Reduktor korpusini hisoblash va rezbali birikmalarninhg


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1430877
1   2   3   4
Bog'liq
16-amaliyot

Trapesiyaviy rezba (16.7-rasm, v). Vint-gaykali uzatmalardagi asosiy rezba hisoblanadi. 
Bunday rezbaning profili teng yonli trapesiya bo’lib, α=30
o
. Tayyorlanishi nisbatan oson va 
ishqalanishga kam quvvat sarf bo’ladi. Yuklanish ostida ilgarilanma-qaytma harakatni uzatish 
uchun ishlatiladi. 
Tirak rezba (16.7-rasm, g). Profili α=27
o
li teng yonli bo’lmagan trapesiyadan iborat. 
Foydali ish koeffisienti trapesiyaviy rezbalardan yuqori. Vint-gaykali uzatmalarda yuqori 
yuklanishlarni bir tomonlama o’qiy yo’nalishda qabul qilishda ishlatiladi. 
To’g’riburchakli rezba (16.7-rasm, d). Profilli kvadrat, kichik mustahkamlikka ega. 
Yedirilishi natijasida o’q bo’yicha tirqishlar hosil bo’ladi. Standartlashtirilmagan. Кam yuklanishli 
vint-gaykali uzatmalarda cheklangan tarzda ishlatiladi. 
Doiraviy rezba (16.7-rasm, e). Profili-qisqa to’g’ri chizikdar bilan tutashtirilgan yoylardan 
iborat, profil burchagi α=30
o
. Yuqori dinamikaviy mustahkamlikka ega. Ifloslangan muhitda og’ir 
ekspluatasiya sharoitlarda chekli qo’llanadi. Quyma, dumalatib ishlov berish va bosim ostida 
yupqa devorli detallarda tayyorlanishi mumkin. 


16.7-rasm. Rezbaning asosiy turlari: 
a) dyuymli; b) quvur rezbasi; v) trapesiyaviy; 
g) doiraviy; d) tirak; e) to’g’riburchakli 
Rezbali birikmalar boltli, vintli va shpilkali bo’lishi mumkin (16.8-rasm). 
Boltli birikmalar (16.8-rasm, a) biriktirilayotgan detallarda rezbani hosil qilmasdan 
birikma olish imkonini beradi. Aksariyat hollarda etarlicha mustahkam bo’lmagan materiallardan 
tayyorlangan detallarni biriktirishda ishlatiladi. 
Vintli birikmalar (16.8-rasm, b) detallarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Bunda vint 
detaldagi rezbali teshikka buraladi, gayka ishlatilmaydi. 
Shpilkali birikmalar (16.8-rasm, v) detallar birikmasini ekspluatasiya sharoitlariga ko’ra 
ajratib turish hollari shart bo’lgan vaqtlarda qo’llanadi. Bunda o’zakka ikki tarafdan rezbali o’yiq 
hosil qilinadi. Shpilkani detalga gaykalar vositasida yoki shpilkaburagich yordamida buraladi. 
16.8-rasm. Boltli (a), vintli (b) va shpilkali (v) rezbali birikmalar. 
Agarda rezbali birikmalarga o’zgaruvchan kuch yoki moment ta’sir etsa, ular o’z-o’zidan 
bo’shashi va ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun turli usullarni 


qo’llashga to’g’ri keladi. Кontrgayka va prujinalovchi shayba ishlatish, shplint yoki simdan 
foydalanish, payvandlash usulidan foydalanish shunday usullardandir. 
16.9- va 16.10-rasmlarda gaykani bo’shashib ketmasligini ta’minlovchi ba’zi usullar 
keltirilgan. 
16.9-rasm. Qo’shimcha ishqalanish yoki prujinalovchi shayba vosita- 
sida mahkamlash 
16.10-rasm. Holatlovchi detallarni qo’llash orqali gaykani mahkamlash: shplint (a), sim (b) va 
kaftchali shayba (v) ishlatish 
 
 
 
Nazorat savollari. 
1. Birikmalar necha turga bo’linadi? 
2. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarga misollar keltiring. 
3. Rezbali birikmalarning tayyorlash usullarini sanab o’ting. 
4. Rezba profili turlarini keltiring. 
5. Rezbali birikmalar vazifasiga ko’ra necha turga bo’linadi? 
 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling