Reduktor korpusini hisoblash va rezbali birikmalarninhg


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1430877
  1   2   3   4
Bog'liq
16-amaliyot



16-AMALIY MASHG‘ULOT. 
REDUKTOR KORPUSINI HISOBLASH VA REZBALI BIRIKMALARNINHG 
O‘LCHAMLARINI ANIQLASH. 
 
Mashina yoki mexanizmlarni tayyorlash jarayonida ularning ayrim detallari o’zaro 
birikmalar vositasida biriktiriladi. Natijada ajraladigan yoki ajralmaydigan birikmalar hosil 
bo’ladi. 
Uzel yoki mashinani ayrim bo’laklarga ajratish uchun ularni biriktirib turgan birikma 
sindirilsa, bunday birikmalar ajralmaydigan, agarda birikmalarni sindirish shart bo’lmay ularni 
tarkibiy qismlarga oson ajratilsa, birikmalar ajraladigan birikmalar deb ataladi. 
Ajralmaydigan birikmalarga payvand, parchin mixli, yelimli va tig’izlik asosidagi 
birikmalar misol bo’la oladi. 
Ajraladigan birikmalar jumlasiga esa rezbali, shponkali, shlisli, rasmdor, ponali va boshqa 
turdagi birikmalar kiradi. 
Birikmalarni loyihalash o’ta ma’suliyatli masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab, 
mashinalarda yuz beradigan sinishlar va buzilishlar aksariyat hollarda birikish joylarida yuz 
beradi. 
Rezbali biriкmalar turlari, kamchilik va afzalliklari, qo’llanilishi. 
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan 
ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil 
qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.
Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va 
shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda 
siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi (16.1-rasm). 
16.1-rasm.
Vint chizig’ining tarkib topishi 16.2-rasmda keltirilgan. 
16.2-rasm. Vint chizig’ining tarkib topishi va rezbaning ko’tarilish burchagiga oid tarh. 


Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir 
kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni 
uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular 
uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka 
egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno. 
Mahkamlash-jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo’llanadi. 
Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan 
tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga egadir. 
Rezbali birikmalarning afzalliklari: yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish 
sharoitlari uchun rezbali detallar xillarining ko’pligi; yig’ish va ajratishning qulayligi
tannarxining nisbatan pastligi; hamma o’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash 
jarayonlarining yuqori unumdorligi. 
Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy kamchiligi rezbali 
detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar jamlanishi o’choqlarining mavjudligi 
tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali 
detallarni tayyorlash texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling