«Число элементов:» - Elementlar soni.
«Угол заполнения:» - To`ldirish burchagi.
«Угол между элементами:» - Elementlar orasidagi burchak.
To`ldirish burchagi va Elementlar orasidagi burchak oynachalari qiymat asosida kiritishdan tashqari ko`rsatkich tugmalarga ham egaki, ular yordamida qiymat kiritilmasdan bevosita sichqoncha yordamida ekrandan kerakli burchak nuqtasi tanlanishi mumkin va u qiymat sifatida qabul qilinadi.
Yasash usuli bandining tanlangan sharti asosida kerakli qiymatlar kiritiladi.
«Поворачивать элементы массива» - Massiv elementlarini burish bandi tanlansa belgi olib tashlanadi. Takroran ushbu band tanlansa belgi qaytib o`rnatiladi. Bu band massiv elementlarini markaziy oqga nisbatan burishni nazarda tutadi.
Barcha amallar “OK” tugmasi bilan tasdiqlanishi yoki «Просмотр» - Namoyish tugmasi orqali ko`rib chiqilishi mumkin.
Перенести – Ko`chirish buyrug`i
U shbu buyruq tugmasi ob`yektlarni tuzilishini o`zgartirmasdan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul:
Ob`yekt (Ob`yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko`chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.
Sichqoncha yordamida ob`yekt (ob`yektlar)ning biron bir nuqtasi ko`chirish uchun asos qilib tanlanadi.
Tanlangan nuqta asosida ob`yekt boshqa nuqtaga ko`chiriladi va sichqoncha yordamida o`rnatiladi.
II usul:
Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko`chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yekt tanlash rejimiga o`tadi.
Ob`yekt (ob`yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Ekranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.
Sichqoncha yordamida ob`yekt (ob`yektlar)ning biron bir nuqtasi ko`chirish uchun asos qilib tanlanadi.
Tanlangan nuqta asosida ob`yekt boshqa nuqtaga ko`chiriladi va sichqoncha yordamida o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |