Real-time system
Download 252.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqfirvads eng zori25
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2,75 G (EDGE)
2,5G (GPRS)
1997-yilda uyali tarmoqlar va ularning axborot uzatishda qo‘llanilishi haqidagi tasavvurni ostin-ustun qilib yuborgan GPRS texnologiyasi paydo bo‘ldi. U axborot uzatishni uzluksiz amalga oshirish imkonini berdi. Hech qanday qo‘ng‘iroqlarsiz 1 soniyada 100 kbit (nazariy) yoki 56 kbit (amalda) tezlik mumkin bo‘ldi. Uyali aloqa operatorlari liniya band bo‘lgan vaqt emas, trafik bo‘yicha tarif belgilaydigan bo‘ldi. Axborot uzatish tezligi – 56 kbit/sek Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – deyarli 10 daqiqa 2,75 G (EDGE) Keyinroq yana bir standart – EDGE paydo bo‘lib, operatorlar uchun 2,5G ni mukammallashtirishning arzon usuli bo‘lib xizmat qildi. Axborot uzatish tezligi – 236 kbit/sek Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 2 daqiqa 3G (UMTS) 2G va 3G texnologiyalari orasida ovozli aloqa sifatida farq yo‘q. Biroq, uchinchi avlod tarmoqlarining kengaytirilishi natijasida uyali aloqa operatorlari avval mavjud bo‘lmagan qator xizmatlar, jumladan videoqo‘ng‘iroq va mobil TV xizmatlarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi. Axborot uzatish tezligi – 384 kbit/sek Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 1,5 daqiqa 3,5G HSDPA va HSUPA — UMTS tarmog‘iga ustqurma texnologiyalar axborot tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Axborot uzatish tezligi – 14,4 Mbit/sek Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 3 soniya 3,75G HSPA+ — HSDPA/HSUPA texnologiyalarining takomillashtirilgan ko‘rinishidir. Axborot uzatish tezligi – 1 soniyada 42,2 Mbitgacha Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – bir soniyadan ham kam Yaqindagina Ucell mobil operatori ushbu texnologiyani Toshkent va Samarqandda ishga tushirdi. Kelajakda kompaniya ushbu xizmat ko‘rsatilgan hududlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda. 4G Hozirgi vaqtda qaysi texnologiyalarning to‘rtinchi avlodga tegishli ekanligi to‘g‘risida ko‘plab munozaralar bo‘lmoqda. WiMAX va LTE ushbu nom uchun asosiy nomzodlar bo‘lib qolmoqda. HSPA+ ham xuddi ularning xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi tufayli, u keyingi nomzoddir. Ayni paytda Ucell va Beeline aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod tarmog‘ini sinov rejimida ishga tushirgan. Axborot uzatish tezligi – 100 Mbit/sek Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – yarim soniya Aziz mushtariylar, barchangizga tezkor internet tilab qolamiz. WiMAX va LTE texnologiyalari barchamizga nasib qilsin. Hammamizning internetimiz uchsin! :) Download 252.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling