1) yetarli darajada ovqatlanish va
2) oziq-ovqatning vitaminga boy turlarini iste'mol qilish kerak.
Asosiy ovqatlar deganda non, guruch, makarondan tayyorlangan ovqatlarni tushunish kerak. Siz bu narsalarni yeganingizda qorningiz to'yadi. Lekin bu sizni mehnat qilishingiz, sog'lom yurishingiz, agar homilador yoki emizikli bo'lsangiz bolangiz uchun yetarli emas. Siz har kuni ovqatingizga sut, qatiq, tuxum, go'sht (agar bularga pulingiz yetmasa, ko'katlar, mosh, loviya, no'xat) qo'shib pishirishingiz kerak. Agar siz bir xil turdagi ovqatlarni yesangiz bu sizning sog'ligingiz uchun yetarli bo'lmaydi; shuning uchun kaloriyali, vitamin va mineral tuzlarga boy bo'lgan turli xildagi ovqatlarni yeyishingiz kerak.
To'g'ri ovqatlanmasa quyidagi ta'sirlar ko'rinadi:
· odatdagi oddiy kasalliklar va infeksiyalar ularda uzoqroq va og'irroq kechadi.
· tananing kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati (ayniqsa infeksiyalarga) susayadi.
· aqliy va jismoniy rivojlanishiga yomon ta'sir qiladi.
· kamqonlik kasalini keltirib chiqaradi.
· agar ovqatda vitaminlar yetarli bo'lmaganda lab burchaklarida bichilish paydo bo'ladi.
Yuqoriga qaytish
Agar boshingiz og'risa...
Yong`oqning toza qobig`i xina bilan aralashtirilib, boshga surtilsa, og`riqni qoldiradi.
Oshqovoqni xomligida hidlang yoki suvini quloqqa tomizing.
Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab, ichib tursangiz miya va bosh og`rig`ini qoldiradi
Boshi og`rigan kishi boshiga atirgul yog`ini surkash kerak. Shunda u yaxshi davo bo`ladi.
Nahorda hech narsa yemasdan yantoq suvini boshga tomizsangiz va bir soatdan so`ng binafsha yog`idan burunga tomizilsa, bosh og`rig`idan qutulasiz.
4-5 misqol xina gulini 75 misqol asal va suv bilan ichsangiz, bosh og`rig`idan qutilasiz.
Boshingiz gangib og`rishi kamqonlikdan bo`lsa, u holda olma, behi, uzum, bodomni qand bilan istemol qilish , novvotli choy ichish dardni yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |