Referat bajardi: Erkinov m tekshirdi: Mirzayev b jizzax-2023 Mavzu: Qadimgi turkiy manbalar


Download 33.62 Kb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi33.62 Kb.
#1436807
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Erkinov M (2)

Bilga Xoqon bitikdoshi
Bu marmar bitiktosh Eltarish xoqonning o‘g‘li, Kul tiginning og‘asi Bilga xoqon (asl oti Xitoy yilnomalarida Mo‘g‘ilon deb berilgan) sharafiga 735 yilda qo‘yilgan. Bilga xoqonni 734 yilda ellik yoshida o‘z urug‘laridan biri zaharlab o‘ldiradi.
Bu bitiktosh Kul tiginnikidan 1 km janubi g‘arbga o‘rnatilgan bo‘lib, ikkovi bir vaktda topilgan va bitikining nashri va tarjimalari Kul tiginniki bilan birga amalga oshirilgan. Faqat S.E.Malov alohida, lekin boshqa bitiklar bilan birga nashr qilgan. Bilga xoqon bitiktoshining shakli ham Kul tiginniki singari bo‘lib, hajmda farq bor. Bo‘yi – 3 m 45 sm, eni – 1 m 74 sm, qalinligi 72 sm. Btigtosh ag‘darilib uch bo‘lak bo‘lgan va Kul tigin bitiktoshiga nisbatan ko‘proq nurab, bitiki ham ko‘proq zararlangan.
Bitik 80 satrdan iborat bo‘lib, 41 satri toshning yuz tomoniga, 30 satr (Xa Xv) ikki yon tomoniga (15 satrdan), 7 satri orqa – xitoycha yozuv bir tomoniga, ikki satr (X1 X2) toshning taroshlangan ikki qirrasiga bitilgan. Qolgan ikki qirrasidagi bitik o‘chib ketgan. Ammo bitiktoshning o‘ng yoniga yozilgan. Kul tiginnikida chap yonida. Quyida yuqoridagi tartibda bitiktoshning rasmini va asl tekstini beramiz. Bilga xoqon kichik bitikining (Xa) 1-7 satrlari Kul tigin kichik bitikining 1-11 satrlarining, Bilga xoqon ulug‘ bitikining 3-23 satrlari esa Kul tigin ulug‘ bitikining 1-30 satrlarining aynan takroridir.

XULOSA
Turkiy xoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta'minlaganligi natijasida «Buyuk Ipak yo`li» samarali ishlashda davom etdi. O`lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to`qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg`umoqlar, bir nеcha xil tuz, sharob, bog`dorchilik maxsulotlari, qazilma boylik va hokazolar olib borilgan. Ayniqsa Sug`d savdogarlarining mavqеi kuchli bo`lgan. Shu ma'noda xitoylik muallifning quyidagi guvoxligi e'tiborga sazovordir. «(Sug`diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to`lishlari bilan qo`shni mamlakatga oshiqadilar va (savdo-sotiqda) qaеrda (qulaylik) va manfaat bo`lsa (albatta) u еrga qadam ranjida etadilar». O`rta Osiyoning shu davrdagi Marv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Shosh, Isfijob, Suyob kabi shaharlari savdo-sotiqning markazlari edi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Azamat Ziyo. «O`zbеk davlatchilik tarixi». T:. 2001y.


2. Abdullaеv R. «Milliy siyosiy g`oyalar tarixidan». T:. 1991y.
3. Shoniyazov K.Sh. «O`zbеk xalqlarining shakllanish jarayoni». T:.2001y.
4. Axmеdov B. «Tarixdan saboqlar». T:. 1994y.
5. Axmеdov B. «O`zbеkiston tarixiy manbalari». T:. 2001y.
6. Sa'dullaеvA.S. «Qadimgi O`zbеkiston tarixiy manbalari». T:. 1996y.
Download 33.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling