Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
74 5. Barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi; 6. Yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanadi;[9] Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida: 1. Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim muassasalari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; 2. Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini o‘qitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish choralarini ko‘rish; 3. Oliy ta’lim muassasalarida maxsus kvota asosida o‘qitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ishga joylashishining amaliy mexanizmlarini takomillashtirish; 4. Yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish; 5. Mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jamiyatga ijtimoiy moslashuvida samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish; 6. Xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora- tadbirlarni amalga oshirish; 7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish tizimini yaratish; 8.Mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash; 9.Nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiyasini amalga oshirish. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining.[11] Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki Oila tipidagi bolalar uylarida tarbiyalanuvchilar ijtimoiy jamiyatga moslashishlari uchun barcha ijtimoiy institutlar oila, maktab, mahalla hamkorligini kuchaytirish hamda Vazirlar maxkamasining qarorlarini hayotga tadbiq qilish va bolalarni vasiylikka olgan oilalardagi ota-onalarning xuquqiy,pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish , bola asrab olgan oilalar bilan do`stona aloqa o`rnatish va bolalarning tabiatiga mos munosabatda bo`lish,ularni kasb hunarga yo`naltirish ishlariga mehr bilan astoydil,chindildan yondashsalar, bola asrab olgan oilalarni ijtimoiy jihatdan qo`llab – qo`vvatlash ishlarini real , kompleks nazorat qilinsa ko`zlangan maqsadga erishgan bo`lar edik. Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.Yetim bolalarga oid muhim qarori.Janiyat. 2019- yil 11 fevral kuni. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori. 3. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T., «O‘zbekiston», 1993. 5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.09.08.2021-yil.PQ-5215-son |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling