Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
81
Usul tanlash va uni qo’llash xususiyati faqat darsdagi o’quv materialining maqsadiga 
emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi. SHu sababli og’zaki uslublar ko’proq 
gumanitar fan darslarida, amaliy usullar esa mehnat, rasm, chizmachilik darslarida 
qo’llaniladi. 
Ta’lim uslublari ommaviy maktab uchun ham, yordamchi maktab 
uchun ham umumiy hisoblanadi. Biroq, qo’llanilishi jihatidan bir-biriga aynan o’xshash 
bo’lmaydi. Alohida yordamga muxtoj bolalar ta’limida interfaol usullarni qo’llashda 
quyidagi tamoyillar asosiy o’rin egallaydi:
– topshiriqlar dastlab o’quvchining imkoniyatlari darajasida fikrlash qobiliyatini 
rivojlatirishga beriladi;
– jarayon oddiydan murakkabga, umumiylikdan xususiylikka tomon boradi;
– o’zidagi kemtik jihatlardan uyalmaslik;
– jamoada ishlaganda “men kontseptsiyasi” dan qochish;
– o’rtoqlarining yordamini qabul qilish va o’zgaga yordamga shay turish;
– hamkorlikda ishlaganda fikr yakdilligiga erishishda murosali bo’lish.
Sanab o’tilgan tamoyillar asosida quyidagi qoidalarga rioya qilish talabi qo’yiladi:
– fikr tug’ilganda qo’l ko’tarib gapirish;
– intizom: dars va mashg’ulotlarga kech qolmaslik, jamoada o’zini tutish, umumqabul 
qilingan me’yorlarga rioya qilish;
– o’zgalarni tinglash;
– muammo doirasida gapirish- fikr konkretligi;
– makon va zamon qoidalariga rioya qilish;
– faol ishtirok etish;
– o’zgalarga yordam berish;
– ijodkor bo’lish;
Ishbilarmonlik o’yinlari ham interfaol metod sanaladi. O’yinlarni tashkil etishda 
o’qituvchidan ularni to’g’ri tashkillashtirish, natijalarini bashoratlay olish va zarur 
xulosalarni chiqarish layoqatiga ega bo’lish talab etiladi.
Ishbilarmonlik o’yinlari muayyan amaliy muammolarni bartaraf etishga xizmat 
qilishi bilan birga o’quvchilarda ma’lum faoliyatni tashkil etish usul va ko’nikmalarini 
o’zlashtirishga yordam beradi.
Ishbilarmonlik o’yinlarini tashkil etish uchun maxsus maydon yoki xonalarning 
maxsus jihozlanishi talab etiladi. Shu sababli ishbilarmonlik o’yinlari ham o’zaro muloqot 
va fikr almashishni yuzaga keltiruvchi interfaol xususiyatga ega. Ishbilarmonlik o’yinlari 
ularning natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish hamda amaliyot uchun muhim ahamiyatga 
ega jihatlarni ajratib ko’rsatish bilan yakunlanadi. O’yinlarning umumiy jihatlarini 
umumlashtirish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
Mavzu: “Biz bilgan narsalar”.Maxsus ta’lim muassasalarining boshlang’ich sinflari 
uchun mos keladi. Asosan geometrik shakllar(matematika), predmetlarning xususiyatlari va 
nomlarini mustahkamlashda (nutq o’stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish), predmetlarni 
nomlarini aytib, bog’lab matn tuzish(ona tili) va boshqa ta’limiy maqsadlarga erishishda 
qo’llash tavsiya etiladi.
Dars uchun kerakli jixozlar: A4 formatdagi qog’ozlar, rangli qog’ozlar, qaychi, yelim. 
O’quvchilar 2 ta guruhga ajratiladi (maxsus maktablarda sinflarda o’quvchilar soni 14 
nafardan ortmaydi, odatda 12 nafar). Topshiriq: 10 ta A 4 formatdagi qog’oz va 4 xil rangli 
1 tadan qog’oz, 1 ta qayti va 1 ta yelim yordamida ixtiyoriy narsa yasash. Qaysi guruh eng 
ko’p narsa yasasa, shu guruh g’olib sanaladi. Ishni rejalashtirishga 10 daqiqa, bajarish uchun 
15 daqiqa, taqdimot uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu dars 2 soatga mo’ljallanadi. 
1- soatda rejalashtirilgandek gurhlarda ish tugugach, taqdimot o’tkaziladi. G’olib guruh 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling