Referat Adhamova Maftuna Mavzu: Arab aholisi haqida


Download 23.21 Kb.
bet2/4
Sana27.12.2022
Hajmi23.21 Kb.
#1068928
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
arab geografiyasi M.Adhamova

Diniy bayramlar

  • Iyd Al-Fitr — Ramazon tugagandan soʻng;

  • Iyd Al-Adxa — musulmonlarning qurbonlik bayrami;

  • Musulmon kalendari boʻyicha yangi yil;

Iqtisodiyoti
BAA YaIMning oʻsishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy oʻsishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft boʻlmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning oʻsishida 71 % neftsiz maxsulotlarga toʻgʻri keladi, 2008-yilda bu koʻrsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEC va WTO. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSH 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xoʻjaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat koʻrsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %

  • Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, toʻqimachilik.

  • Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.

  • Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %.

  • Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

Bojxona
Birashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qoʻllanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat boʻlgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, yaʼni amirlikning muhim savdo-sotiq shahrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u „yigʻish“ nomi bilan mashxurdir, yaʼni undiriladigan soliqlar va bojlar yigʻilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga koʻra odamlar uni „Markazlar onasi“ deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yoʻllari u yerdan oʻtgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, yaʼni FCA ning tashkil tpishiga koʻra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish toʻgʻrisida boʻldi. Shundan soʻng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan „Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish“ga erishildi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling