Referat bajardi: Namazov Bobur tekshirdi: Yuldashev Feruz


Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan tanlash usullari


Download 59.73 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1559330
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-1log20 statistika

Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan tanlash usullari
Bosh to‘plam-bu o‘rganiladigan ko‘p hajmli birliklar majmuasidir. Tanlanma to‘plam yoki qisqacha tanlanma - bosh to‘plamdan kuzatish uchun tanlab olingan birliklar yig‘indisi. Agar tanlanmada bosh to‘plamning muhim xususiyatlari namoyon bo‘lsa, u reprezentativ deyiladi.
Tanlanma o‘zida bosh to‘plamning muhim jihatlarini ifodala-shi reprezentativlik deb ataladi. Tanlanma qanchalik reprezentativ bo‘lishidan qat’i nazar bosh va tanlanma ko‘rsatkichlar o‘rtasida doimo tafovutlar bo‘ladi. Chunki bosh to‘plamda tanlanmaga kiritilmagan boshqa birliklar ham bor. Ana shu tafovutlar tanlanmaning reprezentativlik xatolari deyiladi.
Reprezentativlik xatolari ikki turga bo‘linadi:
tasodifiy xatolar;
sistematik (muntazam) xatolar.
Ishonch koeffitsiyentining berilgan qiymatlari uchun ehtimollarni hisoblash jarayonini qulaylashtirish maqsadida ular o‘rtasidagi bog‘lanishni xarakterlaydigan jadval tuzilgan. Bu jadval berilgan ishonch koeffitsiyentiga ko‘ra ehtimolni va aksincha istalgan ehtimolga mos keladigan ishonch koeffitsiyentini aniqlash imkonini beradi. Jadvaldan tanlanmaning miqdori (n) yetarlicha katta bo‘lgan hollardagina foydalanish mumkin. Agar tanlanmaning miqdori n30 bo‘lsa, u kichik tanlanma deb yuritiladi. Kichik tanlanmalar uchun ehtimol faqat ishonch koeffitsiyentiga emas, balki tanlanmaning miqdoriga ham bog‘liq ravishda aniqlanadi. Kuzatish dasturi - bu kuzatish jarayonida ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan kuzatish va hisob birligining asosiy belgilaridir.

Kuzatish dasturi (programmasi) deb o‘rganilayotgan hodisa, obyekt haqida ma’lumot to‘planadigan belgilar majmui yuritiladi. Boshqacharoq aytganda, kuzatish dasturi kuzatish jarayonida javoblar olinishi lozim bo‘lgan savollar to‘plamidan iborat. U qanchalik to‘g‘ri tuzilsa, tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi.


Dastur tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga muvofiq tuziladi. Bu ishni amalga oshirayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: birinchidan dastur eng muhim o‘zgaruvchan belgilarni o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, talabalar o‘zlashtirishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u holda dasturda u talabami yoki yo‘q, mahmadonami yoki yo‘q, kitob o‘qiydimi yoki yo‘q degan savollarni yozish noo‘rin bo‘lardi; ikkinchidan, dasturda shunday savollarni (belgilarni) aks ettirish kerakki, ular yordamida kuzatilayotgan hodisani chuqurroq o‘rganish va olingan ma’lumotlarni tekshirish imkoniyatlari yaratilsin. Uchinchidan, dasturdagi savollar (belgi nomi) aniq va qisqa, hammaga tushunarli qilib ifodalanishi kerak; to‘rtinchidan, kuzatish dasturini tuzish ishiga keng jamoatchilik, ilmiy xodimlar va yirik mutaxassislar jalb qilinishi lozim, uni maxsus kengashlarda va matbuotda har tomonlama muhokama qilish ayni muddao.
Statistik kuzatish vaqti - bu kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va o‘tkaziladigan muddat.
Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish vaqti hodisani o‘rganish davridir, ya’ni uni tekshirish boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nihoyasiga yetguncha o‘tgan vaqt oralig‘i (davr)dir. Bu holda u ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqtni ham, ularni to‘plash vaqtini ham o‘z ichiga oladi. Statistik kuzatish tor mazmunga ega bo‘lib, faqat ma’lumotlarni to‘plash jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar to‘plash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oralig‘i tushuniladi. U hodisani o‘rganish, ro‘yobga chiqish davrini, ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqt oralig‘ini o‘z ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oralig‘i hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 2400 soatgacha o‘tgan vaqt uzunligi bilan o‘lchanadi. Kuzatish muddati esa hisobotni taqdim etish uchun belgilangan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o‘z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi: Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling