Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 160 Key words
Abdukarimova E.I.
Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi O‘ZBEKISTONDA MUMTOZ MUSIQA SAN’ATIDA BASTAKORLIK IJODINING TUTGAN O‘RNI VA UNING TADRIJIY RIVOJLANISHI Tayanch soʻzlar: mumtoz musiqa, bastakorlik, yozma manbaalar, namoyonda, uslub, hududiy uslublar, Buxoro-Samarqand, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm, Surxondaryo-Qashqadaryo. Ключевые слова: классическая музыка, композиция, письменные источники, шоу, стиль, территориальные стили, Бухара-Самарканд, Фергана-Ташкент, Хорезм, Сурхандарья-Кашкадарья. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 160 Key words: classical music, composition, written sources, show, style, territorial styles, Bukhara- Samarkand, Fergana-Tashkent, Khorezm, Surkhandarya-Kashkadarya. Respublikamiz taʼlim tizimida umumta’lim maktablari eng asosiy shakllantiruvchi bosqich hisoblanadi. Maktabda oʻqitiladigan fanlar tarkibida musiqa darslari oʻquvchilariga musiqa madaniyatining umumiy asoslari, ya’ni tarixi, nazariyasi, janrlari, ijro uslublari to‘g‘risidagi bilim bilan tanishtirish orqali, ularning maʼnaviy-axloqiy, estetik madaniyatini shakllantirishni koʻzda tutadi. Darslarda oʻquvchi-yoshlarga musiqa madaniyati bo‘yicha beriladigan bilimlar tarkibida o‘zbek mumtoz musiqa sanʼati, bastakorlik ijodiyoti uning atoqli namoyondalari hamda bastakorlik sanʼatida qaror topgan hududiy uslublar to‘grisida maʼlumotlar berishga alohida oʻrin ajratilgan. Bastakorlik Oʻrta Osiyo xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud boʻlgan professional sozanda va xonandalarning musiqiy ijod sanʼatidir. Bu sanʼat bir xalqning oʻziga xos musiqiy anʼanalari asosida vujudga kelib uzoq madaniy tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqiy ijod sifatida shakllangan. Qariyb 2000 yillik koʻhna tarixga ega boʻlgan ushbu sohada Barbad, Abu Nasr Farobiy, Safiuddan Urmaviy, Hoji Abdulqodir Marogʻiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi ulkan siymolar ijod qildi. Ular musiqa nazariyasi va bastakorlik sohasida juda katta boy meros qoldirdi. Biroq arab istilosi davrida musiqaga oid yozma manbaalar kuydirilib, yoqotib yuborilgan. Shuning uchun ular yaratgan musiqiy asarlar bizgacha yetib kelmagan, lekin keyingi mingyillik tarixga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelgan. O‘rta asr musiqashunos olimlari musiqa nazariyasi va bastakorlik masalalari boʻyicha koʻproq Abu Nasr Farobiyning “Musiqaga oid katta kitob”, “Musiqa haqida soʻz”, Abu Ali Ibin Sinoning “Musiqa ilmi haqida risola”, “Kitobu ash shifo” asarlarida musiqa ilmi va bastakorlik sanʼatiga berilgan tarifni asos qilib oladilar. O‘zbek xalqining donishmand shoiri va olimi Alisher Navoiy o‘zining “Xazoyin ul-maoniy”, “Holati Pahlavon Muhammad”, “Majolis un-nafois”, “Mizon ul-avzon”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarida oʻzidan oldin otgan buyuk musiqiy allomalarimizning musiqiy ilmiy, bastakorlik anʼanalarini davom ettirib boyitdi. Musiqa ilmi XIII-XIV asrlarda yashab, ijod etgan olimlar-Sayfuddin Urmaviy, Hoji Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantirilgan edi. O‘zbek bastakorlik sanʼatining mashhur nomoyondalari Hoji Abdulaziz Rasulov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Faxriddin Sodiqov, Saidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Muhammadjon Mirzayev, G‘anijon Toshmatov, Orif Qosimov, Gʻulomjon Hojiqulov va boshqa ustoz bastakorlar o‘z ijodida, asosan, xalq musiqiy anʼanalariga suyandilar. Ularning har biri o‘z musiqiy ijod yoʻlini yaratdilar. Ular yaratgan va yaratayotgan asarlarining aniq uslubi, ladi, ohang aniqligiga intonatsiyasiga katta eʼtibor berishgan. Ular musiqani nihoyatda serohang va jiloli bo‘lishi uchun xilma-xil va murakkab usullarga murojaat qilishgan. Bundan tashqari, ularning asarlarida oʻziga xos ichki milliy ruh, falsafiy kayfiyat borki, ular asarga go‘zallik va umrboqiylik bag‘ishlaydi. Bunday ijodiy mahorat, albatta, o‘z-o‘zidan emas, ko‘p yillar davomida olib borilgan sermashaqqat mehnat, xalq musiqiy merosini chuqur, mukammal bilish evaziga paydo boʻlgan va shakllangan. Shuning uchun ham ustoz bastakorlarning kuy va ashulalari oʻzlarining mantiqan serjiloligi hamda falsafiy mishohadakorlik darajasi to‘liq, tugal mazmuni bilan mumtoz xalq musiqiy asarlari bilan bemalol bellasha oladi. Bu borada ustoz bastakor Yunus Rajabiyning ijodi oʻziga xos koʻp qirralidir. U o‘zbek xalq musiqasi va oʻzbek mumtoz musiqasining asosi hisoblangan maqom sanʼati xususan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling