Копировать – Nusxa olish buyrug`i piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko`rsatkichi ob`ekt tanlash rejimiga o`tadi va «Выберите объекты:» - Ob`ektlarni tanlang: axborotini beradi.
Ob`ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Sichqoncha o`ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.
Ekranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ degan axborot chiqadi. I usuldagi kabi amallar ketma-ketligi bajariladi.
III usul:
Ob`ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Sichqoncha o`ng tugmasi yordamida kontekst menu chaqiriladi.
K ontekst menudan kerakli band «Копировать» yoki «Копировать с базовой точкой» tanlanadi. «Копировать с базовой точкой» bandi tanlansa bazaviy nuqta ko`rsatilishi shart.
Sichqoncha o`ng tugmasi yordamida yana kontekst menu chaqiriladi.
Undagi «Вставить» yoki «Вставить как блок» bandlaridagi shartlardan biri tanlanadi va ob`yekt sichqoncha chap tugmasi yordamida o`rnatiladi.
Izoh: Takroran shu ob`yekt yana o`rnatilishi kerak bolsa, kontekst menu chaqirilib «Вставить» yoki «Вставить как блок» bandi tanlanadi.
Зеркало – Oyna buyrug`i
U shbu tahrirlash buyrug`i ob`ektni teskari aks tasvirlashni nazarda tutadi.
Shuni aytib o`tish joizki teskari aks tasvirlashda ma`lum bir o`qni ko`rsatish talab etiladi va ob`yekt (ob`yektlar) shu o`qga nisbatan aks tasvirlanadi. Aks tasvirlovchi o`qning ikkita nuqtasi ko`rsatilib, ob`yekt (ob`yektlar)ning barcha nuqtalari shu o`qga nisbatan qancha masofada joylashgan bo`lsa, teskari tomonga ham shuncha masofada joylashadi.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul:
Ob`ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |