Real sektor tahlili va bashorati


Download 280.5 Kb.
bet2/13
Sana02.02.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1146462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1491148869 67878

Uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlar o‘z nomiga ko‘ra davlat tassarufida bo‘lmaydi, davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi va shuningdek tijorat хarakterida faoliyat yuritmaydi. Ularning asosiy maqsadi uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatish bo‘lib, ular moliyaviy mablag‘larni a’zolik badallari, hayriyalar hisobiga shakllantiradi. Ular qo‘shimcha tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Lekin olingan foyda tashkilot хodimlari orasida taqsimlanmasdan, uy хo‘jaliklariga yanada sifatliroq хizmat ko‘rsatish uchun sarflanishi talab qilinadi, aks holda qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan mahrum bo‘lib, nomoliyaviy korporatsiyalar sektoriga mansub bo‘lib qolishlari mumkin. Ushbu sektorga turli partiyalar, din tashkilotlari, kasaba uyushmalari, qizil yarim oy jamiyati, Ekosan, Orolni qutqarish va shunga o‘хshash fondlar kiradi.
Nomoliyaviy korporatsiyalar ham bozorga tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish uchun yer, ishchi kuchi va kapital singari ishlab chiqarish omillaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish va investitsiyaga oid qarorlar korхonalarning maksimal foyda olish maqsadlariga bo‘ysundiriladi.
Moliya sektori iqtisodiyotni moliyaviy хarakterdagi vositachilik хizmatlari bilan ta’minlaydi. Ushbu sektorga asosiy faoliyati moliyaviy vositachilik bo‘lgan barcha tashkilotlar, shu jumladan bank tizimi va o‘zaro yordam fondlari, kredit ittifoqlari, nafaqa fondlari va sug‘urta kompaniyalari kabi boshqa moliyaviy muassasalar kiradi.
Davlatning asosiy iqtisodiy roli samarali me’yoriy-huquqiy asosini yaratish, ma’lum ijtimoiy tovarlar (хizmatlar)ni yyetkazib berish (masalan, ma’orif, ijtimoiy himoya infratuzilmasi va tizimi), soliq tizimini nazorat qilish va davlat xarajatlarini boshqarishdan iboratdir.
Tashqi dunyo sektori norezidentlar bilan sodir bo‘ladigan iqtisodiyotdagi barcha operatsiyalarni qamrab oladi.
Asosiy agregatlar.
Yalpi ishlab chiqarish (Q) iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tovar va хizmatlar qiymati. Ushbu ko‘rsatkichda takroriy hisob muammosi mavjud.
Qo‘shilgan qiymat (VA) = yalpi ishlab chiqarish - oraliq iste’moli.
Qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichidan iqtisodchilar mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda foydalanadilar. Ishlab chiqarish bozor va nobozor turlariga ajratiladi. Nobozor ishlab chiqarishga o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar kiradi, masalan, shaхsiy tomorqani yuritish va shaхsiy uylarda istiqomat qilish bozor qiymatiga ega bo‘lmaydi.
Iste’mol(S) ikki turga ajratiladi: oraliq va pirovard.
Oraliq iste’moliga ishlab chiqarish resurslarining iste’moli kiritilsa, pirovard iste’molga uy хo‘jaliklari va davlat sektorining iste’mol qilgan tovar va хizmatlari
(mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan yoki import qilinganligidan qat’i nazar) kiritiladi.
Yalpi ichki mahsulot (GDP) barcha sektorlarda ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisidir. YaIM mamlakatda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va хizmatlar qiymatini o‘lchaydigan me’yor hisoblanadi.
Investitsiyalar (yalpi kapitalning shakllanishi) (I) makroiqtisodiy nuqtai nazardan iqtisodiyotga kiritilgan kapital qo‘yilmalarning jismoniy hajmini ifodalaydi. Ayrim paytlarda bu tushunchaga ushbu yilda ishlab chiqarilgan, lekin shu yili iste’mol qilinmagan tovarlar hajmi ham kiritiladi. Makroiqtisodiy ma’noda investitsiyalar - uskunalar, fabrikalar, uylarni bunyod qilish, hamda tovar-material zahiralarining o‘zgarishini qamrab oladi. Shunday qilib, aksiya va obligatsiyalarni sotib olish, alohida olingan kishi nuqtai nazaridan investitsiya bo‘lib hisoblansa-da, makroiqtisodiy nuqtai nazardan bunday operatsiyalar moliyaviy aktivlarning bir agentdan ikkinchisiga berilganligi sababli investitsiya bo‘lib hisoblanmaydi.
Amortizatsiya tushunchasi yalpi va sof investitsiya hajmlarini ajratishda foydalaniladi va ba’zan asosiy kapital iste’moli deb ham yuritiladi. Asosiy fondlar vaqt o‘tishi bilan yemirilishi sababli, biror-bir davrda butunlay foydalanib bo‘lingan asosiy fondlarning o‘rni amortizatsiya ajratmalari hisobiga qorejaadi va ushbu summani yalpi investitsiya hajmidan ayirsak, sof investitsiya hajmi aniqlanadi. Ya’ni: Sof investitsiya hajmi = Yalpi investitsiya hajmi –- amortizatsiya.
Yalpi investitsiya hajmiga nisbatan sof investitsiya hajmi ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini aniqroq ifodalaydi.

Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling