Xoʻjalik nizolari
Download 26.73 Kb.
|
Biznes A.Azamxon mini keys
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik nizolarini hal etish qay tartibda amalga oshiriladi
Xo’jalik nizolarini hal qilish. Biznes munosabatlarida javobgarlik. Xo’jalik nizolari tushunchasi va ularning kelib chiqish asoslari nimalardan iborat? Xoʻjalik nizolari (Oʻzbekiston Respublikasida) -iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida taraflar oʻrtasida kelib chiquvchi kelishmovchiliklar. Yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolar Xoʻjalik nizolari bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarning subʼyektlari hisoblanadi. Xoʻjalik nizolarining quyidagi turlari mavjud: tuzilishi nazarda tutilgan shartnoma moddasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan boʻlib, hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish haqida taraflar oʻzaro kelishgan ixtiloflar; shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi; mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi; majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli tarzda bajarilmaganligi; mulkdor yoki molmulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan molmulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga oid; mulkdorning yoki molmulkning boshqa qonuniy egasining huquklari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganlik; yetkazilgan zararni qoplash; shaʼn, qadrqimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi va boshqa nizolar, davlat roʻyxatiga olishni rad etganligi yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan shikoyat kabilar. Xoʻjalik nizolarini, asosan, xoʻjalik sudlari koʻrib chiqadi. Xoʻjalik sudlarining vakolat doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (111modda) belgilab berilgan. Xoʻjalik nizolari, shuningdek, hakamlar sudita koʻrish uchun topshirilishi mumkin. Xo’jalik nizolarini hal etish qay tartibda amalga oshiriladi? Nizolarning qarab chiqilishi, hal qiluv qarorlarining qabul qilinishi va tarqatilishi mumkin qadar qisqa muddatlarda, biroq da’vo arizasi olingan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki oy ichida amalga oshirilishi shart. Bunda hal qiluv qarori u qabul qilingan kundan boshlab ko‘pi bilan 5 kun ichida jo‘natiladi. Ikkala tomonning iltimosnomasiga binoan qaror o‘zgacha, ancha uzoqroq muddatda qabul qilinishi mumkin. Xo‘jalik nizolari hakamlik sudi tomonidan majlisda tomonlar vakillarining ishtirokida bir yoki uch hakamdan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi. Majlisni olib borish tartibini majlisda raislik qilayotgan hakam belgilaydi. Hakam sudning tarkibini e’lon qiladi, hakamlik jarayonining qatnashchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi hamda ularga tegishli huquqlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. Majlisda da’vogar va javobgar vakillarining, ekspertning hamda majlisda qatnashayotgan boshqa shaxslarning so‘zi tinglanadi. Hakam nizoni hal etish uchun har qanday zarur dalil-isbotlarni taqdim etishda har bir tomonga teng va to‘la imkoniyat berishi lozim. Da’vo arizasiga bildirilgan fikr yoki hakam talab qilgan. Hakamlik sudining hal qiluv qarori kirish, ta’riflash, dalillash va xulosa chiqarish qismlaridan iborat bo‘ladi, bunda: 1) kirish qismida hakamlik sudining nomi, ishning tartib raqami, qaror qabul qilingan kun, tomonlarning nomi, da’voning bahosi, hakamning (hakamlarning) familiyasi, tomonlar vakillarining hamda ishni qarab chiqishda qatnashayotgan boshqa shaxslarning familiyasi va mansablari ko‘rsatiladi. Xo‘jalik nizosi tashkilotda hal etilgan taqdirda bu haqda ham hal qiluv qarorining kirish qismida aytib o‘tiladi; 2) ta’riflash qismi da’vogar talabining, da’vo arizasiga bildirilgan fikrning, tomonlar va ularning vakillari, nizoni hal etishda qatnashayotgan boshqa shaxslar bergan arizalar, tushuntirishlar hamda iltimosnomalarning qisqacha bayoni, hakamlik sudi amalga oshirgan harakatlarning (bevosita ular hamda materiallar bilan tanishish) tavsifini o‘z ichiga olishi lozim; 3) dalillash qismida: ishning hakamlik sudi aniqlagan holatlari; nizoning kelib chiqish sabablari; hal qiluv qarori qabul qilinishiga asos bo‘lgan dalil-isbotlar; basharti tomonlar ahdlashuvga erishgan bo‘lsalar, ushbu yozma ahdlashuvning mazmuni; hakamlik sudi tomonlarning iltimosnomalari va dalil-isbotlarini, shartnoma shartlari yuzasidan ularning takliflarini yoki tomonlarning bitimini rad etishiga olib kelgan dalillar; hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan qonunlar ko‘rsatiladi; 4) xulosa chiqarish qismi qo‘yilgan har bir talab bo‘yicha da’voni qondirish to‘g‘risidagi yoki da’voni to‘la-to‘kis yoxud qisman rad qilish haqidagi xulosani o‘z ichiga olmog‘i kerak. Hakamlik sudining xulosasi biron-bir holatlarning ro‘y berishiga yoki ro‘y bermasligiga bog‘liq (shartli qaror) bo‘lmasligi lozim. Iqtisodiy sudlarda xo’jalik nizolarini ko’rib chiqish tartibi. Hakamlik sudi iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining oldini olish ishlarini olib boradi va shu maqsadda: iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining sabablaridan darak beruvchi ma’lumotlar va materiallarni izchil tahlil qilib boradi, o‘z huquq doirasida ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; ishlarni bevosita tashkilotlarning o‘zida hal etadi; tashkilotlarning rahbarlariga, davlat idoralari va boshqa idoralarga xususiy ajrimlar, aniqlangan qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi, ana shu qonunbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qiluvchi xolatlar haqidagi axborotlarni yuboradi. Xususiy ajrim, axborot yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlariga bir oylik muddatdan kechikmay javob berilishi kerak. Zarur hollarda aniqlangan qoidabuzarliklar haqida prokuratura idoralariga axborotlar yuboriladi; iqtisodiy munosabatlarda yo‘l qo‘yilayotgan eng jiddiy qoidabuzarliklar to‘g‘risida: Oliy hakamlik sudi — O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ma’lum qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasini xabardor etadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi hakamlik sudi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashiga ma’lum qiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor etadi; viloyat hakamlik sudi — xalq deputatlari viloyat Soveti hamda uning ijroiya qo‘mitasini xabardor etadi. Biznes munosabatlarda javobgarlik tushunchasi. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zganlik uchun javobgarlik. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zish O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslariga qarshi qilingan harakatlardir. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zishning ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyat sodir etilganda faqat alohida shaxslarning huquqlari bo’zilibgina qolmasdan, balki butun jamiyatga zarar keltiriladi. Bundan tashqari, jamiyat va davlatning o`tish davrida bu turdagi jinoyatlar soni tez o`sib boradi va davlatning iqtisodiy asoslariga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lgan, naf keltirilmasligi ayon bo`lgan bitimning to’zilishida ifodalanadi. Soxta tadbirkorlik jinoyati korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi to’zilmaning qonunda, o`z Ustavida belgilangan faoliyatini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi. Soxta tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyati g`oyasiga tajovo’z qiladi. Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, soxta tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyot asoslariga, tadbirkorlik faoliyati g`oyasining o`ziga ham tajovo’z qiladi, “odamlarning bozorga va uning boshqacha xo`jalik yuritish usullaridan afzalligiga bo`lgan ishonchiga putur yetkazadi. Javobgarlik asoslari va turlari. Yuridik javobgarlik Huquqiy javobgarlik Maʼmuriy javobgarlik Download 26.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling