Refarat fan: Biznesda buxgalteriya hisobi fio: Safarmatova Barnoxon mavzu: Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar. Reja
Download 52.47 Kb.
|
Mavzu Ichki va tashqi manfaatdor tomon
Saxiy va xayr-ehsonli bo‘lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug‘ fazilat. Saxovatli, saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so‘ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi.
Insofli bo‘lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to‘g‘rilik, barobarlik, sofdillik, haqiqatgo‘ylikdir. Vazmin va sabrli bo‘lish, ehtiroslarga berilmaslik. Ba’zi shoshma- shoshar tadbirkorlar, shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o‘ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g‘arq bo‘ladilar. Aqlli, tajribali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o‘zlariga yo‘ldosh qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar. Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siyosatini o‘zingizning asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir. O‘z ishining mutaxassisi bo‘lish. Biz shunday davrda yashayap- mizki, bunda faqat mutaxassisgina, o‘z ishining ustasigina obro‘-e’tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo‘ling. Qaysi sohada ishlashga to‘g‘ri kelmasin, albatta, birinchi bo‘lishga harakat qiling. Savol tug‘iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo‘lsa, mehnat va o‘z ustingizda tinimsiz shug‘ullanishingiz lozim. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo‘l esa — tirishqoqlik. Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o‘z izlanuvchanlik qobiliyatini, o‘z ishining ustasi hamda yuqorida qayd qilingan sifat- larning o‘zida mavjudligini aniq o‘lchay bilishi kerak. Foydalangan adabyotlar : 1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun darslik/A.A. Razzoqov, Sh. H. Tashmatov, N. T. O’rmonov; Mas’ul muhanir S.S.G‘ulomov; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: Iqtisod-moliya, 2007. Download 52.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling