Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
82
taqdirlanadi. Eng muhim vaziyat 2-soatda, ya’ni o’quvchilar o’zlari yasagan predmetlarni 
bog’lab, bog’langan hikoya tuzadilar, ushbu hikoyasini nomlaydilar. Agar matematika darsi 
bo’lsa, unda yasalgan predmetlarning shakllari va nechtaligi so’ralib, ular ishtirokida masala 
tuzish talab etiladi. Ushbu dars amaliyotda sinab ko’rilganda, o’qituvchi va tarbiyachilarga 
quyidagi savol bilan murojaat etildi: ushbu usul Siz va o’quvchilarga nima berdi? O’qituvchi 
va tarbiyachilar asosan quyidagi mazmunda javob berdilar: 
– o’quvilarning o’zaro hamkorligi muloqotga ehtiyojni tug’dirdi;
– o’quvchilar o’zaro yordam asosida jarayonda teng ishtirok etdilar;
– ular o’zlari yasagan narsalar haqida gapirishga juda qiziqar ekan;
– jamoa oldidagi ma’suliyat hissini tarbiyalashga keng imkoniyat yaratildi;
– o’quvchilarda ishni rejalashtirish, tizimli ishlash ko’nikmalari shakllandi;
Ushbu usuldan maxsus maktab, maktab-internatlarida tarbiyaviy soatlarda “Nima 
yaxshi-yu, nima yomon”, “Bu mening qarorim” kabi mavzularda yoki badiiy asarlarning 
mohiyatini o’zlashtirishda, mustahkamlash darslari jarayonida qo’llash mumkin. 
Dasturiy ta’lim taqdim etiluvchi o’quv materialini yuqori darajada o’zlashtirish va uni 
o’zlashtirilish darajasini baholash imkonini beradi. Dasturiy ta’limda axborotlar u qadar 
katta bo’lmagan hajmda alohida-alohida chop etilgan material ko’rinishida yoki komp`yuter 
yordamida o’quvchilarga taqdim etiladi. Har bir material o’rganilib chiqilgandan so’ng 
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarga oid pedagogik masala yoki mashqlar bajariladi. Dasturiy 
ta’limning qulayligi shundaki, u o’quvchiga o’zi uchun qulay maromda harakatlanish 
imkonini beradi. Dastlabki blok materiallari o’zlashtirilgandan so’nggina navbatdagi bloklar 
materiallari o’zlashtiriladi.
Xulosa qilib aytganda maxsus ta’lim tizimida interfaol metodlardan foydalanishda eng 
avvalo maqsad aniqlashtirilib, korrektsion-rivojlantiruvchi vazifalar aniq belgilanadi. Interfaol 
ta’limni tashkil etishda maxsus ta’lim o’qituvchisining zimmasidagi vazifalardan yana biri - 
bu ta’lim jarayonini nazorat qilish, ta’limning metodik va texnologik qoidalarga muvofiqligini 
ta’minlash, o’quvchilarning diqqatlarini darsga bevosita jalb kilish, o’qituvchi va o’quvchilar, 
shuningdek, o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro ta’sir mazmuni va mohiyatini o’rganishdan iborat.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi umumiy shartlarga amal qilish maqsadga 
muvofiqdir:
1. Ularning yetakchi va umumiy ta’lim tamoyillariga muvofiq kelishiga erishish.
2. Muayyan fan(o’qitilayotgan predmet) mazmuni, o’zlashtirilayotgan mavzu xususiyatini 
inobatga olish.
3. Ta’lim maqsadiga erishish va pedagogik vazifalarning ijobiy yechimini ta’minlashga 
xizmat qila olishiga ishonch hosil qilish.
4. O’quvchilarning o’quv imkoniyatlari (yoshi, rivojlanishidagi muammoning darajasi,
o’ziga xos individual xususiyatlari va boshqalar)ni e’tiborda tutish.
5. Pedagogik jarayon davomida turli xil tashqi omillarning ta’siri va kutilmagan holatlar, 
vaziyatlardan chiqib keta olishga tayyor bo’lish.
Adabiyotlar:
1. Yo’ldoshev J., Yo’ldosheva F., Yo’ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati (Bolaga do’stona munosabatdagi 
ta’lim) toshkent - 2008 
2. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovasion texnologiyalar (ta’lim muassasalari 
pedagog – o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar) Toshkent – 2008
3. Boshlang’ich ta’lim. Ilmiy – metodik, axloqiy – ta’limiy ommabop jurnal. 2007/3.4.
РЕЗЮМЕ
Maqolada yordamchi maktabda ta’lim jarayonini rivojlantirishni o`ziga xosligi bo’yicha psixologik-pedagogik 
olib borilgan amaliy ishlar haqida so‘z yuritiladi. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling