Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
72
Masalan,Prezidentimiz 2020-yil 28-iyul kuni Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik 
uyiga tashriflari hamda shu kunning o`zidayoq nogironligi bo`lgan, ota-ona qaramog`idan 
mahrum bo`lgan yetim bolalarni davlat tomonidan qo`llab-qo`vvatlashni kuchaytirish
ijtimoiy nafaqalar tizimini takomillashtirish masalalariga qaratilgan videoselektor yig`ilishi 
o`tkazgani so`zimizning birgina isboti desak xato bo`lmaydi.[1]
Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish davlat hamiyatiga ega bo`lgan 
dolzarb masaladir. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 39-moddasida shunday 
deyilgan: «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yuqotganda, shuningdek,boquvchisidan 
maxrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish 
huquqiga ega». O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasida Yuqoridagi 
qonunlar fikr yuritishni yanada oydinlashtiriladi. «Davlat va jamiyat yetim bolalarni va 
ota-onalarining vasiyligidan maxrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni 
ta’minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni ragbatlantiradi»deyilgan.[4]
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarorining 5-bandida Vasiylik 
va homiylik organlarining vakolatlari, ularning vazifalari belgilab qo`yilgan,masalan:yetim 
bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning 
hisobini yuritadilar; yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 
bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadilar, ma’lumotlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadilar, 
shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida 
belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etishlari belgilab qo`yilgan;[2]
Dunyo tajribasini o`rgangan holda O`zbekiston rahbariyati Mehribonlik uylarida 
mavjud holatni o`rganib chiqib tubdan isloh qilish topshirig`i yuklatildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2021 yildagi PQ-5215-sonli qarori. 
Eslatib o‘tamiz, quyida qayd etilgan ma`lumotlar prezident Shavkat Mirziyoyevning 
Toshkentdagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi va undan keyin o‘tkazilgan videoselektor 
yig‘ilishida taklif etilgan masalar.
2021 yil 9 avgust Milliy gvardiya mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga qaytarishga 
ko‘maklash topshirig`i belgilab berildi. Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga 
biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va 
farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning 
muammolarini o‘rganish va hal etish uchun «Mehr daftari» tizimi joriy qilinadi.
Prezident 2021-yil 9 avgust kuni «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Shunga ko‘ra, «Mehribonlik» uylari (16 ta, 1 541 
nafar bola), Bolalar shaharchalari (4 ta, 236 nafar bola), oilaviy bolalar uylari (5 ta, 46 
nafar bola) va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarini (13 ta, 506 nafar bola) 
Milliy gvardiyaga biriktiriladi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ «SOS 
— O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik 
o‘rnatadi.
Ushbu chora-tadbirlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni 
tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida 
shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish 
maqsadida qabul qilinmoqda.
Milliy gvardiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan:
1.O‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va 
joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish;



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling