Referat 13-variant bajardi: bia-95-2/22 guruh talabasi fayziyev d. S qabul qildi: jumayev m. M toshkent-2022
Download 122.21 Kb.
|
13 variyant 045105
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2022 Tayanch iboralar
- Pul aylanmasi tarkibi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Toshkent moliya instituti “Pul va banklar” fanidan REFERAT 13-VARIANT BAJARDI: BIA-95-2/22 GURUH TALABASI FAYZIYEV D.S QABUL QILDI: JUMAYEV M.M Toshkent-2022 Tayanch iboralar Pulning naqd pullik va naqd pulsiz aylanishi. Pul aylanishini ayrim belgilari bo‘yicha guruhlanishi. Monetar va fiskal siyosat. Naqd pul aylanishi subyektlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etilishi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning unsurlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to‘lov topshiriqnoma, to‘lov talabnoma, akkreditiv, inkasso topshiriqnoma, hisob – kitob cheki, memorial order shakllari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning plastik – kartochka shakli. Plastik kartochkalarni ayrim belgilari bo‘yicha guruhlanishi. Hisob – kitob va to’lov intizomi ustidan nazorat va u bo‘yicha qullaniladigan choralar. Pul aylanmasi tarkibi Pul aylanmasi – bu pullarning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlarning yig‘indisidir. I.Shakerning ta’rif berishicha, pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo‘lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘lib, bunda pullar muomala vositasi va to‘lov funksiyasini bajaradi. Pulning bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishini Shaker doiraviy aylanish - deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga o‘tishi. Pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To‘lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘lov aylanmasi - bu pul shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir. Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi : Obligatsiyalar – o‘z egasiga qat’iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz. Davlatning xazina majburiyatlari. Depozit sertifikatlar –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz. Jamg‘arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz. Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo‘yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi. CHeklar– unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqdir. Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSH da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi. Bank akseptlari – aksept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aksepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi. To‘lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul aylanmasi tashkil qiladi. Chunki pul eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi. Pul aylanmasi 2 yirik qismdan iborat: Naqdsiz pul aylanmasi Naqd pul aylanmasi Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining yig‘indisidir. Sobiq Ittifoq o‘rnida tashkil topgan davlatlar o‘zaro talab va majburiyatlarini voz kechish deb nomlanuvchi naqdsiz pul aylanmasi mavjud. Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bo‘liq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan bog 'liq bo’lmagan aylanishga bo‘linadi. Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob – kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan bog'liq bo‘lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan bog'liq to‘lovlar va boshqa tovar xarakati bilan bog'liq bo’lmagan to’lovlar kiradi. Pul funksiyalariga va to‘lov turiga ko‘ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo‘linadi. Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlanadi: Pullik munosabatlarning turiga ko‘ra: a) Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul aylanishi b) Tovar xarakteriga ega bo‘lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi 2. To‘lov usuliga ko‘ra: a) Naqd pullik b) Naqd pulsiz 3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra: a) Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi b) Xududlararo pul aylanishi 4. Pulni to‘lov jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra: a) Aktiv pul aylanishi – to‘lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo‘sh pul mablag'lari). Pul aylanishi holatini tartibga solish bo‘yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi. Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh g’oyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot Pul aylanishi soni xolida aniqlanadi. Pul aylanmasi tarkibi Pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan. Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan sub’ektlar joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat. Uchinchi yo‘nalish, pul funktsiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi yo‘nalish, tovar – pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat: mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, iqtisodiy va huquqiy ongi; milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi; mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchinig musthkamligi; real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi; Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi. Download 122.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling