Referat bajardi: Qabul qildi: qarshi 2023


Download 110.67 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi110.67 Kb.
#1634650
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bebutov Jasurbek


TT VA KT ” FAKULTETI


4 – BOSQICH ATC 11-19 GURUH TALABASINING
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MUAMMOSI SIFATIDA
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


REFERAT


Bajardi:
Qabul qildi:
QARSHI – 2023
Mavzu: Axborot xavfsizligini taminlash bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida.
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Nima sababdan axborot tizimlarida yo‘q qilinish, xatolar va suiste’mol qilinishlar ehtimoli yuqori?

  2. Xavfsizlik va nazorat uchun tashkiliy tuzilmaning qanday komponentlari mavjud?

  3. Axborot resurslarini himoya qilishda qaysi vositalar va texnologiyalar eng muhim hisoblanadi?

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.





KIRISH
Bugungi kunda axborot xavfsizligini taminlash dolzarb muammolardan biri bo’lib bormoqda , tizimga yoki jarayonga tashqi tomondan buzib kirish tizimni ishdan chiqarish , malumotlarni o’g’irlash kabi xujumlar soni tobora bugungi kunda xakkerlar tomonidan ko’payib bormoqda bunday holatda biz uz xavfsizligimizni malumotlarimizni himoya qilishimiz uchun uz xavfsizlik tizimimizni kuchli va mustahkam ishlab chiqishimiz kerak . Yoshlarni o’z huquqlari qonun qoidalari bilan tadbirlar uyushtirib tanishtirishimiz kerak xozirgi kunda ko’pchilik o’z malumotlarini hisob raqamidagi mablag’larini kiber jinoyatchilarga osonlikcha oz’ qo’llari bilan berib qo’yishmoqda masalan:Sizni telefoninggizga kod keldi hisob raqaminggizdan pul surab yoki shaxsiy kompyuterizga ulanish uchun har xil yo’llar aldovlar bilan bu kodni sizdan olishga harakat qilishadi bunday holatlarda juda hushyor bo’lish talab qilinadi.
Xavfsizlik tushunchasi hayotda asosan biror holat uchun xavf-xatar bo‘lmagan yoki uning uchun ishonchli himoya o‘rnatilganligini bildiradi. Axborot tizimlarida ham xuddi shunday ma’noni anglatgan bu ibora tizimning normal faoliyat ko‘rsatishi, samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar mavjudligi va tizimning turli xavf-xatarlardan ishonchli himoyalanganligini ta’minlaydi va uni aynan shu holat uchun axborot xavfsizligi deb ataladi.

Internetga brandmauer (firewall)siz yoki antivirus dasturisiz ulanishga urinib ko‘rsangiz nima bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? Kompyuteringiz bir necha soniyadan keyin o‘z-o‘zidan o‘chib qoladi va uni tiklash uchun bir necha kun kerak bo‘ladi? Agar kompyuteringizdan biznesingizni yuritish uchun foydalanayotgan bo‘lsangiz va unga virus tushgan bo‘lsa, mijozlaringizga tovar etkazib bera olmaysiz yoki etkazib beruvchilarga buyurtma bera olmaysiz. Undan tashqari, sizning kompyuter tizimingizga begonalar kirib, faqat sizga tegishli bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarni, shu jumladan mijozlaringizni to‘lovlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlangani aniqlanadi. Agar ma’lumotlarning katta qismi o‘chirib tashlangan yoki oshkor qilingan bo‘lsa, ishoning, biznesingizni tiklay olmaysiz!


Qisqacha qilib aytganda, agar siz biznesni boshqaryotgan bo‘lsangiz, siz, birinchi navbatda, xavfsizlik va boshqaruvga e’tibor qaratishingiz zarur. Xavfsizlik choralari ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga, ma’lumotlar o‘g‘irlanishiga yoki axborot tizimlariga jismoniy shikast etkazilishiga qarshi ko‘rilishi lozim. Boshqaruv, o‘z mohiyatiga ko‘ra, tashkilot aktivlari xavfsizligini ta’minlashdan, yozuvlar to‘g‘ri va aniq bajarilishidan, biznes-siyosat va tashkiliy tartibotning oqilona yuritilishidan, boshqaruv standartlariga qat’iy rioya qilishdan iboratdir.

1-rasm. Axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari.

Veb-ilovaning arxitekturasi, odatda, o‘z tarkibiga veb-mijoz, server va ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq korporativ axborot tizimlarini oladi. Ushbu komponentlarning har biri xavfsizlik va tahdidlikka oid muammolarni yuzaga keltiradi. Suv toshqinlari, yong‘inlar, elektrta’minotidagi nosozliklar va tabiiy hamda texnogen turdagi ega boshqa ofatlar tarmoqning istalgan nuqtasida muammolar yoki nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin.


Agar kompyuter nosoz yoki tegishli tarzda sozlanmagan bo‘lsa, noto‘g‘ri foydalanilish yoki jinoiy harakat tufayli tizim ishdan chiqishi mumkin. Dasturlashdagi xatolar, dasturlarning noto‘g‘ri o‘rnatilishi, ruxsatsiz amalga oshirilgan o‘zgarishlar kompyuterdagi dasturiy ta’minot ishida nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Elektr toki ta’minotidagi uzilishlar, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqa turdagi tabiiy ofatlar ham kompyuter tizimlarini ishdan chiqarishi mumkin. Agar qimmatli ma’lumotlar internet tarmoqlari yoki tashkilot tomonidan nazorat qilinmaydigan kompyuterlarda joylashtirilgan bo‘lsa mahalliy yoki xorijiy kompaniyalar bilan hamkorliklar ham ma’lumotlar bazasining xavfsizligi zaiflanishiga sabab bo‘ladi. Agar tegishli tarzda xavfsizlik choralari ko‘rilmasa, qimmatli ma’lumotlar begona shaxslar qo‘liga tushib qolishi, maxfiy ma’lumotlar va o‘ta muhim tijorat sirlari oshkor qilinishi mumkin. Natijada, kompaniya obro‘siga putur etkazilib, biznesning rivojlanishi katta xavf ostida qoladi va hk.
Biznes-hisoblashlarda ishlatiladigan mobil qurilmalarning ommaviylashuvi ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Uyali telefon apparatlari, smartfonlar va planshetlarning ma’lumotlari va shakllari yo‘qotishlar va o‘g‘irliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Smartfonlar ham xuddi boshqa internet-qurilmalarda bo‘lganidek, zararli dasturlardan ziyon ko‘rishlari mumkin. Korporativ xodimlar tomonidan ishlatiladigan smartfonlarda sotuvlar haqidagi ma’lumotlar, mijozlarlarning telefon raqamlari va elektron manzillari kabi maxfiy axborot saqlanadi. Huquqbuzarlar, masalan, raqobatchi kompaniya xodimlari, aynan shunday mobil qurilmalar orqali ichki korporativ tizimlarga kirishlari mumkin.

Foydalanuvchi

Autentifikatsiya so‘rovi

Chaqirish

Javob

Omad



Download 110.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling