Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
162
Hozirgi kunda bastakorlarimizdan O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Aliyev, Oʻzbekiston 
va Qoraqolpogiston xalq artisti Abduxoshim Ismoilov, Ortiq Otajonov, Sultonali Mannopov, 
O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Shavkat Mirzayev, Ahmadjon Dadayev, Halimjon 
Jo‘rayev, Shermat Fayzullayev, Qo‘ldosh Mamirov, Tuyg‘un Otaboyev, Rahmatjon 
Tursunov, Ravshan Hamraqulov, Orif Atoev, Payziqul Zokirov va boshqa bastakorlar ijod 
qilgan kuy va qoʻshiqlar xalqimizga manzur boʻlmoqda. Bu iste’dodli bastakorlarning
musiqiy ijodini tahlil qilar ekanmiz, haqli ravishda o‘zbek milliy bastakorlik sanʼatining 
munosib davomchilari borligiga turli ishonch hosil qilamiz.
O‘zbek bastakorlik sanʼatida hududiy uslublar. O‘zbek bastakorlik merosi ijodida 
shakllangan asosiy 4 ta hududiy uslublar mavjud. Ular quyidagicha nomlanadi.
1. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi.
2. Fargona- Toshkent uslubi.
3. Xorazm uslubi.
4. Surxondaryo- Qashqadaryo uslubi.
Har bir hududiy uslub oʻziga xos musiqaviy ijod, xususiyatlariga ega. Har birining, oʻz 
navbatida ijodiy maktablarga bo‘linishi diqqatga sazovordir. Masalan, Buxoro,Samarqand 
bastakorlik maktabi, Andijon, Farg‘ona, Toshkent bastakorlik maktabi va Xorazm 
bastakorlik maktabidir.
Ushbu hududiy uslublar har bir bastakor ijodining “Oltin beshik” asosini tashkil 
etadi. O‘zbek va Tojik professiyanal musiqa madaniyatining atoqli namoyondasi Ota 
Jalol (Jaloliddin) Nosirov 19-asrning ikkinchi yarmi- 20-asrning boshida yashagan taniqli 
musiqa arboblaridan biridir. Maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov Shashmaqomning barcha 
shu’ballari va tarona yo‘llarini puxta bilardi. U shu sababli xalq orasida obro‘ qozongan, 
ashula shinavandalarini oʻzining keng diapazonli ovozi bilan maftun etgan ajoyib xonanda 
edi.
Buxoroda birinchi musiqa maktabi, Samarqandda musiqa bilim yurtining yuzaga 
kelishida Ota Jalolning xizmati katta. Usta Shodi Azimov, Domla Halim Ibodov, Levi 
Boboxonov, Boboqul Fayzulloyev kabi maqomdon xonandalar ham otajonovdan 
taʼlim olishgan edi. O‘zbek va Tojik professional musiqa san’atining durdonalaridan 
Shashmaqomini yozib olinishi va saqlab qolinishida Ota Jalolningon qoʻshgan hissasi katta. 
Ota Jalol nomini tilga olganimizda ustozlar ustozi, Shashmaqom bilimdoni, murakkab 
usullar ustasi, ajoyib tadbircha va xushovoz xonanda koʻz oldimizga keladi. Shu sababli 
Oʻzbekiston va Tojikistonning turli vohalarida Ota Jalolning nomi hurmat bilan tilga olinadi. 
Darhaqiqat, maqomdonlar tili bilan aytganda u “Ustoyi kulliy” edi. Bu ibora arabcha “Ustoz 
ul-kulliy” yaʼni hamma narsa (kuy) tillarni mukammal va to‘kis- tugal biluvchi maqomdon 
ustozlarga nisbatan ishlatilardi.
O‘zbek xalq musiqiy merosini milliy qadriyatlarimizning bir boʻlagi sifatida oʻrganish 
hozirgi davrda dolzarb masalalardan biridir. O‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar 
ekanmiz, otmishda xalq ichida yetishib chiqqan oʻzlarining ijro mahoratlari, murabbiyliklari 
bilan xalq dilidan joy olgan sanʼatkorlarimiz ko‘z oldimizda gavdalanadilar. Ular ichida 
musiqa sanʼatimizning birinchi akademigi Yunus Rajabiyning alohida oʻrinlari borligi, 
shakshubhasiz. U kishi yashagan davr ijodining takrorlanmas qirralari mavjudki, ularning 
merosini oʻrganish kelgusida yaratilajak cholg‘uchilik mahoratini rivojlantirishda ijobiy 
bosqich boʻlib xizmat qiladi.
O‘zbek mumtoz musiqa janrlari tasnifi.
Asirlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, oʻziga xos murakkab shakllari, teran 
mazmuni, jozibali va ohangdor kuylari bilan bizgacha yetib kelgan mumtoz musiqa 
namunalari hanuzgacha eng sevimli, eng ardoqli xalq asarlari boʻlib kelmoqda.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling