Real suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave-Stoks tenglamasi
Download 10.22 Kb.
|
(Elmurodov) Nave-Stoks
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave-Stoks tenglamasi
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYE R FILIALI NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI 105-21-NMKT GURUH TALABASI ELMURODOV ZAFARNING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI Fan o‘qituvchisi: Reja:
Real suyuqliklarda gidrodinamik bosim mavjud bo`lib, harakat yo`q bo`lgan holda u gidrostatik bosimga aylanadi. Gidrodinamik bosimning xossalari gidrostatik bosim xossalariga qaraganda umumiyroqdir. Gidrodinamik bosim suyuqlikdagi ichki kuchlarni ifodalovchi va zo`riqish kuchlari deb ataluvchi kuchlar tarkibiga kiradi. Suyuqlik ichida joylashgan biror elementar hajmni kuzatsak, unga tashqaridagi suyuqlik massasi ma'lum bir kuch bilan ta'sir qiladi.Ana shu kuch zo`riqish kuchi deyiladi. Bu kuchni to`laroq ko`z oldimizga keltirish uchun tomonlari dx, dy, dz ga teng bo`lgan tetraedr ko`rinishidagi elementar hajm ajratib olamiz (3.7-rasm).Real suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave-Stoks tenglamasi U holda tetraedrning qiya sirtiga tashqaridagi suyuqlik pn kuch bilan ta'sir qiladi. Olingan elementar hajm harakat vaqtida o`z holatini saqlashi uchun unga teng ta'sir etuvchisi pn kuchiga teng va qarama qarshi yo`nalgan quyidagi uchta kuch ta'sir qiladi: tetraedrning yOz tekislikda yotgan yuzasi bo`yicha p x kuchi, xOz tekisligida yotgan yuzasi bo`yicha pz kuchi.
Bu kuchlardan uchtasi pxx, pyy,, pzz tetraedr yon sirtlariga normal bo`yicha yo`nalgan bo`lib, ular zo`riqish tenzorining normal tashkil etuvchilari deyiladi. Tenzorning qolgan oltita tashkil etuvchisi sirtlarga urinma bo`yicha yo`nalgan bo`lib, zo`riqish tenzorining urinma tashkil etuvchilari deyiladi. Urinma tashkil etuvchilar quyidagi xossaga ega bo`ladi: pxy pyx; pxz pzx; pyz pzy Shuning uchun, p tenzori simmetrik tenzor deb ataladi. Bu xossaning isboti maxsus kurslarda keltirilgan bo`lib, biz u to`g`risida to`xtalib o`tirmaymiz. Shuningdek, tenzorning komponentlarini tushuntirishlarsiz, tezlik va qovushqoqlik koeffitsiyenti orqali ifodasini keltiramiz: Download 10.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling