Bergerning vitaminlar erasi nazariyasiga ko’ra o’sish jarayonlarini tezlashishiga V1, V12 va D vitaminlarini ta’siriga katta aham iyat beriladi. Lekin, vitaminlar erasi boshlanishidan avval o’sish jarayonlaridagi o’zgarishlar mavjud ekanligi ko’rsatilgan.
Qon stitutsional tanlash nazariyasi keng tarqalgan bo’lib, 1942 yilda Benxolt-Tomsen tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha, akseleratsiya-vegetativ, ichki sekretorli va miya bilan bog’liq (aqliy) faoliyat turlariga qobiliyati yoki organizmning reaktivligi yuqori bo’lgan odamlar sonining ko’payishi bilan belgilanadi. Bunday qobiliyatli odamlar bir–biri bilan turmush qurishgan, natijada ularning xususiyatlari ham nasl orqali bolalariga va kelgusi avlodlariga o’tgan. Ushbu nazariyaga ko’ra, shahar aholisining rivojlanishi texnika, keskin farqlar, shovkin, yoritilish, turmush tarzining tezligi va x.k. qo’zg’atkichlar ham tezlashadi. Shunday qilib bunda, odamlarni qishloqlardan shaharlarga va qayta ko’chirish paytida tanlash omili birinchi ko’rsatiladi. Ushbu nazariya inqiroz, ishsizlik va urush yillarida ham akseleratsiyani pasayganligi sabablarini tushuntirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |