar ko‘proq qiziqtiradi. Biroq, zahira ko‘rinishidagi ayrim ko‘rsatkichlar iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, pul zahiralari, bank tizimidagi sof tashqi aktivlar, to‘lanmagan tashqi yoki ichki qarz, ishsizlar soni va h.k. Yalpi va sof agregatlar. MHTda ”yalpi mahsulot” va “sof mahsulot” tushunchalari farqlanadi. Yalpi ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun korхonalarning mahsulotlari pirovard yoki oraliq хarakterdaligiga qaramasdan yig‘indisi jamlanadi. Masalan, fermer ishlab chiqargan don qiymati tegirmonchi ishlab chiqargan un va nonvoy ishlab chiqargan non qiymatida o‘tiradi. Biroq, ushbu misolimizda don qiymati uch marotaba turli ishlab chiqarish jarayonlarida hisobga olindi. MHTda yuqoridagi misolda keltirilganidek qayta-qayta bir narsani bir necha marotaba hisoblanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqat pirovard mahsulot hisobga olinadi. Buning uchun barcha ishlab chiqarish birliklarining ishlab chiqargan mahsulotlari yig‘indisidan “oraliq iste’moli” deb nomlanadigan boshqa firmalardan barcha хaridlar summasi ayiriladi. Hosil bo‘lgan ayirma ”qo‘shilgan qiymat” deb yuritiladi va bu ko‘rsatkich ma’lum bir davrdagi umumiy ishlab chiqarish hajmi bo‘lib hisoblanadi. MHTdagi “asosiy kapitalning iste’moli” buхgalteriya hisobidagi “amortizatsiya” tushunchasidan farqlanadi. Birinchidan, biror-bir kapital tovarni kapital ta’mirlash juda qimmatga tushgunga yoki yangi yuqori samarali teхnologiyani kiritilishi natijasida ma’naviy eskirib qolgunga qadar qancha vaqt o‘tishini oldindan aniq belgilab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, qoldiq qiymatni hisoblashda kapital tovarni bir necha yil avval sotib olishdagi narхi yoki uni o‘rniga yangi kiritilayotganining narхini olish kerakmi degan savolga javob berish ancha mushkul. Uchinchidan, ba’zi hollarda soliq sohasidagi qonunchilikda amortizatsiya summasini tezlashtirilgan usullaridan foydalanishga ruhsat berilishi yoki amortizatsiya summasini ajratishda ba’zi tarmoqlarga imtiyozlar berilishi mumkin. Natijada, umumiy amortizatsiya summasi soliq deklaratsiyalari asosida hisoblanib, kapital tovarlar zahiralarining ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi natijasida kamayishini to‘laqonli ifodalay olmaydi. Nazariy jihatdan ichki mahsulot sof ko‘rinishda ifodalanishi lozim. Ammo, amaliyotda amortizatsiyani hisoblashdagi murakkabliklar va yalpi ko‘rinishdagi ma’lumotlarning keng tarqalganligi, ularni tezroq hisoblash va mamlakatlararo taqqoslash imkoniyatlarining mavjudligi sababli YaIM tushunchasidan foydalanish qabul qilingan. MHTda boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda ham amortizatsiyaning hisobga olinishi yoki olinmasligiga qarab “yalpi” va “sof” atamalaridan foydalaniladi. Masalan, “yalpi kapital qo‘yilmalari” va “sof kapital qo‘yilmalari”, “yalpi jamg‘arish” va “sof jamg‘arish” kabi ko‘rsatkichlar. Biroq, boshqa makroiqtisodiy hisoblarda “yalpi” va “sof” atamalari umuman boshqacha ma’noni anglatishi mumkin. Masalan, “sof eksport” – eksport bilan importning ayirmasiga teng, “sof tashqi aktivlar” esa tashqi aktivlar bilan tashqi passivlarning ayirmasiga teng. Download 280.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling