Referat bajardi: 5230100 Iqtisodiyot
b) kamayib boruvchi qoldiq usuli
Download 118.62 Kb.
|
Referat
b) kamayib boruvchi qoldiq usuli. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bu usuli sonlar yigindisi usuli tamoyillariga asoslangan. Kamayib boruvchi qoldiq usulida har kanday qat’iy belgilangan eskirish me’yorini qo’llanilishi mumkin bo’lsa-da, ko’pincha to’g’ri chiziqli usulda foydalangan normal eskirish me’yorga nisbatan ikki karra ko’paytirilgan me’yor qo’llaniladi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda bu usulni ikki karra me’yorlarda kamayib boruvchi qoldiq usuli deb ham atashadi.
Oldingi misolda dastgohning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Bir tekisda eskirish hisoblash usulida o’rtacha yillik eskirish me’yori 20% (100%G’5 yilga)ni tashkil qiladi. Kamayib boruvchi qoldiq usulida hisobdan chiqarishning ikki karra me’yorida eskirish me’yori 40% (2x20%)ga teng bo’ladi. Qayd qilingan ushbu 40% har yil oxirida balans qiymatiga ko’paytiriladi. Eskirishni hisob-lashda taxmin qilinayotgan tugatish qiymati, oxirgi yildagisidan tashqari hisob-ga olinmaydi. Bu usulni ifodalovchi jadval quyida keltirilgan.
Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizatsiyaning qat’iy me’yori doimo oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizatsiya summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat, oxirgi yildagi amortizatsiya summasi balans qiymatini qoldiq qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan. *Oxirgi yilgi eskirish summasi asosiy vositaning 4- yilgi balans qiymati va xizmat muddati oxiriga qoldiq qiymati orasidagi farq summasini tashkil qi-ladi Asosiy vositalar eskirishini hisoblash bo’yicha yuqoridagi to’rt xil usulning qo’llanilishi zamon talabidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar asosiy vositalar eskirishini tezlashtirilgan usul bilan hisoblab, ularning ma’naviy eskirishining oldini olishi mumkin. Bundan tashqari, korxonalar kuchli raqobatchilik sharoitida doim ham bir maromda ishlash imkoni bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda ishlatilmagan asosiy vositalar bo’yicha eskirish hisoblash korxona xarajatlarining asossiz ravishda ortib ketishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ana shunday holatlarni hisobga olgan holda korxonalar eskirish hisoblashning 2-, 3-, 4-, usullaridan foydalanishlari mumkin. Bizning amaliyotda an’anaviy ravishda bir maromda (chiziqli) hisoblash usulidan foydalaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, asosiy vosi-talarning eskirishi har oyda belgilangan amortizatsiya me’yorlariga binoan hisob-lanadi va tegishli xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar eskirishi ularning turlari bo’yicha alohida ajratilgan hisobvaraqlarda olib boriladi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluv-chi hisobvaraqlar «kontraktiv hisobvaraqlar» bo’lib, ulardagi yozuvlar asosiy vositalar qiymatini kamaytiradi. Ushbu hisobvaraq krediti bo’yicha asosiy vo-sitalarning eskirish summasi to’planadi va bu summalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi: Download 118.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling