Real vaqt rejimida ishlovchi audio tarjimonlar tahlili


Download 421.02 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi421.02 Kb.
#1581273
  1   2   3   4   5
Bog'liq
YANGI


REAL VAQT REJIMIDA ISHLOVCHI AUDIO TARJIMONLAR TAHLILI
Annotatsiya:Ushbu maqolada biz audio tarjima texnologiyalarini tahlili, ularning hozirgi kundagi ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi raqobatni va audio tarjimonlarga bo’lgan talablarni ortib borayotganligining tahlilini Google va Yandex kompaniyalarining Sun’iy intelekt orqali tarjima sohasida olib borayotgan samarali izlanishlari misolida ko’rib chiqamiz. Bundan tashqari o’zbek tili dan boshqa xorijiy tillarga tarjima tizimini takomillashtirish bo’yicha quyidagi qilingan tahlillar natijasida olinayotgan xulosalarni tadbiq etamiz.
Kalit so’zlar: speech to text, text to speech, pyaudio, google-trans-new, gTTS,
Playsound, ISO-639 code, AI, ChatGPT, Meta, dataset, o’zbek, turk, ingliz.
Kirish.
Ingliz, rus yoki ispan tillarini tushunadigan odamlar uchun bugungi kundagi mobil ilovalar va veb-vositalar bizga kerak bo'lgan tarjima texnologiyasini allaqachon taqdim etgandek tuyulishi mumkin. Ammo milliardlab odamlar bu imkoniyatdan foydalana olishmaydi. Internetda tarjimaga oid ma'lumotlar yo’qligi yoki juda ham ozligi zamonaviy Sun’iy intelekt tarjima (MT) tizimlari hali ham katta hajmdagi matn va ovoz maʼlumotlari bilan ishlashi kerakligini anglatadi. Bunday til muammolarini bartaraf etish, dolzarb mavzu hisoblanib buni yechimi milliardlab odamlarga o'z ona tillarida yoki afzal ko'rgan tillarida internet ma'lumotlaridan foydalanish, shunindek boshqa tilga mansub insonlar bilan muloqot qilish va dunyo qarashlarini oshirish imkonini beradi. Tasavvur qiling, bozorda turli tillarda so'zlashuvchi odamlar telefon, soat yoki ko'zoynak kabi gajetlar yordamida real vaqt rejimida bir-birlari bilan muloqot qilishlarini tasavvur qiling. Yoki dunyodagi har kim o'zi xohlagan tilda foydalanishi mumkin bo'lgan internetdagi multimedia kontentlaridan, audio kitoblardan foydalanish yoki ish loyihalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochib beradi.Bundan tashqari Tibbiyot tizimlarida bunday loyihalar eng yaxshi texnologiyalardan biri bo’lishi sir emas albatta. Oddiygina misol: O’zbekistonlik yosh dasturchilar Sun’iy Intelekt asosida Tez yordamga kelib tushadigan so’rovlarni (Inson Ovozlarini) tanib uni qayd qiladigan loyiha yaratishdi. Garchi bu loyiha tarjima tizimi bo’lmasada lekin loyihaning matematk modeli deyarli bir xil hisoblanadi. Albatta ushbu imkoniyatlarning barchasi insonlarning manfaati yo’lida xizmat qiladi va turmush tarzimizdagi ba’zi kamchiliklarni bartaraf etishda ko’makchi bo’ladi.



Download 421.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling