Referat bajardi: Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish


Download 42.62 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi42.62 Kb.
#1059029
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
furqat


Moliyaviy Rejalashtirish mamlakat milliy xо‘jaligini Rejalashtirishning tarkibiy qismi bо‘lib, sosial-iqtisodiy rivojlanish Rejasining kо‘rsatkichlariga tayanadi, Moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yо‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bug’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni о‘zida aks ettiruvchi Moliyaviy Rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va myetodlarining о‘ziga xosligi;
Moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bо‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy Rejalashtirishning bosh ob’yekti Rejada о‘zining miqdoriy ifodasini oladigan Moliyaning bug’inlari (Moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkryet pul fondlari mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tyegishli Moliyaviy Rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.

Moliyaviy Rejalar tizimining markazini byudjet Rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va myetodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi о‘zining miqdoriy ifodasini topadi.

Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pyensiya fondi, Sosial sug’urta fondi, Majburiy tibbiyot sug’urtasi fondi, Yо‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning Moliyaviy Rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida о‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida Yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug’urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda о‘rnatiladi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.

Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yо‘qotmalarni tiklash uchun kerak bо‘ladi. Barcha hо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham Rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi Moliyaviy Rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yо‘nalishidagi) mablag’larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan kо‘rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta tо‘lanmalari summasini tо‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning Rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.


Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling