Referat bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Karbonsuvlar. Tuzilishi va funksiyalari


Download 173 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi173 Kb.
#1310028
TuriReferat
Bog'liq
Karbonsuvlar tuzilishi va funksiyasi

REFERAT
Bajardi:_____________________


Tekshirdi:___________________


Mavzu: Karbonsuvlar. Tuzilishi va funksiyalari.


Reja
1. Karbonsuvlar va ularning umumiy xususiyatlari
2. Karbonsuvlar. Tuzilishi va funksiyalari.

Asosiy ozik moddalarning katta guruxlaridan biri bulgan uglevodlar, ya’ni karbonsuvlar o‘simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradigan, uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan birikmalar guruhidir. Kislorod va vodorodning nisbati bu moddalarda suvdagi vodorod va kislorodning nisbatiga teng. Shu bilan birga karbonsuvlarga yaqin moddalar mavjud bo‘lib, ularda vodorod va gidroksil gruppalar boshqa atomlar gruppalari bilan almashingan bo‘ladi. Ular tarkibida uglerod, vodorod va kisloroddan tashqari azot, oltingugurt yoki fosfor kiradi.


Karbonsuvlar barcha hujayra va to‘qimalarda mavjud bo‘lib, hujayra strukturalari hosil bo‘lishida qatnashadi. Shu bilan birga karbonsuvlar organizmda himoya va zahira oziq moddasi vazifasini ham bajaradi.
Uglevodlar tuzilishi, molekulyar massasi va boshqa xossalariga ko‘ra monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga bo‘linadi. Monosaxaridlar va disaxaridlar shirin ta’mga ega bo‘ladi. Ularning shirinlik darajasi har xildir. Eng shirin ta’mga ega bo‘lgan karbonsuv fruktozadir. Agar uningg shirinlik darajasi 100 birlik deb olinsa, glyukozaning shirinlik darajasi 42 ni, galaktozaniki 18 ni tashkil etadi. Masalan, asalning shirinlik darajasi juda yuqori bo‘lishiga sabab, uning tarkibida ko‘p miqdorda fruktoza bo‘lishidadir.
Tabiatda faqat D qator karbonsuvlar uchraydi. Ulardan eng muhimlari tarkibida 5 - 6 uglerod atomi bo‘lgan glyukoza, fruktoza, galaktoza va mannozalardir. Monosaxaridlar ma’lum miqdorda sut tarkibida bo‘ladi. Masalan, odam sutida monosaxaridlardan glyukoza, sigir va cho‘chka sutida monosaxaridlardan glyukoza va galaktoza borligi aniklangan. D glyukoza erkin holda qon va to‘qimalar suyuqliklarida doim bo‘ladi.
Organizmda nerv-gumoral boshqarilish natijasida qondagi glyukoza mikdori - konsentratsiyasi doimiy saqlanib turadi. Odam organizmida glyukozaning umumiy miqdori 20 g ga teng. Organizmda glyukozadan oson energiya hosil bo‘ladi. Glyukozaning parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya ATF ko‘rinishida to‘planadi. Bu jarayon ikki xil kechishi mumkin: kislorod ishtirokida anaerob yo‘l bilan (glikoliz, glikoneogenez) va kislorod ishtirokida aerob yo‘l bilan.
Karbonsuvlar organizm uchun asosiy energetik manba, ular o‘simliklarning 80-90 % ini tashkil qiladi. Bir vaqtning o‘zida ular plastik material hamdir. Karbonsuvlar boshqaruv, himoya va boshqa funksiyalarni bajaradi. Masalan, glyukuron kislota jigarda har xil toksinlar bilan birikib, ularning zararsizlantirili­shini ta’minlaydi.
Karbonsuvlardan ba’zilari yelimsimon modda bo‘lib, organizmning “yo’lovchisi” bo‘lib xizmat qiladi. Mukopolisaxaridlar bo‘g’imlardagi suyuqliklarni tashkil qiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani gialuronat kislota va geparin. Disaxaridlar oshkozon - ichak fermentlari ta’sirida taz parchalanish va so‘rilish xususiyatga ega. Odam karbonsuvlarning 80 % ini kraxmal ko‘rinishida qabul qiladi. Pektin moddalar - o‘simlik mahsulotlaridan iborat polisaxaridlardir. Sorbit va ksilitlar karbonsuvlarning hosilalari bo‘lib, ularning so‘rilishidan qonda shakar miqdori oshib ketmaydi. Kishining karbonsuvlarga bo‘lgan sutkalik talabi bajaradigan jismoniy ishning intensivligiga boliq. Qancha ko‘p ish qilinsa va arakat tez bajarilsa, bu miqdor shuncha ko‘p bo‘ladi. Њrtacha bu son 400-500 g, shundan kraxmal 50-100 g, oziq tolalari esa kamida 25-30 g bo‘lishi kerak. Shakarning ko‘p iste’mol qilinishi tish kariesiga, MNS da tormozlanish va qo‘zg’alish jarayonlarining nisbat me’yori buzilishiga, sovuqqa chidamsizlika, har xil allergiyalarga olib keladi. Me’yoridan ko‘p karbonsuv insulin gormonining ko‘p ajralib, organizmda yol to‘planishiga olib keladi.
Ma’lumki, ovqatlanish kishining me’yoriy fiziologik ehtiyoji bo‘lib, organizmda kechadigan qator hayotiy jarayonlarning amalga oshishi hamda ularni energiya bilan ta’minlashda muhim hisoblanadi. Inson ovqatining asosiy qismini oqsil, yoђ va karbonsuvlar tashkil etadi. Mazkur asosiy oziq moddalar ham plastik, ham energetik ahamiyatga ega bo‘lib, bular orasidan karbonsuvlar miqdor jihatidan kunlik ovqatning asosiy qismini tashkil etadi.
Ovqat bilan qabul qilingan karbonsuvlar organizmda qator kimyoviy o‘zgarishlarga uchrab, energiya beradi. Hosil bo‘lgan energiya muskullarning harakatlanishi, nerv impulslarining o‘tkazilishi hamda qator hayotiy jarayonlarning kechishi uchun sarflanadi. Inson ovqatidagi karbonsuvlarning asosiy manbai non, kartoshka, makaron, meva-chevalar, poliz mahsulotlari hamda har xil shirinliklar, sut, go‘sht, tuxum va ulardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.
Kunlik ovqatdagi karbonsuvlarning umumiy miqdori odatda, 450-600 g ni tashkil etib, bu miqdor kishilarning aqliy va jismoniy faoliyati, yoshi, jinsi hamda yashash sharoitiga qarab o‘zgarib turadi. Sport bilan shuђullanuvchilarda bu ko‘rsatkich 800 g gacha ko‘tarilishi mumkin. Odatda, kunlik qabul qilinadigan karbonsuvlarning 20-25 % yengil hazm bo‘ladigan har xil shirinliklar, shakar, qand-qurslar, qolgan 75-80 % ni esa murakkab tuzilishli karbonsuvlar hamda ma’lum qismini oziq tolalari (kletchatka, pektin, lignin, gemitsellyuloza) tashkil etadi. Murakkab tuzilgan karbonsuvlar ovqat hazm qilish kanalida karbogidrazalar ta’sirida peshma-pesh parchalanadi va monosaxaridlarga aylangandan so‘ng qon va limfaga so‘riladi.
Oziq tolalari garchi energetik qiymatga ega bo‘lmasada, ichaklarning harakati va mikroflorasini yaxshilash, zararli moddalarni tanadan olib chiqib ketish hamda yo‘ђon ichakdagi ma’lum bosimni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Karbonsuvlarning organizmda tutgan o‘rnini belgilashda ularning kimyoviy tuzilishi va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Karbonsuvlarning elementar tarkibi boshqa biomolekulalarga nisbatan sodda tuzilishli bo‘lib, asosan uglerod, kislorod va vodoroddan iborat.Vodorod va kislorod atomlari soni o‘rtasidagi nisbat suvniki singari bo‘ladi. Shu bois ularga karbonsuvlar deb nom berilgan. Lekin ayrim vakillarining tarkibida uglerod, kislorod va vodoroddan tashqari azot, oltingugurt hamda fosfor (aminoqand, tioqand va boshqalar) kabi elementlar ham uchraydi (Raximov, 1986).
Karbonsuvlar tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘simliklarning turli qismlari quruq moddasining 70-80 % ini tashkil etadi. Odam va hayvonlar organizmidagi miqdori esa 2 % atrofida bo‘lib, ular organizmida hayotiy jarayonlarning borishida katta o‘rin tutadi.
Karbonsuvlar organizm uchun asosiy energetik manba bo‘lib, organizmga qabul qilinadigan umumiy energiya miqdorining 60 % dan ziyodi karbonsuvlarga, qolgan 40 % esa oqsil va yoђlarning hissasiga to‘ђri keladi. Karbonsuvlarning 1 grammi to‘liq oksidlanganda 4,1 kkal energiya ajraladi.
Ekstremal sharoitlarda organizmda kechadigan fiziologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlashda eng avvalo zahira karbonsuvlar (jigar va muskul glikogeni) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, karbonsuvlar plastik material sifatida ishlatilib, hujayra va uning komponentlarining tuzilishida, nukleoproteidlar, glyukoproteidlar hamda lipopolisaxaridlarning sintezida ishtirok etadi. Karbonsuvlar va ularning hosilalari organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ular ovqat hazm qilish qilish trakti va bronxlar shilliq qavatining tuzilishida ko‘p miqdorda ishtirok etib, mazkur qismlarni mexanik ta’sirlardan hamda kasallik qo‘zђatuvchi mikroblarning o‘tishidan saklaydi. Shuningdek, glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘lgan glyukuronat kislota glikozid boђlari bilan birikkan shaklda bir qator murakkab karbonsuvlar tarkibida uchraydi. Jigarda u ichakdan so‘riladigan har xil zararli moddalarni zararsizlantiradi.
Karbonsuvlar boshqa biomolekulalar bilan birikib (oqsillar bilan glikoproteidlar, yosђlar bilan glikolipidlar), murakkab birikmalar hosil qiladi. Organizmda bunday birikmalar miqdor jihatdan ko‘p bo‘lmasada, biomembranalarni hamda hujayraning boshqa komponentlarining tuzilishida qatnashadi (Raximov, 1986). Shu bilan bir qatorda, hujayralarning bir-birini tanish va o‘zaro aloqalarida, immunologik xossalarni hamda qon ivishi jarayonlarini ta’minlash kabi spesifik vazifalarning amalga oshishida qatnashadi.
Karbonsuvlarning kunlik iste’mol qilinadigan taomlardagi miqdori me’yoridan ortiq bo‘lsa, tanada ulardan yoђlar sintezlanadi. Natijada ular teri osti va ichki organlar atrofida to‘planib, semizlikka (ortiqcha tana massasiga) olib keladi. Bunday holatning surunkali davom etishi esa turli xastaliklarning kelib chiqishiga zamin tayyorlaydi. Karbonsuvlarning kunlik ovqatdagi miqdorining me’yor darajasida bo‘lishi bu boradagi masalalarni yechishda muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Karbonsuvlar ovqat hazm qilish traktida qator o‘zgarishlarga uchraydi. Monosaxaridlardan boshqa barcha uglevodlar oshqozon-ichak yo‘lida gidrolizlanadi yoki parchalanadi. Bunday jarayondan suvda erimaydigan polisaxaridlar mustasno bo‘lib, disaxaridlardan saxaroza va laktozalar esa faol gidrolizlanadi.


Karbonsuvlar gidrolizlanib, mayda bo‘laklargacha parchalangandan keyingina ichak devoridagi maxsus mexanizmlar orqali qonga, organizmning ichki muhitiga o‘tishi ta’minlanadi. Bordi-yu, disaxaridlar oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tmay, to‘ђridan-to‘ђri qonga yuborilsa, ular hech qanday o‘zgarishga uchramasdan, deyarli o‘zlashtirilmasdan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Karbonsuvlardan polisaxaridlarning gidrolizlanishi oђiz bo‘shliђida so‘lak bezlaridan ajralgan suyuqlik tarkibidagi -amilaza ta’sirida boshlanadi. Buning uchun oђizga olingan ovqat tishlar va til yordamida maydalanib, so‘lak bilan obdon aralashishi kerak. Natijada bu polisaxarid saxarozagacha parchalanadi. Lekin bunday gidrolizlanish oђiz bo‘shliђida juda kam miqdorda bo‘lib, uglevodlarning umumiy hazm jarayonida amaliy ahamiyatga ega emas. Oђiz bo‘shliђida oziq moddalarning, jumladan, uglevodlarning ham oshqozon-ichak yo‘lida hazm bo‘lishi uchun fizikaviy o‘zgarishga uchrashi ularning kimyoviy o‘zgarishga uchrashiga nisbatan muhim ahamiyat kasb etadi.
Oshqozonda so‘lak bilan aralashib tushgan karbonsuvlar qisman parchalanadi. Chunki bu yerdagi kislotali muhitda so‘lakdagi karbonsuvlarga ta’sir etuvchi fermentlar o‘z faolligini yo‘qotadi.
Yana shu narsa aniqlanganki, me’da shirasidagi amilolitik fermentlar faqat so‘lak bilangina tushmasdan, balki qonning harakati orqali ham oshqozonga yetib kelishi mumkin ekan.
Oshqozonda ovqatning saqlanish muddati ham har xil bo‘lib, karbonsuvli ovqatlar me’dadan ichaklarga tezroq o‘tib ketsa, go‘shtli, yoђli ovqatlar esa bir muncha vaqt (8-10 soat) saqlanadi. Uglevodlarning bir turi bo‘lgan kletchatka (sellyuloza) oshqozon-ichak yo‘lida deyarli kimyoviy o‘zgarishlarga uchramaydi. Lekin shunday bo‘lsada, u meva va sabzavotlar orqali organizmga qabul qilinib, boshqa oziq moddalarning me’yoriy o‘tishini ta’minlashda muhim hisoblanadi.
Shuningdek, ingichka ichakning pastki qismlari va yo‘ђon ichakda kletchatka simbiont mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, ferment ta’sir qiladigan holatga olib keladi. Uning parchalanishida organik kislotalar, SO2, N2O va SN4 hosil bo‘ladi. Qonga so‘rilgan organik kislotalar oziq modda sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Demak, karbonsuvlar oshqozon-ichak yo‘lida yuqorida aytilganidek, tegishli o‘zgarishlarga uchrab monosaxaridlarga aylangandan keyingina organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Bu borada ingichka ichakdagi hazm jarayonlari alohida o‘rin tutadi. Bu haqda keyingi boblarda batafsil ma’lumotlar berilgan.
Oђiz bo‘shliђida karbonsuvlarning gidrolizlanishi da so‘lak va uning tarkibidagi fermentlar alohida o‘rin egallaydi. Oђiz bo‘shliђiga so‘lak quloq oldi, til osti va jaђ osti hamda sochilib joylashgan mayda bezlar tomonidan ajraladi. Uning tarkibida yuqorida aytilganidek, oz bo‘lsada -amilaza va maltaza fermentlari bo‘ladi. Ulardan -amilaza ovqat bilan qabul qilingan karbonsuvlardan kraxmalni maltozagacha parchalaydi. Maltoza esa o‘z navbatida maltaza ta’sirida glyukozagacha parchalanadi.
Bundan tashqari, so‘lakda proteolitik va lipolitik fermentlar ham mavjud bo‘lib, oz miqdorda uchraganligi bois, ularning ahamiyati nihoyatda cheklangan.
Shuningdek, so‘lakdagi mutsin oђizda chaynalib, yutishga tayyorlangan ovqat luqmasining silliq o‘tishini ta’minlaydi.
So‘lak reaksiyasi ishqoriy bo‘lib (rN-7,4-8,0), u toza holda rangsiz va hidsiz suyuqlik. Bir sutka davomida o‘rtacha 1,5 l so‘lak ajralib turadi. Bu miqdor ovqatli moddalarning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’mol qilinadigan ovqat tarkibiga qarab so‘lak ajralishi va uning miqdori doimo o‘zgarib turishi mumkin.
So‘lak amilazasi -amilaza xarakteriga ega bo‘lganligi bois, u avvalo amiloza va amilopektin molekulalarining ichkarisidagi boђlarni uzib, dekstrinlargacha parchalaydi. Shu bois uni dekstrinlovchi amilaza yoki endoamilaza deb ham yuritiladi.
Pankreatik amilaza ham aynan shu yuqorida ko‘rsatilgan boђlarni uzib, maltoza molekulalarini hosil qiladi.
Kraxmalni parchalaydigan -amilaza maltogen amilaza yoki ekzoamilaza nomlari bilan ataladi. Bunga sabab, u amiloza va amilopektin molekulalaridan maltoza ajratish orqali kraxmalni bir uchidan boshlab parchalaydi. Shu yo‘sinda amiloza to‘liq, amilopektin esa -16 glyukozid boђlarigacha parchalanadi. Amilopektinning –amilaza ta’sirida bunday parchalanishi o‘rtacha 54% ni tashkil qiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turganidek, karbonsuvlar oђiz bo‘shliђida qisman bo‘lsada, turli o‘zgarishlarga uchraydi. Shu bilan bir qatorda, ularning gidrolizlanishida aytarli darajada ahamiyatga ega bo‘lmasada, karbonsuvlar oђiz bo‘shliђida mexanik va fizik o‘zgarishlarga ham uchraydi.
Yana shu narsani aytish lozimki, oђiz bo‘shliђidagi so‘lak bezlaridan ajratiladigan suyuqlik tarkibida lizotsim fermenti bo‘lib, u bakteriotsidlik xususiyatini namoyon qiladi. Ya’ni, oђiz bo‘shliђiga tushgan har xil bakteriya va mikroblarni o‘ldirib, organizmni turli xil salbiy oqibatlardan saqlashda xizmat qiladi.
Oshqozon ovqat hazm qilish tizimining eng keng va hajmli qismi hisoblanadi. Oshqozonga tushgan oziq moddalar uning devoridagi maxsus bezlar tomonidan ajratilgan shira bilan aralashib dastlabki kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bu borada ovqatdagi karbonsuvlarga nisbatan yoђlar va ayniqsa, oqsillar alohida o‘rin egallaydi.
Oshqozon devoridagi bezlardan bir kechayu-kunduzda 2,0-2,5 l miqdorda shira ajralib, u toza holda rangsiz, tiniq suyuqlik hamda tarkibida 0,4-0,5 % xlorid kislota saqlaydi.
Karbonsuvlarning va ulardan hosil bo‘lgan disaxarid maltozaning hamda ovqatdagi boshqa uglevodlarning monosaxaridlargacha to‘la parchalanishi o‘n ikki barmoq ichakda va ingichka ichakda boshqa bir qator karbogidrazalar tomonidan ta’minlanadi.
Њn ikki barmoq ichak ingichka ichakning boshlanђich qismi bo‘lib, unga oshqozon osti bezining shirasi va o‘t suyuqligi quyilib turadi. Shu bilan birga uning o‘zidan ham ovqat hazm bo‘lishida ishtirok etadigan shira ajralib turadi. Њn ikki barmoq ichakdagi suyuqlikning reaksiyasi ishqoriy bo‘lib (rN-7,2-8,0), unga oshqozondan ovqatli aralashma tushganidan keyin muhit reaksiyasi o‘zgaradi.
Њn ikki barmoq ichakda kuchsiz ishqoriy sharoitda ovqat aralashmalari bilan o‘tgan oshqozonning kislota tabiatli shirasi neytrallanadi va pankreatik amilaza ta’sirida kraxmalning parchalanishi davom etadi. Hosil bo‘lgan dekstrinlar ichak shirasidan topilgan amilaza 16 glyukozidazalar ta’sirida parchalanadi.
Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling