Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
157
Chang ila nag‘ma ayladi og‘oz.
Unum ovozasi jahon tutti
Changim ovozi osmon tutti.[4]
Ulug‘ san’atkor-shoirlar chang sozining xalq ommasi orasida sevib chalingani, 
qadrlangani, ijrochilar tomonidan yuksak mahorat namoyish etilganini qayd etishgan. 
Tinglovchilar esa, cholg‘u asboblaridan taralgan ohanglardan ruhiy ozuqa olgan, 
dardiga malham topib, shodligiga shodlik qo‘shilgan. Yuqorida nomi tilga olingan yirik 
musiqashunos olim va mashhur chang sozandasi, bastakor va hofiz Darvish Ali Changiy-
Haqqoniy qalamiga mansub “Risolai-musiqiy” (Musiqa risolasi) kitobida chang sozi 
va sozandalari alohida tarannum etiladi. Darvish Ali fikr bildirishicha, chang cholg‘u 
asboblarining kelinchagidir, soz va nozlar parisidir. Olim yashagan XVII asr davrida 
changda 26 ta sim bo‘lib, yettita parda mavjudligi diqqatga sazovordir. Changda o‘n ikki 
maqomning hammasini mukammal ijro eta bilish Dar¬vish Ali yashagan o‘sha uzoq 
davrda ham sozandaning yuqori darajadagi mahoratini namoyish etuvchi omillardan biri 
hisoblangan. Bu esa ijrochidan yuksak ijrochilik mahoratni, musiqiy did va keng ma’noda 
bilimdonlikni talab etgan. Ijrochilarning klassik musiqiy merosimizga jiddiy munosabati 
va muhabbat tuyg‘usining cheksizligi hozirgi davr so¬zandalari uchun ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Olim o‘z risolasida cholg‘uchilik san’atida dong taratgan ana shunday 
soz sohiblari Mavlono Mirek Changiy-Buxoriy, Mavlono Zaynul - Obiddin-Rumiy kabi 
ustozlarni hurmat bilan tilga oladi, Ularning san’at bobida erishgan muvaffaqiyatlari haqida 
mamnuniyat bilan fikr yuritadi. Ijrochilik madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlaydi.
Bundan keyingi davrlarda ham shoir va olimlar Uvaysiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, 
Hamza va Fitrat kabilar o‘z asarlarida san’atning yaratuvchanlik qudratiga, ohanglarning 
inson qalbi torlariga hamohang bo‘lishiga sahifalar yaratishgan.
Xorazmda Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, Farg‘onada Yusuf qiziq Shakarjonov, 
Usta Masaid Marg‘iloniy, Usta Olim Komilov, Namanganda Usta Ro‘zimatxon Isoboyev, 
Toshkentda Usta Usmon Zuparov va boshqalar.[1]
1934- yilda O‘zbek davlat filarmoniyasi, 1936 yilda Toshkent davlat konservatoriyasi 
va boshqa ko‘pgina san’at va madaniyat muassasalari tashkil etildi. O‘zbek xalq cholg‘u 
asboblari va ular qatorida chang sozining qaytadan yasalishi (rekonstruksiyasi) va uning 
oilaviy turlarining yaratilishi xuddi ana shu davrga to‘g‘ri keladi.
Eski chang tovush qatori diatonik bo‘lib, diapazoni uncha keng bo‘lmagan, ya’ni Lya-
bemol katta oktavadan Re-bemol ikkinchi oktavagacha edi. Xalq cholg‘uchilarining ana shu 
an’anaviy changi asosida to‘liq xromatik tovushlarga ega bo‘lgan yangi chang asbobi 1938 
yilda yaratildi. Uning diapazoni Do birinchi oktavadan Re-diyez uchinchi oktavagacha 
bo‘lgan tovushlarni o‘z ichiga oldi. Bu Hamza nomli Toshkent davlat musiqa bilim yurti 
qoshidagi cholg‘u asboblari ustaxonasida bajarildi. Keyinchalik esa, shu tayyorlangan 
musiqa asbobi asosi¬da yaratilgan changlar O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xalq 
cholg‘u asboblari orkyestrida, so‘ngra barcha musiqa bilim yurtlari va texnikumlari, 
shuningdek M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasida chang sinfi bo‘yicha 
tahsil olayotgan talabalar qo‘lida qo‘llanila boshladi. Bu kiritilgan yangiliklar natijasida 
chang cholg‘usida o‘zbek kuy va ko‘shiqlaridan tashqari, barcha qardosh xalqlarning 
musiqa asarlarini va kompozitorlar ijodini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratildi. Jahon klassik 
kompozitorlar asarlarini ijro etishga ochilgan yo‘l yangi o‘zbyek san’atini rivojlantirishda 
va xalq cholg‘u asboblarida, xususan changda ijrochilik san’atiga yangi uslub zamon ruhi 
bilan yo‘g‘rilgan, oqimni olib keldi.[3]
Bugungi kunda elga tanilgan sozandalar changda xalq klassik kuy va qo‘shiqlari bilan 
bir qatorda O‘zbekiston kompozitorlar qardosh jumxuriyatlar musiqalari, rus va g‘arbiy 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling