Удлинить – Uzaytirish buyrug`i
« Удлинить» - Uzaytirish tahrirlash buyrug`i ob`yekt yoki ob`yektlarni boshqa bir chegara ob`yekt yoki ob`yektlargacha uzaytirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Uzaytiruvchi chegara ob`yekt yoki to`g`ri chiziq tanlanadi.
Tahrirlash panelidan «Удлинить» - Uzaytirish buyrug`i tanlanadi.
Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yektlarni tanlash rejimiga o`tadi.
Uzaytiriladigan ob`yektlar sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.
Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug`i
U shbu tahrirlash buyrug`i ob`yektni bitta nuqtada uzib ikkita ob`yekt hosil qilishni nazarda tutadi. Tahrirlash buyrug`i aylana va ellipslardan boshqa barcha ob`yektlarni ikkita ob`yektga ajrata oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать в точке» - Bitta nuqtada uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
S ichqoncha ko`rsatkichi ob`yektlarni tanlash rejimiga o`tadi.
Uziladigan ob`yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
S ichqoncha ko`rsatkichi yordamida ob`yektning uzilish nuqtasi tanlanadi.
Ob`yekt ikkita aloxida ob`yeftga bo`linadi.
Разорвать – Uzish buyrug`i
T ahrirlash buyrug`i ob`yektda uzilish hosil qiladi. Ya`ni ikkita nuqtada uzib oraliq ob`yektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash buyrug`i barcha ob`yektlarda uzilish hosil qila oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать» - Uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yektlarni tanlash rejimiga o`tadi.
Ob`yektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi.
Ob`yektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.
Izoh: Aylana va ellipslarda uzilish hosil qilishda soat strelkasiga teskari yo`nalish e`tiborga olinishi lozim. Ya`ni birinchi nuqta tanlangandan so`ng ikkinchi nuqtagacha bo`lgan oraliqdagi yoy soat strelkasiga teskari yo`nalishda yo`qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |