Referat bajardi: Qabul qildi


Download 0.96 Mb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1374054
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
referat — копия


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR

YO’NALISHI

211-GURUH TOLIBI





______________________________________________





REFERAT



Bajardi:_______________ Qabul qildi______________

Reja:
1) GPS va GLONASS global navigatsiyali yo‘ldosh sistemalari


2)GPS texnologiyasi
3)GPSning ixtirosi va evolyutsiyasi

XX-asrning ikkinchi yarmiga kelib ilm-fannning shiddatli rivojlanishi natijasida texnika va texnologiyalar borasida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Masalan koinotga uchirilgan Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshini misol qilsa bo‘ladi. Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi koinotga uchirigandan so‘ng bu soha o‘zining rivojlanish bosqichini boshladi. O‘sha davrning yetakchi davlatlari bo‘lgan Sobiq Ittifoq va Amerika Qo‘shma Shtatlari (keyingi o‘rinlarda AQSh deb ataladi) bu sohada ham yetakchi bo‘lib, bu ikki davlat bir-biriga raqobatchi bo‘lgan. Bu raqobat natijasida kosmik geodeziya vujudga keldi. XX-asrning 70-yillariga kelib AQSh davlati global pozitsiyalash tizimi (Global Position System, keyingi o‘rinlarda GPS deb ataladi. Uning parallel nomi NAVSTAR – NAVigation Satellite Timing And Ranging) texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi.


GPS texnologiyasi Yer yuzining istalgan joyida turib shu nuqtaning geografik koordinatasini GPS priyomnigi yordamida aniqlash imkonini beradi.
GPS tizimi 1970 yillarda tez rivojlanib bordi. (Bu tizimdan oldin TRANSIT-yo‘ldoshli tizimi qo‘llanilgan bo‘lib, u aniqlik jihatidan ancha past bo‘lgan). Dastlab bu tizimni faqat navigatsiya maqsadlarida qo‘llash ko‘zda tutilgan edi, lekin 1976-78 yillarda Massachuset texnologiya institutida olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki GPSni qo‘llaganda koordinatalarni millimetr aniqlikda topish mumkinligi aniqlangan, shundan so‘ng bu tizim geodezik o‘lchashlarni bajarishda keng qo‘llanila boshlandi.



GPS tizimining fazoda ko‘rinishi.
GPSning ishlash prinsipi umumiy holda quyidagicha. Yer oldi fazosida Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan iborat bo‘lgan to‘r hosil qilingan. Bu to‘r butun Yer yuzasini bir tekislikda «qoplab» turadi. Yer yo‘ldoshlarining orbitasi juda yuqori aniqlikda hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir yo‘ldoshning koordinatasini ixtiyoriy vaqtda bilish mumkin. Yo‘ldoshga o‘rnatilgan radiouzatgichlar Yer yuzasiga yo‘naltirilgan uzluksiz signallar yuborib turadilar. Bu signallarni koordinatalari aniqlanayotgan nuqtaga o‘rnatilgan GPS qabul qilish moslamasi (priyomnik) qabul qiladi.
GPS va priyomnik apparatlari majmuasiga etalon soat ham kiradi. Bu soatning sutka davomida chastotasini stabilligi ga teng. Barcha Yer yo‘ldoshlariga o‘rnatilgan soatlar sinxronlashtirilgan va «vaqt tizimi»ga bog‘langan. GPS-priyomnikni vaqt etaloni aniqligi unchalik yuqori emas (priyomnik narxini juda ham oshirib yubormaslik maqsadida aniqlik keragidan oshirib yuborilmagan). Bu etalon o‘lchash ishlari olib borilayotgan qisqa vaqt davomida chastotalarni stabilligini ta’minlab bersa yetarlidir.



GYeOSUN R-1 GPS priyomnigi.
Amalda vaqt o‘lchashda xatolik bo‘ladi, bunga sabab Yer yo‘ldoshi va priyomnikdagi vaqt shkalalarining mos kelmasligidir. Shu sababli priyomnik yo‘ldosh uzoqligini noto‘g‘ri hisoblaydi. Bunga “sohta uzoqlik” (psevdodalnost) deyiladi. Priyomnik ishlash jarayonida barcha Yer yo‘ldoshlarigacha bo‘lgan masofalar bir vaqtda o‘lchanadi. Demak, barcha o‘lchashlar uchun vaqt mos kelmasligini doimiy deyish mumkin. Matematik nuqtai nazardan qaraganimizda bizga nafaqat X,U,N, koordinatalar, priyomnik soatiga tuzatma ∆t ham noma’lumdir. Bularni aniqlash uchun to‘rta va undan ortiq yo‘ldoshlargacha bo‘lgan soxta uzoqliklarni o‘lchashimiz kerak.
O‘lchash natijalarini priyomnikda qayta ishlash natijasida (X, U, N) koordinatalar va aniq vaqt hisoblanadi. Agarda priyomnik harakatlanuvchi ob’ektga o‘rnatilgan bo‘lsa u vaqtda soxta uzoqlikdan tashqari radiosignallar chastotalarining dopler siljishlari ham o‘lchanadi, unda ob’ekt tezligi hisoblab topilishi mumkin.
17.2 GPS tizimi segmentlari
GPS tizimiga quyidagilar kiradi:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling