Referat b ajardi: Rustamov Ramazon Qabul qiluvchi: Ashrab Abdualimov Mavzu: Globalashuv tushunchasi va uning mohiyati
rasm Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari
Download 1.2 Mb.
|
Kirish I bob globalashuv tushunchasi va uning mohiyati
2.1.rasm Globalashuv jarayoning asosiy manbaalari.
Zamonaviy transmilliy korporatsiyalar, oldingi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKlardan farqli ravishda, asosan axborot va moliyaviy bozorlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur bozorlarning global miqyosda birlashuvi sodir bo‘lmoqda va natijada yagona jahon moliyaviy-axborot makoni shakllanmoqda. Bunga muvofiq tarzda TMKlarning va ular bilan chambarchas aloqador bo‘lgan milliy iqtisodiy tuzilmalar hamda tashkilotlarning roli oshib bormoqda. Hozirgi paytda yangi texnologiyalarning 80% TMKlar tomonidan yaratilmoqda, ayrim holatlarda ularning daromadlari ayrim yirik mamlakatlarning yalpi milliy daromadidan oshib ketmoqda. Aytish joizki, dunyoning 100 ta yirik iqtisodiyoti ro‘yxatida 51 ta o‘rinni TMKlar egallagan. Ular faoliyatining muhim qismi gipertexnologiyalarni (yoki metatexnologiyalar) ishlab chiqish bilan bogiiq. Bular jumlasiga yangi kompyuterlar avlodi, kompyuter dasturlari, ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni va boshqalarni kiritish mumkin. Globallashuv jarayonining yana bir muhim jihati texnologik innovatsiyalar rivojlanishiga tegishli bo‘lib, yangi texnologiyalar globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch bo'lishi bilan birgalikda xalqaro raqobatlashuvni kuchaytirgan holda uning rivojlanishini va mamlakatlar o'rtasida tarqalishini rag‘batlantiradi. Globallashuvning to‘rtinchi manbasi sifatida erkin savdo tizimini va bozor iqtisodiyotini baholashda global hamfikrlikka erishishni keltirish mumkin. Aytish joizki, jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir muhim xususiyati, XX asrning oxirgi yillarida moliya bozorlarining jadal rivojlanishida namoyon bo‘ldi. Moliya bozorlarining (valuta, fond, kredit va boshq.) yangi roli keyingi yillarda jahon iqtisodiyoti arxitekturasini keskin o‘zgartirdi. Bir necha o‘n yillar ilgari moliya bozorlarining asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektori faoliyatini ta’minlashdan iborat edi. Hozirgi davrda esa, jahon moliya bozoridagi o‘zgarishlar butun dunyo mamlakatlari 26 iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Moliyaviy globallashuv jarayoni ayniqsa jahon iqtisodiyotining uchta asosiy markazlarida kuchaygan bo‘lib, ularga AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya kiradi. Moliyaviy spekulyatsiya operatsiyalari ham aynan mazkur uchtalik chegaralaridan tashqi dunyoga tarqaladi. Valuta bozorining global aylanmasi bir kun davomida 0,9—1,1 trln AQSH dollariga yetadi. Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar: ishlab chiqarish ko‘lamining keskin kuchayishi; 27 ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga yuqori, ilmiy sig‘imli texnologiyalarga o'tish; mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakatidagi to‘siqlarga barham berilishi; mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta'minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi; ilmiy va intellektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi. 2. Tashkiliy omillar: ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi; nohukumat tashkilotlarining ko‘p millatli yoki jahon darajasiga chiqishi; ko‘p millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning global iqtisodiyotda asosiy rol o‘ynovchi xususiy yoki davlat tashkiloti sifatida o‘zgarishi. 3. Iqtisodiy omillar: kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkinlashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va proteksionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi; kapital to‘planishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalarning oshishi, valutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning birxillashtirilishi; standartlashtirish tendensiyasining kuchaytirilishi. Barcha mamlakatlar tomonidan texnologiya, ekologiya va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya va statistik hisobotlar tizimida yagona standartlardan foydalanishning keng joriy etilishi.4. Axborot omillari: moliyaviy, iqtisodiy, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarishga oid ma’lumotlar almashinish tizimining tubdan o'zgarishi. Malumotlarni taqdim etish, qabul qilish va qayta ishlashning mutlaqo yangi tizimlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi nouxau va professional xizmatlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy va mahsulot bozorlarini birlashtiruvchi global tarmoqni yaratishga yordam berdi; bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shakllanishi; mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujudga kelishi. Yuqoridagi qayd etilgan omillar ta'siri natijasida globallashuv jarayoni kuchaygan holda jahon iqtisodiyotining barcha soha va bo‘g‘inlarini egallab boradi. Hozirgi kunda xalqaro moliya bozoridagi inqirozlarning yuzaga kelishi va ularni bartaraf etish borasida bir qator konsepsiyalar shakllantirilgan. Moliyaviy «ko‘pik»lar konsepsiyasi. Odatda «ko‘pik» haqida so‘z borganda, ma'lum aktivning bozor bahosi uning fundamental bahosidan keskin oshib ketishi tushuniladi. Aktivning fundamental bahosi esa, mazkur aktiv keltiradigan barcha daromadlarning joriy bahosi hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy «ko‘pik»lar nazariyasida bozorning «ko‘rinmas qo‘l» orqali o‘zini-o‘zi boshqarishi va psixologik omillar orqali inqirozning kelib chiqishiga alohida e'tibor beriladi. Moliya sohasida investorlarning asoslanmagan foydani kutishlari «ko‘pik»larning shakllanishiga olib keladi va bu, o‘z navbatida, ushbu sohani inqirozga tayyorlovchi mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Kapitalning haqiqatda oshishi foyda hisobidan bo‘ladi, bu esa aksiyalarning bozordagi jozibadorligini oshiradi. Bozor ishtirokchilari narxlar ko‘tarilishiga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar, natijada kapital yanada ko‘payadi, bu jarayon qayta-qayta takrorlanaveradi va pirovardida moliyaviy «ko‘pik»lar vujudga keladi. Moliyaviy «ko‘pik»larni to'laligicha aniqlash uchun zamonaviy qimmatli qog‘ozlar bozoridagi talab va taklifga ta’sir etuvchi barcha omillar inobatga olinishi kerak. «Ta’minlanmagan dollarlar» konsepsiyasi. Bu konsepsiyaning mohiyati AQSHning jahonda yirik qarzdor mamlakatga aylanishi bilan bog‘liq. Ayni paytda, bunga dunyo mamlakatlarining to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar, eksport tovarlari raqobatbardoshligini saqlab turish uchun xorijiy valuta zaxiralarini jamg‘arish choralari ham sabab bo‘lgan. Ushbu zaxiralar, o‘z navbatida, AQSH g‘aznachilik obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilindi. Konsepsiyaga muvofiq, o‘zida AQSH dollaridagi aktivlarni yirik hajmda saqlovchi mamlakatlar ma’lum bir sabablarga ko‘ra ularni olishni to‘xtatishi yoki o‘zlaridan soqit qilishlari oqibatida xalqaro moliya tizimida keng ko‘lamli inqiroz avj olishi mumkin. XX asrning 70-yillariga kelib Bretton-Vuds valuta tizimi bekor qilingach, valutalar hosilalari (derivativlari) bilan birga o‘zlarining oltin asosidan va ta'minotidan uzilib qoldi. Monetaristik g'oyalar (M.Fridmen va b.) asosiga qurilgan Yamayka valuta tizimi moliya muassasalariga pulni bosish dastgohidan maksimal darajada foydalanish, valuta derivativlari, elektron pullarni tashkil qilish, soxta kapital hisobiga yirik miqdordagi ta’minlanmagan dollarlarni va AQSH g‘azna majburiyatlarini jahon moliya tizimiga kiritish imkonini berdi. Natijada jahon moliya tizimida qog‘oz piramidasi, «moliyaviy ko‘pik», ya’ni «ta’minlanmagan dollarlar» shakllandi. O‘z-o‘zidan moliya sektori va iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi muvozanat buzildi, ya’ni uzilish yuz berdi. «Erkin bozor iqtisodiyoti tanazzuli» konsepsiyasi. Ushbu konsepsiyaning asosida erkin bozor iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi samarali tartibga sola olmasligi, davlat tomonidan tartibga solishning yetarlicha emasligi kabi g‘oyalar yotadi. Binobarin, bu konsepsiyani qo‘llab-quvvatlovchilar moliyaviy erkinlashtirish, erkin bozor iqtisodiyotini tanqid ostiga oladilar. Ma’lumki, Buyuk Depressiya davrida (1921933) bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi samarali tartibga solishning uddasidan chiqmadi. Dj.Keyns klassik nazariyaga zid bo‘lgan quyidagi ikki holatni asoslashga muvaffaq bo‘ldi. Birinchidan, iqtisodiyot vaqtning istalgan lahzasida raqobatli muvozanatda bo‘lmaydi, ya’ni «ko‘rinmas qo‘l» o‘z ishini bajarmaydi. Ikkinchidan, iqtisodiyotning qaysi darajada bo‘lishini yalpi talab belgilaydi. Dj.Keyns 42 fikricha, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti iste’molchilar, investorlar va hukumatning tovarlar va xizmatlar sotib olishga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi1. Monetarizm namoyandalari inqirozni pul xususiyatiga ega bo‘lgan sabablar bilan tushuntiradilar. Inqirozning monetaristik konsepsiyasi asosida pulning miqdoriylik nazariyasi yotadi. Monetarchilar fikricha, mamlakatdagi pul taklifi ustidan davlat nazoratini ta'minlash baholar barqarorligi va iqtisodiyotning o‘sish suriatlarini saqlab qolishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotdagi siklik tebranishlar konsepsiyasi. Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiyotning siklik xarakterga ega ekanligini inqirozlar yuzaga kelishining asosiy sababi sifatida ko'rsatadilar. Darhaqiqat, iqtisodiyot doimo o'zgarib, tebranib turadi. Masalan, yoz juda issiq kelsa, muzqaymoqqa bo‘lgan talab oshadi va uning ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi. Biroq bu tebranishni biznes sikli sifatida ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki bu bir sanoat tarmog‘idagi qisqa muddatli o‘sish, xolos. Agar odamlar muzqaymoq uchun ko‘p pul sarflasalar, ularning soyabon sotib olishga sarflaydigan pullari kamayadi. Boshqacha aytganda, muzqaymoq ishlab chiqarish hajmi oshsa, soyabon ishlab chiqarish sanoatida pasayish kuzatiladi. Baho mexanizmi esa ularning qaytadan muvozanatlashuvini ta'minlaydi. Biroq, uni qaytadan muvozanatga kelishi uchun ma'lum muddat kerak bo‘ladi. Moliyaviy inqirozni yuzaga keltiruvchi omillar. Spekulyativ kapital moliyaviy aktivlar narxidagi tebranishlar hisobidan daromad olish uchun paydo bo‘lib, u o‘zida yuqori likvidli qisqa muddatli qo‘yilma, bozordagi o'rtacha daromadlarga nisbatan yuqori daromadli, riskliligi yuqori bo‘lgan investitsiya kabi xususiyatlarni mujassamlashtirishi bozordagi jozibadorligini oshirib, ular bilan operatsiyalar ko‘lamining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Investorlar derivativlar bozoridagi vositalardan riskni kamaytirish, kurslar o‘zgarishidagi riskni sug'urtalash uchun foydalanishadi. Bunday bitimlarda xedjirni kontragenti sifatida spekulyant riskni o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun moliya bozorida ham xedjirlar, ham spekulyantlar bo‘lishi talab etiladi, ularsiz keng ko‘lamli, likvidli bozor taraqqiy etmaydi. Moliyaviy aktivlar valutaviy, foizli, kredit, likvidlik, operatsion, qonunlarning o‘zgarishi, hisob-kitoblarni tartibga solinishi va boshqa bir qator risklarni o‘zida mujassam etadi. Bozorning har qanday ishtirokchisi ham bunday risklarni barchasini qabul qilishga tayyor bo‘lmaydi. Ular derivativlardan foydalangan holda risklarni qayta guruhlashlari va bartaraf qilishlari mumkin. Derivativlar investorlarning alohida risklarini butun iqtisodiyotga tarqatdi va natijada butun iqtisodiymoliyaviy tizim beqarorligi kuchaydi. Birlashish va qo‘shib olishlar (ingl. Mergers and Acquisitions, M&A) kapital va biznesni mustahkamlashda makro va mikroiqtisodiy darajalarda bozordagi bir nechta kichik kompaniyalar o‘rnida yiriklarining yuzaga kelishi natijasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Birlashish bu ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashishi bo‘lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakllanadi. Birlashishlarda kompaniya yuridik shaxs va soliq tolovchi sifatidagi o‘zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya bilan birlashadi. Yangi kompaniya o'zining tarkibiy qismidagi kompaniyaning mijozlari oldidagi barcha majburiyatlarini va aktivlarini bevosita boshqarishni hamda nazorat qilishni o‘z zimmasiga oladi. 205 Qo'shib olish qo‘shib olinadigan kompaniya ustav kapitalining 30 foizdan ortig‘ini egallash yo‘li bilan amalga oshiriladigan va xo‘jalik jamiyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida tuziladigan bitimdir, bunda jamiyatning yuridik mustaqilligi saqlab qolinadi. Kompaniyalar birlashishi va qo'shib olinishining asosiy turlari tasnifi. Xususiyatiga bog‘liq holda kompaniyalar integratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: Kompaniyalarning gorizontal birlashishi. Bu aynan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaning qo‘shilishi emas, buning natijasida faoliyatni rivojlantirish va raqobatlashuv bo‘yicha ustunlikka erishiladi. Kompaniyalarning vertikal birlashish bu bir qator kompaniyalarning birlashishi boiib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xomashyo yetkazib beradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayishi va foydaning oshishiga erishiladi. Kompaniyalarning parallel birlashish o‘zaro aloqador boigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning birlashishi. Konglomerat birlashishi ishlab chiqarish yoki ta'minot munosabatlari bo‘yicha o‘zaro aloqador boimagan kompaniyalarning birlashishi boiib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo‘shilishi sodir boiadi. Tahliliy maiumotlarga ko‘ra dunyoda M&A bo'yicha har yili o‘n besh mingga yaqin bitim tuziladi. Bitimlar hajmi va qiymati bo‘yicha yetakchilikni AQSH egallagan. Geografik koiami bo‘yicha bitimlar quyidagilarga boiinadi: mahalliy; mintaqaviy; milliy; xalqaro; transmilliy (transmilliy korporatsiyalar ishtirokidagi bitimlar). Milliy aloqadorligi bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin: 206 ichki bitimlar (bitta mamlakat doirasida sodir bo‘ladigan); eksportga oid (bozorning xorijiy ishtirokchilariga nazorat huquqini berish); importga oid (xorijdagi kompaniyalar ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo‘lish); aralash (transmilliy korporatsiyalarning bitimlarida yoki bir nechta turli davlatlar aktivlari bilan kompaniyalarda ishtirok etish). Kompaniyalarning birlashish va qo‘shib olishlar jarayonining (M&A) faollashuvi zamonaviy iqtisodiyotning muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Korporatsiyalar birlashishi tufayli yuzaga keladigan salohiyatli imkoniyatlar integratsion jarayonlarning yanada jadallashuviga ta'sir ko‘rsatdi. Birlashish va qo‘shib olishlar ko‘pgina korporatsiyalar tomonidan o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga muvofiq holda ishlab chiqarish aktivlarini optimallashtirish hamda raqobatlashuv afzalliklariga erishish yo‘li sifatida qaraladi. Shuning uchun mazkur soha tadqiqotlari bo‘yicha ko‘pgina ekspertlar shug‘ullanishadi hamda ular korporatsiyalar birlashish va qo‘shib olishlarining universal loyihalarini tuzishga harakat qilishadi. Misol uchun, Watson Wyatt kompaniyasi korporatsiyalar birlashishining beshta bosqichini aniqlagan: vazifalarni tashkil etish, holatni baholash, tadqiq etish, muzokaralar o‘tkazish, haqiqiy birlashish. Shuningdek, ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini taklif etishgan. Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishning maxsus instrumentlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birlashish va qo‘shib olishlar, strategik alyanslar va autsorsing. TMKlar xalqaro birlashish va qo‘shib olishlar hamda global bozorlardagi raqobatlashuv holatini o‘zgartirish bo‘yicha transchegaraviy bitimlarni keng qo‘llaydilar. TMKlar faoliyati tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy globallashuv sharoitlarida birlashish va qo‘shib olishlar turli mamlakatlarning mahalliy aktivlardan investitsion portfelni tezlikda 207 shakllantirish, yangi bozorlarni o'zlashtirish, ishlab ehiqarish jarayonining yangi bosqichini hamda xomashyoning yangi manbalarini egallash imkoniyati hisobiga korporatsiya raqobatlashuvi oshishining muhim manbasi hisoblanadi. Dunyodagi yirik korporatsiyalar o‘rtasida birlashish va qo'shib olishlar, shuningdek, «yomon» aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSH, neft sohasi), General Electric (AQSH, konglomerat), Glaxo Smith Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSH, elektronika sanoati), Nestle (Shveysariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo‘lgan boshqa kompaniyalar qo‘shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveysariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Fransiyaning Sanofi-Aventis. Transchegaraviy birlashish va qo‘shib olishlar ishtirokchi kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish, asosan nomoddiy (nou-xau, savdo belgilari, tashkiliy bilimlar) va boshqalarga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta’sir ko'rsatadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling