Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
74
5. Barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli 
texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi 
asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi;
6. Yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar 
yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanadi;[9]
Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Ijtimoiy 
himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim 
bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni 
qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
1. Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim muassasalari
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan 
foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
2. Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini o‘qitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash 
bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish choralarini ko‘rish;
3. Oliy ta’lim muassasalarida maxsus kvota asosida o‘qitilgan nogironligi bor yoshlarning 
davlat tashkilotlarida ishga joylashishining amaliy mexanizmlarini takomillashtirish;
4. Yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam 
ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish;
5. Mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining 
jamiyatga ijtimoiy moslashuvida samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish;
6. Xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida 
tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish 
tizimini yaratish;
8.Mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
9.Nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ 
hujjatlar implementatsiyasini amalga oshirish.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasining.[11]
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki Oila tipidagi bolalar uylarida tarbiyalanuvchilar 
ijtimoiy jamiyatga moslashishlari uchun barcha ijtimoiy institutlar oila, maktab, mahalla 
hamkorligini kuchaytirish hamda Vazirlar maxkamasining qarorlarini hayotga tadbiq qilish 
va bolalarni vasiylikka olgan oilalardagi ota-onalarning xuquqiy,pedagogik-psixologik 
savodxonligini oshirish , bola asrab olgan oilalar bilan do`stona aloqa o`rnatish va 
bolalarning tabiatiga mos munosabatda bo`lish,ularni kasb hunarga yo`naltirish ishlariga 
mehr bilan astoydil,chindildan yondashsalar, bola asrab olgan oilalarni ijtimoiy jihatdan
qo`llab – qo`vvatlash ishlarini real , kompleks nazorat qilinsa ko`zlangan maqsadga erishgan 
bo`lar edik. 
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.Yetim bolalarga oid muhim qarori.Janiyat. 2019-
yil 11 fevral kuni.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori. 
3. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T., «O‘zbekiston», 1993.
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.09.08.2021-yil.PQ-5215-son



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling