Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
80
ishlarining birmuncha murakkabligi, turli-tumanligini hukumatimiz e’tiborga olib,
oligofrenopedagoglarning maoshlarini birmuncha yuqori qilib belgilangan.
Aqli zaif bolalar yordamchi maktabda barcha umum-ta’lim fanlari asoslari borasida 
ma’lum hajmda nazariy, amaliy bilimlar oladilar, kasbiy mehnat malakalarini egallaydilar. 
Yordamchi maktab va maktabgacha muassasalarda ta’lim jarayonida tuzatish ishlari 
tizimini amalga oshiradi. Bu ishlar bolalardagi rivojlanishning potensial imkoniyatlariga 
asoslanib; aqli zaif bola shaxsini atroflicha shakllantirish, bilish faoliyatlarini 
takomillashtirishni nazarda tutadi.
Bolalar orasida uchrab turuvchi nuqsonlilikni (karlik, ko’rlik, aqli zaiflikni) bartaraf 
etish ijtimoiy masalalardan biri bo’lib, bu ishn muvaffaqiyatli amalga oshirish davlatning 
umumiy ishlari orqali ro’yobga chiqarilishi mumkin.
L. S. Vigottskiyning 1924 yilda aytgan optimistik bashorati naqadar real ekanligini 
hozir defektologiya sohasida yerishilgan, yerishilayotgan yutuqlar ham ko’rsatib turibdi. 
«Ehtimol, insoniyat, ertami, kechmi, ko’rlik, karlik, aqli zaiflikni yengadi. Ammo 
ularni biologik va tibbiyot tomonidan ko’ra, ijtimoiy va pedagogik tomondan ancha ilgari 
yengadi», - deb ta’kidlaydi L. S. Vigottskiy. Turli nuqsonli bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
maktablarining, davolash muassasalarining keng tizimi olim fikrining dalili emasmi? 
Fan yutuqlarini hayotga tatbiq yetish asosida turli xil yuqumli kasalliklar umuman 
tugatildi. Bilim egallashi mumkin bo’lgan nuqsonli bolalar uchun majburiy ta’lim joriy 
yetildi. Barcha maxsus maktablar, maktab-internatlar, maxsus bog’chalar butunlay 
davlat ta’minotiga o’tkazilgan.
Ayrim chet el mamlakatlarida nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan xususiy 
muassasalar, diniy tashkilotlar, nuqsonlilarga yordam berish jamiyatlari hamda ayrim 
maxsus maktablar shug’ullanadi. Ulardagi ta’lim-tarbiya ishlari qat’iy tizim asosida olib 
borilmaydi. Bizdagi yordamchi maktablar ommaviy maktablar singari yosh avlodga 
ta’lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning foydali kishisi qilib yetishtirishga xizmat qiladi. 
SHu bilan birga yordamchi maktablarning maxsus, xususiy vazifalari ham mavjud. 
Bularga aqli zaif o’quvchilarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga 
alohida yondoshgan holda bilim berish asosida bilish jarayonlarini tuzatib borish kiradi. 
Yordamchi maktablar aqli zaif bolalar uchun dastlabki va oxirgi o’quv yurti bo’lganligi 
sababli, o’quvchilar maktabni bitirgandan so’ng bevosita hayotga yo’llanma olishlarini 
hisobga olib, ularga maktabda turli xil kasbiy mehnat ko’nikma-lari, malakalari beriladi. 
Yordamchi maktablarda davolash ishlari umumiy ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda 
qo’shib olib boriladi.
Yordamchi maktablar tajribasini ilmiy jihatdan umumlashtirish asosida ta’lim-tarbiya 
nazariyasini ishlab chiqish oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsini tashkil qiladi. 
Ta’limning didaktik asolari, darsning umumiy tizimi, maktabda o’quv ishlarini tashkil 
etish, xususiy uslubiyatlarning umumiy masalalari kabi pedagogik masalalar umumiy 
pedagogik talablarga suyanadi.
O’qitish uslubi tushunchasi didaktika va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri. 
Pedagogikada o’qitish deganda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, 
ish usullarini tushunish qabul qilintan, bu faoliyat yordamida o’qituvchi bilim beradi, 
o’quvchilar bo’lsa bilim, ko’nikmalarni o’zlashtiradilar hamda ularning qobiliyatlarini 
rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi malakalar vujudga keladi. Darsda 
o’qituvchi turli ta’lim uslublaridan foydalanadi. O’qitish uslublarini tanlash bir qator 
omillar: yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o’quv fani, o’rganiladigan 
materialning mazmuni, o’quvchilarning yoshi va ularning rivojlanish xususiyatlari hamda 
ularning o’quv materialini egallashga tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling