Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, biror maqsad asosida o'rganish.
Kuzatuvchanlik — shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonida narsalarni kamdan kam uchraydigan, ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo'ladi.
Ko‘nikma — oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir.
Layoqat — nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabiiy zaminidir.
Longityud tadqiqot — tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va yosh davrlardagi o'zgarishlarni qayd qiladi.
Malaka — mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari. Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish - erkinlikning qarama-qarshi jihati bo'lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi.
Mayl — shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bo'lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Mahorat madaniyati — har bir tadbirni zo‘r quvonchli qalbdan tashkil qilish. Ma’naviy madaniyat — talabalarning ijodiy, ma’naviy, badiiy faoliyatini tashkil qilishdir.
Metod — bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Miqdoriy tahlil — moddalar xususiyatining tuzilishini miqdoriy jihatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi. Motiv — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi kuch, sababdir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo'lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik, tashkilotchilik, qo‘llab-quwatlash kiradi.
Muammoli vaziyat — bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.
Negativizm — bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qarshilik ko'rsatishi.
Negativizm ikki xil bo‘lib, passiv - taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol - shaxsiy negativizm — bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo'lgan faoliyatni bajarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |