Real sektorda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bajardi: Xakimova Dilnavoz
Download 1.31 Mb.
|
Taqdimot (2)
O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi transportning barcha turlari – temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) daryo, truboprovod transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transport – temir yo’l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan. 3-jadval Iqtisodiyotning real sektori asosiy tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, % 2000 -y. 2010-y. 2011-y. Iqtisodiyotning real sektorining asosiy tarmoqlari, 58,0 62,8 60,0 shulardan: Sanoat 14,2 21,1 22,3 qishloq xo’jaligi 30,1 26,3 19,4 Qurilish 6,0 4,8 5,6 transport va aloqa 7,7 10,6 12,7 boshqa tarmoqlar 42,0 37,2 40,0 Manba: Yillik statistik to’plam. 2011. – Toshkent, 2012, 33 b; Uzbekistan v tsifrax. 2012. – Tashkent, 2012, s.31. O’zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq real sektor korxonalarini rivojlantirish borasida chuqur islohotlar olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” nomli asarida “O’zak tarmoqlarni rivojlantirish O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti” ekanligi va ularni taraqqiy ettirish butun iqtisodiyotning jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos va qulay sharoit yaratishi, ta’kidlab o’tilgan. Mustaqillik davrida “milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosini” tashkil etdi38. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg’i – energetika resurslari, iste’mol va oziq- ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi. Iqtisodiyot real sektori tarmoqlari va korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida juda katta o’ringa ega ekanligi, barqaror iqtisodiy o’sish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlanishi ko’p jihatdan ularning taraqqiy etishi bilan bog’liq ekanligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqol namoyon bo’ldi.Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling