Refarat fan: Biznesda buxgalteriya hisobi fio: Safarmatova Barnoxon mavzu: Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar. Reja
Download 52.47 Kb.
|
Mavzu Ichki va tashqi manfaatdor tomon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- 1. Manfaatdor tomonlar.
REFARAT Fan: Biznesda buxgalteriya hisobi FIO: Safarmatova Barnoxon MAVZU: Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar. Reja: 1. Manfaatdor tomonlar. 2.Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar. 3.Manfaatdor tomonlarning bog‘liqligi. 4.Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar. Tayanch so‘z va iboralar Tadbirkorlik salohiyati, qirralari, ishbilarmonlik, tadbirkorlik mada- niyati, korporativ madaniyat, yuqori mehnat qobiliyati, o‘z kuchiga ishonish, o‘z kelajagini qurish, foyda olishga yo‘nalganlik, maqsadga erishishga intilish, tirishqoqlik, omadsizliklarni bartaraf qila olish, qaytma aloqadan foydalanish, tashabbuskorlik, eshitish istagi, shaxsiy mezonlar, noaniqlik sharoiti, ishga butunlay berilish, ishonchlilik va to‘g‘rilik, tavakkalchilik, oilaviy korxona, ishtirokchilar, kasanachilik, liderlik, yetakchilik stillari, «Biznes-fond», sug‘urta agentligi, avtokrat daraja, avtonom daraja, lokal-kollegial, integrativ-kollegial daraja, metakollegial daraja, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish operatsiyalari, qaror qabul qilish. 1. Manfaatdor tomonlar. Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tadbirkorlik faoliyati, bu — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Xo‘sh tadbirkorlar kimlar? Ular qanday salohiyat va imkoniyatlar egalari bo‘lishi lozim? Demak, tadbirkor, bu — o‘z tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor shaxsdir. Tadbirkor o‘z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to‘g‘risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan o‘quvchilar misolida qarasak. O‘quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo, ushbu darsga nisbatan o‘z tayyorgarliklarini chamalab ko‘rishadi. O‘quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. O‘quvchilar- ning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan kishilar, avvalo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko‘rishlari va imko- niyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Tadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi: Ommaviy axborot vositalari va kitob o‘qishga munosabatingiz qanday? Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z zimmangizga olasizmi? Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi? Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi? Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz? Doimo yangi g‘oyalarni o‘ylab yurishingizni sezganmisiz? Maktabni yaxshi ko‘rar edingizmi? Detallarga kirishishni yoqtirasizmi? O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz? Tez zerikib qolasizmi? Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi? Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rgangan- misiz? Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg‘armangiz bormi? Tadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi? Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim deb hisoblaysizmi? Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo‘naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarni tadbirkorlikning qaysi turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rishi tavsiya etiladi. Download 52.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling