Glossariy-sharipova M. B avtoritarizm — buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish. Akseleratsiya
Download 14.39 Kb.
|
sharipova glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andragogika
- Borliq
- Verbal o‘rganish
GLOSSARIY-Sharipova M.B Avtoritarizm — buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish. Akseleratsiya — bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi. Andragogika — kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug'ullanadi. Biografik metod - odamni uning tarjimayi holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli. Birinchi signal tizimi — narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi. Borliq — obyektiv olamning ongdan xoli bo‘lgan holda mavjudligini bildiruvchi falsafiy tushuncha. Bosh miya — markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miyaning o‘rtacha og'irligi 1470 g. Bosh miya katta yarim sharlari - bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki qismi uchun chuqur bo‘lmagan o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat. Boshqarish — tabiatning turlicha bolgan (biologik, ijtimoiy va texnik, tizimlari) funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad va dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon. Verbal o‘rganish — insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin. Vikar o‘rganish - boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi. Identifikatsiya — shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi. Konformlik — individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi. Download 14.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling