Yandex Browser ning rasm, video, jonli efir to’g’ridan to’g’ri tarjima qiluvchi texnologiyasi. U qanday ishlaydi? va boshqa tarjimonlardan qanday farq qiladi?
Yaqin yillar mobaynida Yadex kompaniyasi ham Sun’iy intelekt sohasining tarjima bo’limidagi o’zining Yandex Translate texnologiyasi yaratdi va uni kundan kunga rivojlantirish ustida yangidan yangi izlanishlar olib bormoqda.Yangi qurilmalar haqidagi e'lonlar, sport musobaqalari, ilhomlantiruvchi kosmik parvozlar, sport xabarlari, siyosiy xabarlar, va boshqa kontentlarni endi Yandex Browser yordamida o’zingiz xohlagan tilingizda ko'rishingiz, eshitishingiz va o’qishingiz mumkin. Bundan tashqari ayrim YouTube kanallari uchun ovoz berish imkoniyati ham, mavjud va kelajakda, istalgan YouTube translyatsiyasida dublyajni yoqish imkoniyati ham paydo bo’lishi kutilmoqda. Albatta buni amalga oshirish uchun butun tizimni qayta qurishni amalga oshirish kerak bo’ladi.
Patokli tarjimalar qanday ishlaydi?
Jonli efirdagi videoni tarjima qilish muhandislik nuqtai nazaridan juda qiyin vazifa hisoblanadi. Bu erda ikkita qarama-qarshi talab mavjud. Bir tomondan, neyron tarmoq iboraning kontekstini tushunishi uchun bir vaqtning o'zida modelga iloji boricha ko'proq matnni uzatishi kerak. Boshqa tomondan, kechikishni minimal darajaga tushirish kerak, aks holda "jonli efir"dagi tarjimada ancha kechikishlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun, iloji boricha tarjima qilish vaqtini kamaytirish kerak.
Agar patokli tarjima tamoyilini qisqacha tavsiflab beradigan bo'lsak, u beshta modelga asoslanadi. Bitta neyron tarmoq audio nutqni tanib oladi va uni matnga aylantiradi. Ikkinchisi so’zlovchining jinsini aniqlaydi, uchinchisi matnni jumlalarga ajratadi, tinish belgilarini qo'yadi va matndan to'liq fikrni o'z ichiga olgan qismlarni tanlaydi. To'rtinchi neyron tarmoq olingan qismlarni tarjima qiladi va beshinchisi nutqni sintez qiladi. Bu tizim oddiy ko'rinishi mumkin albatta, lekin jarayon ichida ichida juda ko'plab mehnat va mashaqqat mavjud. Keling, jarayonni batafsil ko'rib chiqaylik.
Birinchi qadam, jonli translatsiyada aniq nima aytilganini tushunish, shuningdek, so'zlar qaysi nuqtada aytilganligini aniqlashdir.Biz nafaqat nutqni tarjima qilamiz, balki kerakli daqiqalarda natijani videoga mos ravishda qaytaramiz.
audio qismlar ketma-ketligi
Do'stlaringiz bilan baham: |