Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan tarkib topgan shakli.
Ontogenez — organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bolgan davrdagi o'zgarishlar majmuyi.
Operant o‘rganish — bilim, ko'nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi.
Tarbiya - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Ta’lim — u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bolib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o'qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.
Taraqqiyot omillari — bolaning psixik va xulq-atvor rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi.
Yosh — individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining bosqichi. Ushbu bosqichda uning shaxs sifatidagi fiziologik va psixologik o‘zgarishlari kuzatiladi.
Yosh davri nizolari — o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Empatiya — insonning boshqalarga hamdard bo‘lishi, ularning holatini tushunishi, ularga beg‘araz yordam ko‘rsatishga tayyorligi.
Eksperiment — tajriba — psixologiyaning asosiy metodlaridan, o‘zgaruvchan mustaqil psixologik holatlarning boshqa nomustaqil holatlariga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlarga tayanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |